Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar va trombotsitlar kiradi. Ular qonning quyuq qismini tashkil etadi. Eritrositlar


Download 27.88 Kb.
Sana14.12.2020
Hajmi27.88 Kb.
#167052
Bog'liq
Qon plazmasi qonning suyuq qismi bo

Qon plazmasi qonning suyuq qismi bo‘lib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar (kislorod, karbonat angidrid kabilar) bo‘ladi.

Qon plazmasi tarkibida organizmning hayoti-o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur barcha oziq moddalar bo‘lib, ular ovqat hazm qilish organlaridan qonga so‘riladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujayralarga o‘tadi va o‘zlashtiriladi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo‘lgan qoldiq moddalar qonga o‘tib, ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Plazma tarkibidagi vitaminlar, fermentlar, gormonlar hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o‘tishida va antitelalar organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega.

Shunday qilib, qon hamda qon plazmasi odam tanasi hujayralarining oziqlanishida, ulardagi barcha hayotiy jarayonlar normal o‘tishida va organizmni yuqumli kasalliklardan saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shunung uchun ham qon yoki undan tayyorlangan plazma davolash maqsadida qo‘llaniladi. Bu qon va plazma sog‘lom odamlardan (donorlardan) olinadi.



Qonning shaklli elementlari

Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar va trombotsitlar kiradi. Ular qonning quyuq qismini tashkil etadi.



Eritrositlar

Eritrositlar (qizil qon tanachalari) – suyaklarning ko‘mik qismida hosil bo‘ladi. Eritrositlarning hosil bo‘lishi va soni normal miqdorda bo‘lishi odamning sog‘lig‘iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog‘liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, V guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi zarur. Eritrositlarning asosiy vazifasi organinzmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta’minlashdan iborat. Ular tarkibidagi gemoglobin o‘pkalardan kislorodni o‘ziga biriktirib hujayralarga yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidridni yana o‘ziga biriktirib o‘pkalarga olib boradi.

Eritrositlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlik (anemiya) kasalligi deb ataladi. Bu kasalligning oldini olish uchun ovqat tarkibida oqsil, temir moddalari, vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, nafas oladigan havoning toza bo‘lishi kabilar katta ahamiyatga ega.

Leykositlar

Leykositlar (oq qon tanachalari) – yadroli qon hujayralari bo‘lib, yadrosining shakliga va bo‘yalishiga qarab uch turga: monositlar-bir yadroli yirik leykositlar limfositlar-bir yadroli, lekin monositlardan bir oz maydaroq; donador leykositlar, ya’ni granulositlarga bo‘linadi. Leykositlar sonining ko‘payishi leykositoz, kamayishi leykopeniya deb ataladi. Leykositlar suyaklarning ko‘mik qismida va taloqda (limfositlar) hosil bo‘ladi.

Leykositlarning asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdir. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisa fagositoz deb ataladi. Leykositlarning bu xossasini atoqli rus olimi I.I. Mechnikov aniqlagan. Odam yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda leykositlarning soni ko‘payib, 1mm3 qonda 10 20 mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin. Odam uzoq vaqt davomida kam va sifatsiz ovqatlansa, bir necha kun, hafta davomida og‘ir mehnatdan charchasa, surunkali uzoq davom etuvchi kasalliklarda leykositlar soni kamayadi. Bu esa organizm nihoyatda kuchsizlanganligidan dalolat beradi.

Trombositlar

Trombositlar (qon plastinkalari) – suyaklarning ko’mik qismida va taloqda hosil bo’ladi. Yadrosi bo’lmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombositlarning yadrosi bo’ladi. 1mm3 qonda 300-400 ming dona trombosit bo’ladi. Ular leykositlarga o’xshab 2-5 kun yashaydi. Trombositlarning asosiy vazifasi qonning ivishini ta’minlashdan iborat. Ularning soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Bunday odamning jarohatlanishi juda xavfli, chunki qon oqishini to’xtatish qiyin bo’ladi. Salgina urilish, turtilish natijasida badandan ko’karish (qon quyilishi) yuzaga keladi, o’z-o’zidan burundan qon kelishi mumkin. Shuning uchun trombositi kamaygan odam har xil shikastlanishlardan saqlanishi zarur. Trombosit tarkibida serotonin moddasi bo’lib, u qon tomirlarini toraytirish va qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish xossasiga ega.

Qon tomirlar katta-kichik shakldagi naylar tizimidan tuzilgan bo’lib, qonni barcha a’zo va to’qimalarga yetkazib berish va qonni faqat qon tomirlarda oqishini ta’minlaydi. Qon tomirlarga arteriyalar, arteriolalar, qon kapillyarlari(gemokapillyarlar), venullalar, venalar va arteriolavenullar anastomozlar kiradi.
Tomirlar devorining tuzilishi. Kapillyarlardan tashqari boshqa qon tomirlarining devori bir xil qavatlardan iborat bo’ladi. Ammo, ular ham bir biridan bir necha xil xususiyatlari bilan farqlanadi. Tomirlar devori qavatlari:
Ichki – tunica intima;
O’rta – tunica media;
Tashqi – tunica externa seu adventitia.

Tomirlar devorining ichki tuzilishi

Tomirlarning ichki qavati endoteliy, endoteliy osti qavati va elastik tolalardan iborat. Endoteliy epiteliy to’qimasining maxsus turi bo’lib, qon va to’qima suyuqligi o’rtasida yarimo’tkazgich vazifasini bajaradi. Endoteliy bazal membranada yotadi. Tomirlar ichki devorida bir tekis joylashadi, yadrosi bor qismi bo’rtib turadi. Tomir endoteliysining vazifalari turlicha:


  1. O’zidan antitrombotik omil ishlab chiqaradi. U qonning qon tomirlar ichida ivib qolmasligini ta’minlaydi.


  2. Mahalliy qon tomirlari tonusini va qon oqishini ta’minlab turadi.


  3. Ular immun hamda yallig’lanish jarayonlarida ishtirok etadi. Ular maxsus moddalar ishlab chiqaradi, ular interleykinlar deyiladi. Ular yallig’lanish o’chog’ida leykotsitlarning faollashishini ta’minlaydi.



Endoteliy osti qavati siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan bo’lib, o’zida ko’p miqdorda yulduzsimon hujayralar ham tutadi. Bu qavatda shuningdek, ko’ndalang yo’nalgan mushak hujayralarini ham uchratish mumkin.

Endoteliy osti qavatidan chuqurroqda siyrak elastik tolalar qavati joylashgan bo’lib, ular halqasiman va bo’ylama tartibda joylashgan.


Tomirlarning o’rta qavati halqasimon joylashgan mushak tolalari va ular orasidagi elastik va to’rsimon tolalardan iborat.
Tomirlarning tashqi ya’ni adventitsial qavati shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, unda ko’p miqdorda kollagen va elastik tolalar bo’ladi. Tomirlarning tashqi qavati boshqa a’zolarning biriktiruvchi to’qimasi bilan qo’shilib ketadi. Tashqi qavatda tomirlarning tomiri(vasa vasorum) va nervi(nervi vasorum) joylashgan bo’ladi. Ular tomir devorining oziqlanishi va inervatsiyasini ta’minlaydi.
Arteriyalar devorining tuzilishiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi: elastik tipdagi, mushak-elastik tipdagi va mushak tipidagi arteriyalar.

Kapillyarlarning qaysi a’zoda joylashishiga ko’ra bir necha xil bo’ladi. Birinchi turi uzluksiz kapillyarlar bo’lib, uzluksiz joylashgan endoteliy va bazal membranadan iborat. Ular terida, mushakda va nerv sistemasida bo’ladi. Ikkinchisi fenestrlangan kapillyarlar bo’lib, devori kichik teshikchalar tutgan endoteliy va uzluksiz bazal membranadan iborat. Fenestrlangan kapillyarlar ichak vorsinkalarida, endokrin bezlarida va buyrak koptokchalarida bo’ladi. Uchinchisi sinusoid kapillyarlar bo’lib, ilma-teshik endoteliy va uzuq-yuluq bazal membrana tutadi. Bu turdagi kapillyarlar suyak ko’migida, taloqda va ba’zi endokrin bezlarida uchraydi. Jigar hujayralarida sinusoid kapillyarlarning maxsus turi uchraydi. Ularning bazal membranasi umuman yo’q.




Arteriol-venulyar anastomozlaru shunday tizimki, arteriyalarda oqayotgan qon kapillyarlarga quyilmasdan to’g’ridan to’g’ri venalarga o’tib ketadi. Tomirlardagi qon oqimining boshqarilishida va qon bosimini me’yorida ushlab turishda katta ahamiyatga ega. Ular tufayli qon a’zolarga keraklicha yetkaziladi.
Download 27.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling