Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

NAFAS OLISH MEXANIZMI 
 
Nafas olishni (inspiratsiyani) qovurg‘alarning ko‘tarilishi va diafragmaning 
yassilanishi ta‘minlaydi. Umurtqalarning tanasi va yonbosh o‘simtasiga qovurg‘alarning 
boshi, to‘sh suyakka esa uchi tog‘ay va paylar yordamida birikkan. Qovurg‘a umurtqaga 
birikkan ikkita nuqtadan uning nafas vaqtidagi harakatlarning o‘qi o‘tadi. Nafas olganda 
qovurg‘a shu o‘q atrofida aylanib, ko‘tariladi. Nafas chiqarilganda esa pastga tushadi. 
Inspiratsiya vaqtida qovurg‘alarning ko‘tarilishi ko‘krak qafasining sagittal va frontal 
yo‘nalishlarda kattalashishini ta‘minlaydi. Ayni vaqtda diafragma yassilashib, pastga 
tushadi va ko‘krak qafasi vertikal yo‘nalishda ham kattalashadi. Ko‘krak qafasi 
harakatlari nafas muskullari faoliyatiga bog‘liq. 
Tinch holatda bo`lgan sog‘ odamning nafasini diafragma va tashqi qovurg‘alararo va 
ichki togaylararo muskullar qisqarishi ta‘minlaydi. Ular asosiy inspirator muskullardir. 
Tashqi qovurg‘alararo va ichki tog‘aylararo muskullardagi tolalar bir qovurg‘adan 
ikkinchisiga orqadan oldinga va yuqoridan va pastga qarab qiyshiq yo‘nalishda o‘tgan. 
Ular qisqarganda ko‘krak qafasi ikki yonga va orqadan oldinga qarab kengayadi. 
Diafragmaning qisqarishi esa qorin bo‘shlig‘idagi a‘zolarni pastga va oldinga itarib, 
siljitadi. Natijada ko‘krak bo‘shlig‘i vertikal yo‘nalishda kattalashadi. Nafas olish 


163 
boshlanishidan oldin diafragmada, keyin qovurg‘alararo muskullarda qo‘zg‘alish 
rivojlanadi. 
Nafas juda chuqur bo`lsa, nafas olishda yordamchi nafas muskullari ishtirok etadi. 
Bularga mm. pectorales major et minor, m. serrati anterior va boshqalar kiradi. 
NAFAS CHIQARISH MEXANIZMI 
 
Osoyishta nafas chiqarish uchun muskullar faol qisqarishi shart emas. Kokrak qafasi 
nafas olish vaqtida jamg‘arilgan elastik energiya hisobiga torayadi. Inspiratsiya vaqtida 
nafas muskullari bir qancha kuchlarni: ko‘krak qafasining og‘irligini, qovurg‘a 
tog‘aylarining elastik qarshiligini, diafragma jigar, me‘da ichaklarni pastga surganda bu 
a‘zolar va qorin devori qarshiligini yengadi. Nafas olish muskullari boshashishi bilanoq, 
bu kuchlar kengaygan ko‘krak qafasini passiv holda kichraytiradi. 
Nafas kuch bilan chiqariladigan bo`lsa, bu kuchlarga asosiy nafar chiqarish muskuli – 
ichki qovurg‘alararo muskullar hamda yordamchi nafas chiqarish muskullari - orqadagi 
ichki tishli muskullar va qorin muskullarining qisqarishi qo‘shiladi. Ko‘krak bo‘shlig‘i 
hajmi odatdagidan ko‘proq kichrayadi. 
Qovurg‘alararo muskullarni qovurg‘alararo nervlar, diafragmani orqa miyaning 3-5 
bo‘yin segmentlaridan chiqadigan diafragma nervi nervlaydi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling