Muqaddima
BA’ZI A’ZOLARDA QON AYLANISHINING
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’pka tomirlarida qon bosimi.
BA’ZI A’ZOLARDA QON AYLANISHINING
XUSUSIYATLARI O’pkada qon aylanishi. O‘pkada har ikkala qon aylanish doirasiga aloqador tomirlar bor. O‘pkaning arteriya va venalari katta qon aylanish doirasi tomirlariga qaraganda ancha kalta va diametri kengroq. Yirik arteriyalarning devori ancha yupqa, silliq muskul qavati yaxshi rivojlangan tipik arteriolalar o‘pkada uchramaydi. O‘pka kapillyarlari diametri taxminan 8 mkm. Bu kapillyarlar bir-biri bilan ulangan bo`lib, alveolalarni qalin to‘r kabi o‘rab turadi. O‘pka kapillyarlarining ―funksional uzunligi‖ (alveola devori bilan chatishgan qismi) o‘rtacha 350 mkm. Qon bu masofani 0,7-1 s da bosib o‘tadi. Tinch holatda o‘pka kapillyarlari yuzasi 60 m 2 , jismoniy ish bajarganda yopiq alveolalar va kapillyarlar ishga tushib, bu yuza 90 m 2 ga yetadi. O’pka tomirlarida qon bosimi. Sog‘lom odamning o‘pka arteriyasida sistolik bosim 20 mm.s.u., diastolik bosim 8 mm.s.u., o‘rtacha bosim esa 13 mm.s.u. ni tashkil qiladi yoki aortadagi o‘rtacha bosimdan 5-6 marta kam. O‘pka kapillyarlarida o‘rtacha bosim 6,5 mm.s.u. Kichik qon aylanish doirasining oxiri bo`lmish chap bo`lmachada bosim 5,5 mm.s.u. ni tashkil qiladi. Demak, bu doirada qon harakatini ta‘minlovchi bosimlar o‘rtasidagi farq katta qon aylanish doirasining tegishli qismlaridagi bosimlar farqidan bir necha marta kam. O‘pka qon tomirlaridagi qon oqimiga bo`lgan qarshilik ham katta qon aylanish doirasi tomirlaridagidan 10 baravar kam. Yirik o‘pka arteriyalarida puls toiqinining tarqalish tezligi 1-2 m/s. Bu ko‘rsatkichni katta qon aylanish doirasidagi arteriyalarnikidan 3-5 marta kichik bo`lishi o‘pka tomirlarining juda cho‘ziluvchanligiga bog‘liq. Qon oqishining chiziqli tezligi o‘pka arteriyasida 18 sm/s (aortada yuqorioq – 30-50 sm/s). Kapillyrlarda bu tezlik kamayadi va tizim qon aylanish kapillyarlardagidan sezilarli farq qilmaydi. O‘pka tomirlaridan oqib o‘tadigan qon miqdori (o‘pka perfuziyasi) godrostatik bosimga bog‘liq. Katta yoshli odam o‘pkalarining cho‘qqisi odam tik turganda o‘pka arteriyasi asosidan 15 sm baland. Shuning uchun o‘pka yuqori bo`lagining arterial tomirlardagi bosim gidrostatik bosimga teng. Bu sharoitda o‘pka cho‘qqisidagi kapillyarlardan qon kam oqadi yoki umuman oqmaydi. O‘pkaning pastki qismidagi tomirlarda gidrostatik bosim arterial bosimga qo‘shiladi va tomirlarni kengaytirib turadi. Demak, o‘pka tomirlarida qon oqishi notekis va tana holatiga bog‘liq. O‘pka tomirlaridagi bosimga plevra bo‘shlig‘idagi va alveolalardagi bosimning o‘zgarishi hamta‘sir qiladi. O‘pka qon tomirlaridagi qonning miqdori taxminan 450 ml. Bu miqdorning 70 ml kapillyarlarda, qolgan qismi esa arteriya va venalar o‘rtasida teng bbo`lingan. O‘pka venalari juda cho‘ziluvchan bo`lganidan ulardagi qonning miqdori 50% ga ko‘payishi mumkin. Tegishli vaziyatda o‘pka tomirlaridan umumiy qon aylanishiga qisqa vaqt ichida 300 ml chamasi qon o‘tadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling