Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

Xemoretseptor reflekslar. Xemoretseptorlarning qo‘zg‘alishi qonda O
2
miqdori 
kamayib, CO
2
miqdori ko‘payganda kuchayadi. Impulslar sonining oshishi nafas 
markazi bilan bir qatorda, tomirlarni harakatlantiruvchi va yurakni boshqaruvchi 
markazga ham yetib keladi. Natijada qon tomirlar torayib, yurakning qisqarishlari 
kamayadi. Ammo, qon tomirlar torayishi natijasida qon bosimini oshiruvchi samara 
yurak ishining sustlashishi nnatijasida qon bosimini pasaytiruvchi samaradan ustunlik 
qiladi. Shuning uchun qon bisimi ko‘tariladi, ya‘ni pressor refleks vujudga keladi. 


156 
 Tomirlarning MNT ishemiyasiga reaksiyasi. MNTning qon bilan ta‘minlanishi 
qiyinlashsa (ishemiya rivojlansa), uzunchoq miyaning tomirlarni harakatlantiruvchi 
markazi qo‘zg‘aladi. Qon tomirlar torayib, qon bosimi oshadi. Natijada qon oqimi 
tezlashadi va miyaning qon bilan ta‘minlanishi yaxshilanadi. 
 
 
DAVOMIYLIGI O’RTACHA BO`LGAN 
 BOSHQARUV MEXANIZMLARI 
 
Bu mexanizmlarni quyidagi omillar ishga tushirishi mumkin: 1) kapillyarlar orqali 
almashinuvning o‘zgarishi; 2) tomirlar tarangligining o‘zgarishi; 3) renin-angiotenzin 
tizimining faollashishi. 
Aytib o‘tilgan omillar ta‘sirida gemodinamika bir necha minutdan keyin o‘zgara 
boshlaydi. O‘zgarishlarning juda rivojlanishi uchun soatlab vaqt kerak. 
Kapillyarlar orqali almashinuvning o’zgarishi. Arterial yoki venoz bosimning
ortishi, odatda kapillyarlardagi bosimning ko‘tarilishiga olib keladi. Natijada 
suyuqlikning filtrlanishi kuchayib, tomirlardagi qonning hajmi kamayadi, arterial qon 
bosimi pasayadi. Aksincha, arterial bosim kamaysa, reabsorbsiya kuchayib, qonning 
hajmi oshadi, qon bosimi ko‘tariladi. 
Tomirlar tarangligining o’zgarishi. Bosim oshishi natijasida tomirlar kengayib, 
devori ―yumshaydi‖, cho‘ziluvchanligi oshadi. Qarshilik kamayib, bosim pasayadi. 
Tomirlardagi suyuqlik hajmi kamaysa, tomirlar devorining cho‘zilishi qiyinlashadi. 
Natijada bosim ko‘tariladi. Shuning uchun ham tomirlardagi suyuqlik hajmi sal o‘zgarsa 
ham, qon bosimi 10-60 daqiqada asli holiga keladi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling