Muqaddima


Kapillyarlarda modda almashinuvi jarayonlari


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

Kapillyarlarda modda almashinuvi jarayonlari. Kapillyarlarning moddalar 
almashinuvida ishtirok etish darajasi ularning tuzilishiga bog‘liq. 
Devorining ultrastrukturasiga ko‘ra kapillyarlar uch turga bo`linadi: 1) devori 
uzluksiz, butun kapillyarlar; 2) fenestratsiyalangan, devori romsimon teshikli 
kapillyarlar; 3) devorlari uzuq-yuluq kapillyarlar. Bu kapillyarlarni somatik, visseral va 
sinusoid turdagi kapillyarlar ham deyishadi. Birinchi turdagi kapillyarlarning devori jips 


152 
joylashgan endoteliy hujayralardan iborat. Endoteliy hujayralarning membranasidagi 
teshiklar ham juda kichik. Bunday kapillyarlar devori orqali suv, elektrolitlar va kichik 
molekulali moddalar almashinadi. Organizmda juda ko‘p tarqalgan bo`lib, u silliq va 
targ‘il muskullarda, yog‘da‘ o‘pkada ko‘p uchraydi. 
Ikkinchi turdagi visseral kapillyarlar devorida diametri 0,1 mkm li teshikchalar 
(fenestrlar) bor. Bu turdagi kapillyarlar so‘rilish jarayoni jadal kechadigan a‘zolarda, 
masalan, buyrakda va ichakning shilliq pardasida ko‘p uchraydi. 
Uchinchi turdagi sinusoid kapillyarlar devori ko‘p yerda uzilgan bo`lib, bbu joylardan 
suyuqlik, molekulalari katta moddalar va qon hujayralari o‘tishi mumkin. Bu turdagi 
kapillyarlar ko‘mikda, jigar va taloqda uchraydi. 
MIKROTSIRKULYATOR HAVZADA DIFFUZIYA YO`LI BILAN 
MODDA ALMASHINUVI 
Qon va to‘qimalardagi suyuqlik o‘rtasida suv va modda almashinuvida ikki taraflarna 
diffuziyalanishning roli juda katta. Bu diffuziyalanishning tezligi shunchalik yuqoriki, 
qon kapillyardan o‘tguncha plazmadagi suyuqlik to‘gimalararo suyuqlik bilan 40 
marotaba almashinib ulguradi. Bir minutda hamma kapillyarlar orqali 60 l, bir kecha-
kunduzda 85000 l suyuqlik diffuziyalanib o‘tadi. 
Na
+
, CI
-
, glyukoza kabi suvda eriydigan moddalar suv bilan toigan g‘ovaklar orqali 
diffuziyalanadi. Kapillyarlarning har xil moddalarni o‘tkazuvchanligi bu moddalar 
molekulalarining kattaligi va g‘ovaklarning kattaligi nisbatiga bog;liq. Agar suvning 
kapullyar orqali o‘tkazuvchanligini 1 deb qabul qilsak, uning glyukoza uchun 
o‘tkazuvchanligi 0,6, albumin molekulalari uchun esa 0,0001 dan kam bo`ladi. 
Albuminning kapillyar devori orqali o‘tishi juda qiyin bo`lganidan, uning qon plazmasi 
va to‘qimalararo suyuqlikdagi konsentratsiyasida farq katta. Buning ahamiyati juda 
muhim. 
Molekulalari yirik bo`lib, kapillyar teshiklaridan o‘ta olmaydigan moddalar kapillyar 
devori orqali pinotsitoz yo`li bilan o‘tadi. 
Yog‘da eruvchi alkogolga o‘xshash moddalar kapillyarlar devori orqli erkin 
diffuziyalanadi. Kislorod va karbonat angidridning diffuziyalanishiga kapillyarlar devori 
to‘sqinlik qilmaydi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling