Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

VENA PULSI 
 
Vena pulsi deb yurakka yaqin joylashgan venalarda bosim va hajm o‘zgarishlariga 
aytiladi. Vena pulsining kelib chiqishiga asosan o‘ng bo`lmachada bosimning o‘zgarishi 
sabab bo`ladi. 
Vena pulsining egri chizig‘i – flebogrammada uchta tish ajratiladi: a, c, v (39-rasm). 
a-tish o‘ng bo`lmachaninig sistolasiga to‘g‘ri keladi. Hademay vena pulsi egri chizig‘ida 


151 
c-tish paydo bo`ladi. Bu bo‘yinturuq venanin yonida va undan pastroq joylashgan uyqu 
arteriyasining turtkisidir. v-tishning paydo bo`lishi qorinchalar sistolasi oxirida 
bo`lmachalar qonga toiib, ularga qon tushishi biroz to‘xtab qolishiga bog‘liq. Shu vaqtda 
venalarda bosim oshib, v tishni paydo qiladi. 
Qonning aylanib chiqish vaqti. Qon aylanish doiralarining hamma qismidan 
qonning o‘tishi uchun zarur vaqt qonning aylanib chiqish vaqti, deb ataladi. Odamda 
qonning aylanib chiqish vaqti o‘rta hisobda 27 sistolaga teng. Tinch holatda, yurak bir 
daqiqada 70-80 marta qisqarganda, 20-23 sekundni tashkil qiladi. 
Qon aylanib chiqadigan vaqtning 1/5 qismi kichik qon aylanish doirasiga, 4/5 qismi 
esa katta qon aylanish doirasiga to‘g‘ri keladi. 
MAYDA TOMIRLARDA QONNING OQISHI 
(MIKROTSIRKULYATSIYA) 
 
Yurak va tomirlar tizimining asosiy vazifasi qonni kapillyarlardan oqib o‘tishi uchun 
me‘yoriy bosimni ta‘minlashdan iborat. 
Kapillyarlar – qon tomir tizimining faoliy ahamiyati bo‘yicha eng muhim qismi. 
Ularda qon va to‘qimalararo suyuqlik o‘rtasida modda almashinuvi sodir bo`ladi. 
Bunday almashinuv venulalarda ham kuzatiladi. Venulalar, arteriolalar, metarteriolalar 
(met – o‘rta) kapillyarlar orqali qon oqishini boshqarishda ishtirok etadi. Shuning uchun 
bu tomirlar umumiy faoliy birlik hisoblanadi. Arteriola, metarteriola, kapillyarlar va 
kichik venulalar mikrotsirkulyatsiya tomirlar havzasini tashkil qiladi (40-rasm). 
Kapillyarlar radiusi 4,5-3,0 mkm atrofida, uzunligi o‘rtacha 750 mkm. Odam 
organizmida 40 milliardga yaqin kapillyar bo`lib, ular orqali modda almashadigan 
samarali yuza 1000 m
2
. 1mm
3
to‘qimada 600 ga yaqin kapillyar bor. 100 g to‘qimaga 
to‘g‘ri keladigan kapillyarlar yuzasi 1,5 m
2
ga yaqin. 
Massa birligiga to‘g‘ri keladigan kapillyarlar soni to‘qimalarning faolligiga bog‘liq. 
Yurak muskulida kapillyarlarning soni skelet muskulidagidan 2 baravar ko‘p. Miyaning 
kulrang moddasi oq moddasiga nisbatan kapillyarlarga boyroq. 
Ko‘pincha ―chin‖ kapillyarlar arteriolalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri venulalar bilan 
bog‘larnaydi. Ular metarteiolalardan, asosiy kanaldan to‘g‘ri burchak hosil qilib 
boshlanadi. Metarteriola va asosiy kanalni tashkil qiluvchi tomirlar devoridagi silliq 
muskul tolalari ularning proksimal qismidan distal qismiga qarab kamaya boradi. 
Metarteriolalardan kapillyarlarning boshlanadigan qismida bu silliq muskul tolalari 
prekapillyar sfinkterlarni hosil qiladi Kapillyarlarning boshqa qismlarida qisqaruvchi 
unsurlar yo‘q. ―Chin‖ kapillyarlar orqali oqib o‘tadigan qon miqdori prekapillyar 
sfinkterlarning qisqarib, bo‘shashiga bog‘liq. 
Mikrotsirkulyator tomirlar havzasida arteriovenoz anastomozlar ko‘p uchraydi. Bu 
anastomozlar arteriolalarni venulalar bilan bevosita bog‘laydi. Anastomozlarning devori 
silliq muskul tolalarga boy. Ularning soni qoi, oyoq, quloq terisida ko‘p. Tananing bu 
sohalaridagi anastomozlarning termoregulaytsiyada ahamiyati katta. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling