Muqaddima


QON TOMIRLARNING FAOLIY TASNIFI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

QON TOMIRLARNING FAOLIY TASNIFI 
Barcha qon tomirlar bajaradigan faoliyatiga ko'ra 6 turga bo'linadi: 1) 
amortizatsiyalovchi, tekislovchi (elastik turdagi) qon tomirlar; 2) rezistiv (qarshilik 
ko'rsatuvchi) qon tomirlar; 3) sfinkter (jo'mrak) qon tomirlar; 4) almashinuv qon 
tomirlari; 5) hajmli qon tomirlar; 6) ulovchi (shuntlovchi) qon tomirlar. 
Amortizatsiyalovchi (tekislovchi) tomirlar devorida elastik tolalar ko'p. Bu tomirlarga 
aorta, o'pka arteriyasi va ularga yaqin katta arteriyalarning qismlari kiradi. Bu tomirlar 
juda qayishqoq bo'lganidan sistola vaqtida qon bosimining keskin ko'tarilib ketishiga, 
diastola vaqtida esa 0 gacha tushib ketishiga yo'l qo'ymaydi. 
Rezistiv (qarshilik ko'rsatuvchi) tomirlarga arteriyalarning oxirgi qismi va arteriolalar, 
qisman kapillyarlar va venulalar kiradi. Arteriyalarning oxiri va arteriolalar yoki 
prekapillyar tomirlar devorida silliq muskul qavati yaxshi rivojlangan, diamtri nisbatan 
kichik. Bu tomirlar qon oqimiga hammadan ko'p qarshilik ko'rsatadi. Silliq muskul 
qavatining qisqarishi va bo'shashishi tufayli ro'y beradigan tomirlar ko'ndalang 
kesimining o'zgarishi qon bosimini o'zgartiradi. Tananing a'zo va qismlaridan oqib 
o'tadigan qon hajmi (qon oqimining hajm tezligi) ko'proq shu rezistiv tomirlar tonusiga 
bog'liq. 
Ko'proq venulalarning qisqarishi va bo'shashishi qon oqimiga bo'lgan postkapillyar 
qarshilikni belgilaydi. Prekapillyar bosim bilan postkapillyar bosim nisbati 
kapillyarlardagi gidrostatik bosimga ta'sir etadi va shu yo'l bilan kapillyarlarda filtrlanish 
va qayta so'rilish tezligini o'zgartiradi. 
Sfinkter (jo'mrak) tomirlar – prekapillyar arteriolalarning oxirgi qismi. Bu tomirlar 
qisqarsa, ishlab turuvchi (teshigi ochiq, qon o'tkazuvchi) kapillyarlarning soni kamayadi. 
Ular bo'shashsa, bunday kapillyarlarning soni ortadi. Natijada modda almashinuvi ro'y 
beradigan yuza o'zgaradi. 
Kapillyarlar modda almashinuvida ishtirok etadigan tomirlarga kiradi. Ahamiyati juda 
katta bbo'lgan diffuziya va filtrlanish jarayonlari faqat kapillyar devori orqali sodir 
bo'ladi. Kapillyarlar qisqaruvchi unsurlarga ega bo'lmaganidan, faol qisqara olmaydi. 


147 
Ammo ularning diametri pre- va postkapillyar bosim o'zgarishi bilan sfinkter 
tomirlarning holatiga qarab, sust o'zgaradi. 
Hajmli tomirlar – asosan venalar. Venalar juda cho'ziluvchan bo'lganidan ko'p 
miqdordagi qonni o'ziga sig'dirib, saqlab turishi va qon qylanishiga qayta chiqarishi 
mumkin. Shuning uchun ham venalar qon zahirasi vazifasini bajaradi. Ba'zi venalar qon 
zahirasi sifatida ancha ko'p hajmga ega. Bularga jigar venalari, qorin bbo'sjlig'i, yirik teri 
venalari kiradi. Bu venalardagi mavjud qon miqdori 1 litr chamasida ko'payib-kamayib 
turishi mumkin. 
Ulovchi (shuntlovchi) tomirlar arteriovenoz anastomozlardan iborat. Bu tomirlar 
ochiq vaqtida kapillyarlar orqali qon oqishi kamayadi, ba'zan butunlay toxtab qolishi 
ham mumkin. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling