Muqaddima


SAYYOR VA SIMPATIK NERVLARNING


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

SAYYOR VA SIMPATIK NERVLARNING 
YURAKKA TONIK TA'SIRI 
 
Ko'pchilik sut emizuvchilarda, jumladan odamda ham, qorinchalar faoliyati faqat 
simpatik nerv nazoratida bo'ladi. Bo'lmachalar va sino-atrial tugunga esa simpatik va 
sayyor nervlar doim antogonistik ta'sir o'tkazib turadi. Bu antogonizm nervlarni xirurgik 
yoki farmakologik yo'l bilan qirqilganda namoyon bo'ladi. 
Parasimpatik nervning ta'siri yo'qotilganda yurakning qisqarishlar soni 40-50% ortadi. 
Simpatik nervlar ta'siri yo'qotilsa, yurakning qisqarishlari soni sezilarli darajada 
siyraklashadi. Simpatik va parasimpatik nervlarning yurakka o'tkazadigan doimiy ta'siri 
ularning tonusi deb ataladi. Mutlaqo denervatsiya qilingan yurakning qisqarishlar 
chastotasi tinch holatdagi mo'tadil yurakning qisqarishlari chastotasidan yuqori. Demak, 
parasimpatik nerv tonusi simpatik nerv tonusidan ustun. 
GIPOTALAMUSNING 
YURAK 
FAOLIYATINI 
BOSHQARISHDAGI 
ISHTIROKI 
 
Yurak faoliyatini orqa va uzunchoq miyadan tashqari (adashgan nerv markazi va 
simpatik markazlardan tashqari), gipotalarnik markazlar ham nazorat qilib turadi. 
Hayvonlarda o'tkazilgan tajribalar natijasi shuni ko'rsatadiki, gipotalamusning ma'lum 
sohalarini rag'batlantirish yurak faoliyatini ifodalovchi ko'rsatkichlarni sezilarli darajada 
o'zgartiradi. Bu o'zgarishlar yurakning urish tezligi ortishi yoki kamayishi, chap 
qorinchaning qisqarishlar kuchini oshishi yoki kamayishi sifatida namoyon bo'lishi 
mumkin. Paraventrikulyar, ventromedial, preoptik yadrolar va mamillyar tana yurak 
faoliyatini boshqarishda bevosita ishtirok etadigan gipotalarnik yadrolarga kiradi. 
Qaysi bir vegetativ faoliyatning boshqarilishi ustida gap ketmasin, gipotalamus 
integrativ markaz ekanini yodda tutish kerak. U faoliyatlarni, jumladan yurak faoliyatini 
ham organizmning har zumdagi ehtiyojlariga va xatti-harakatlariga moslashishini 
ta'minlaydi. Ammo bu vazifani bajarishda gipotalamus mustaqil emas. Unga limbik tizim 
va katta yarim sharlar po'stlog'i uzluksiz ta'sir o'tkazib turadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling