145
Yana bir qator peptid va aminlar (kortikosteroidlar,
angiotenzin, serotonin) yurakka
musbat inotrop ta‘sir ko‘rsatadi.
Qalqonsimon bez gormonlari simpatik nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanligini oshirib,
yurakning urish sonini ko‘paytiradi.
Yurak atrofidagi muhitning ion tarkibi o‘zgarishi uning faoliyatini
sezilarli darajada
o‘zgartiradi. Ajratilgan yurak kaliyga boy eritmaga solib qo‘yilsa, uning
qo‘zg‘aluvchanligi va o‘tkazuvchanligi
pasayadi, tolalari bo‘shashib, cho‘zilib ketadi,
yurak diastolada to‘xtaydi. Kaliyning kamayib ketishi aritmiya paydo qiladi.
Kalsiy ionlari ko‘p bo`lsa, yurak qisqarishlari avval kuchayadi,
keyin esa yurak
sistolada to‘xtab qoladi.
QON TOMIRLAR FIZIOLIGIYASI
Qon aylanishining katta va kichik doiralari. Bu qon aylanish doiralari o‘rtasida
jiddiy funksional farq bor. Katta qon aylanish doirasi orqali yurakdan chiqadigan qon
barcha a‘zolarga taqsimlanadi. Bu a‘zolarning qonga bo`lgan talabi tinchlik holatida ham
juda o‘zgaruvchan. Ish vaqtida esa bu ehtiyoj keskin oshadi. Faol holatdagi a‘zolarni qon
bilan yetarli miqdorda ta‘minlash uchun tomirlardagi qonni a‘zolar o‘rtasida
qayta
taqsimlash zaruriyati tug‘iladi. Bu ishni boshqaruv mexanizmlari yuzaga chiqaradi.
Kichik qon aylanish doirasida qon faqat o‘pkadan o‘tadi. Bu doirada qon
aylanishining boshqarilishi ancha sodda.
Do'stlaringiz bilan baham: