Muqaddima
BOSH MIYA PO'STLOG'INING YURAK FAOLIYATIGA TA'SIRI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- YURAK FAOLIYATINING REFLEKTOR BOSHQARILISHI
BOSH MIYA PO'STLOG'INING YURAK FAOLIYATIGA TA'SIRI
Bosh miya po'stlog'i ruhiy faoliyatlar a'zosi. Ruhiy holatning o'zgarishi (quvonnch, qo'rqish, hayajonlanish, g'azablanish, hujum qilish, himoyalanish) visseral faoliyatlarning o'zgarishini talab qiladi va bu o'zgarishlarning sababi bo'ladi. Odam qo'rqqanida yoki sevinganida yurakning gupillab urib ketishini hamma biladi. Bunda miya po'stlog'i gipotalarno-gipofizar tizimni va buyrak usti bezlarining mag'iz qismini faollaydi. Bir tomondan yurakka simpatik tizim ta'siri kuchayadi, ikkinchi tomondan qonda adrenalin va noradrenalin miqdori oshadi. Natijada yurakning qisqarishlar soni va kuchi oshadi. Yurak faoliyatini o'zgartiruvchi shartli reflekslar hosil qilish mumkinligini ham miya po'stlog'ini bu faoliyatni boshqarilishida ishtirok etishidan dalolat beradi. Bunday reflekslar kundalik hayotimizda ham hosil bo'ladi. Masalan, musobaqalarda ko'p ishtirok etgan sportchilar yuragi ular startga chiqishi bilanoq zo'riqib ura boshlaydi. Yurak faoliyatining bu xildagi shartli reflektor o'zgarishi organizmni bo'lajak faoliyatga (yugurishga) oldindan tayyorlaydi. 144 YURAK FAOLIYATINING REFLEKTOR BOSHQARILISHI Markaziy nerv tizimining deyerli hamma qismlari yurak faoliyatini boshqarishda ishtirok etishini ko'rdik. Ammo bu markazlarda yurak faoliyatini o'zgartiruvchi impulslar hosil bo'lishi uchun sabab kerak. Bu sabablar juda xilma-xil bo'lib, ularning paydo bo'lishi to'g'risidagi ahborotni markaziy nerv tizimiga turli retseptorlardan keladigan afferent impulslar yetkazadi. Ularga javoban markazlarda yurak faoliyatini o'zgartiruvchi efferent impulslar shakllanadi. Demak, yurak faoliyati reflektor yo'l bilan boshqarilib turar ekan. Yurak reflekslarining efferent yo'llari ikkita – bu adashgan va simpatik nerv tolalaridir. Afferent yo'llari juda ko'p. Ular turli intero- va eksteroretseptorlardan boshlanadi. Yurak faoliyatini birinchi galda tomirlarning refleks hosil qiluvchi sohalaridagi retseptrolardan vujudga keladigan reflekslar o'zgartiradi. Bunday refleksogen sohalardan biri kavak venalarni yurak bilan birikkan qismida joylashgan. Sohada uchraydigan A va B tipdagi cho'zilish retseptorlari kavak venalarda qonning hajmi ko'payishi bilan qo'zg'aladi va Beynbridj refleksini yuzaga chiqaradi. Demak, bu refleks kavak venalarda bosim ortganda vujudga kelib, parasimpatik markaz tonusini pasaytiradi, simpatik markaz tonusini esa oshiradi. Natijada yurak ishi tezlashib, kavak venalarda yig'ilib qolgan qon arterial tomirlarga o'tkaziladi. Tomirlardagi refleksogen sohalardan eng muhimi karotid sinus va aorta ravog'idir. Bu sohalarda qon bosimi ortishiga javoban o'zidan markazga intiluvchi uzluksiz impulslar sonini o'zgartiruvchi mexanoretseptorlar joylashgan. Aorta va uyqu arteriyasida qon bosimining ko'tarilishi retseptorlarning qo'zg'alish darajasini oshiradi. Markazga bboruvchi impulslar soni ko'payib, adashgan nerv markazini qo'zg'atadi. Natijada yurak faoliyati sustlashadi. Aortaga haydalayotgan qon miqdori kamayadi, bosim pasayadi. Umuman, interoretseptorlarga kuchli mexanik yoki kimyoviy ta'sirot berilsa, yurak faoliyati o'zgaradi. Masalan, qorin parda retseptorlarini mexanik ta'sirlash yurak faoliyatini tormozlaydi (Gols refleksi). Shu sababdan, odamning qorniga qattiq urilsa, yuragi to'xtab qolishi mumkin. Danini-Ashner refleksi ham vagal reflekslarga kiradi. Uni yuzaga chiqarish uchun barmoqlar bilan ko'z soqqalariga bosish kerak. Bunda yurak qisqarishlari soni kamayadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling