Muqaddima


BOSH MIYA PO'STLOG'INING YURAK FAOLIYATIGA TA'SIRI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

BOSH MIYA PO'STLOG'INING YURAK FAOLIYATIGA TA'SIRI 
 
Bosh miya po'stlog'i ruhiy faoliyatlar a'zosi. Ruhiy holatning o'zgarishi (quvonnch, 
qo'rqish, hayajonlanish, g'azablanish, hujum qilish, himoyalanish) visseral faoliyatlarning 
o'zgarishini talab qiladi va bu o'zgarishlarning sababi bo'ladi. 
Odam qo'rqqanida yoki sevinganida yurakning gupillab urib ketishini hamma biladi. 
Bunda miya po'stlog'i gipotalarno-gipofizar tizimni va buyrak usti bezlarining mag'iz 
qismini faollaydi. Bir tomondan yurakka simpatik tizim ta'siri kuchayadi, ikkinchi 
tomondan qonda adrenalin va noradrenalin miqdori oshadi. Natijada yurakning 
qisqarishlar soni va kuchi oshadi. Yurak faoliyatini o'zgartiruvchi shartli reflekslar hosil 
qilish mumkinligini ham miya po'stlog'ini bu faoliyatni boshqarilishida ishtirok etishidan 
dalolat beradi. Bunday reflekslar kundalik hayotimizda ham hosil bo'ladi. Masalan, 
musobaqalarda ko'p ishtirok etgan sportchilar yuragi ular startga chiqishi bilanoq zo'riqib 
ura boshlaydi. Yurak faoliyatining bu xildagi shartli reflektor o'zgarishi organizmni 
bo'lajak faoliyatga (yugurishga) oldindan tayyorlaydi. 


144 
YURAK FAOLIYATINING REFLEKTOR BOSHQARILISHI 
Markaziy nerv tizimining deyerli hamma qismlari yurak faoliyatini boshqarishda 
ishtirok etishini ko'rdik. Ammo bu markazlarda yurak faoliyatini o'zgartiruvchi impulslar 
hosil bo'lishi uchun sabab kerak. Bu sabablar juda xilma-xil bo'lib, ularning paydo 
bo'lishi to'g'risidagi ahborotni markaziy nerv tizimiga turli retseptorlardan keladigan 
afferent impulslar yetkazadi. Ularga javoban markazlarda yurak faoliyatini o'zgartiruvchi 
efferent impulslar shakllanadi. Demak, yurak faoliyati reflektor yo'l bilan boshqarilib 
turar ekan. Yurak reflekslarining efferent yo'llari ikkita – bu adashgan va simpatik nerv 
tolalaridir. Afferent yo'llari juda ko'p. Ular turli intero- va eksteroretseptorlardan 
boshlanadi. 
Yurak faoliyatini birinchi galda tomirlarning refleks hosil qiluvchi sohalaridagi 
retseptrolardan vujudga keladigan reflekslar o'zgartiradi. Bunday refleksogen sohalardan 
biri kavak venalarni yurak bilan birikkan qismida joylashgan. Sohada uchraydigan A va 
B tipdagi cho'zilish retseptorlari kavak venalarda qonning hajmi ko'payishi bilan 
qo'zg'aladi va Beynbridj refleksini yuzaga chiqaradi. Demak, bu refleks kavak venalarda 
bosim ortganda vujudga kelib, parasimpatik markaz tonusini pasaytiradi, simpatik 
markaz tonusini esa oshiradi. Natijada yurak ishi tezlashib, kavak venalarda yig'ilib 
qolgan qon arterial tomirlarga o'tkaziladi. 
Tomirlardagi refleksogen sohalardan eng muhimi karotid sinus va aorta ravog'idir. 
Bu sohalarda qon bosimi ortishiga javoban o'zidan markazga intiluvchi uzluksiz 
impulslar sonini o'zgartiruvchi mexanoretseptorlar joylashgan. Aorta va uyqu 
arteriyasida qon bosimining ko'tarilishi retseptorlarning qo'zg'alish darajasini oshiradi. 
Markazga bboruvchi impulslar soni ko'payib, adashgan nerv markazini qo'zg'atadi. 
Natijada yurak faoliyati sustlashadi. Aortaga haydalayotgan qon miqdori kamayadi, 
bosim pasayadi. 
Umuman, interoretseptorlarga kuchli mexanik yoki kimyoviy ta'sirot berilsa, yurak 
faoliyati o'zgaradi. Masalan, qorin parda retseptorlarini mexanik ta'sirlash yurak 
faoliyatini tormozlaydi (Gols refleksi). Shu sababdan, odamning qorniga qattiq urilsa, 
yuragi to'xtab qolishi mumkin. 
Danini-Ashner refleksi ham vagal reflekslarga kiradi. Uni yuzaga chiqarish uchun 
barmoqlar bilan ko'z soqqalariga bosish kerak. Bunda yurak qisqarishlari soni kamayadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling