Muqaddima


HUJAYRALARARO BOSHQARUV MEXANIZMLARI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

HUJAYRALARARO BOSHQARUV MEXANIZMLARI 
 
Miokard hujayralarini bir-biri bilan bog'lab turuvchi oraliq disklarning bir xil 
emasligini aytib o'tgan edik. Bu disklarning ba'zilari hujayralarni faqat mexanik ravishda 
bog'laydi. Ularning boshqa qismidan miotsit ichiga kerakli moddalar o'tadi. Oraliq 
disklarning uchinchi qismidan esa qo'zg'alish o'tadi. Disklarning bu qismi neksus, deb 
ataladi. Neksuslar miokardni funksional sinsitiyga aylantiradi. 
Hujayralararo munosabatlarning buzilishi yurak muskul tolalarini asinxron 
qisqarishiga va aritmiyalarga olib keladi. 
Faqat kardiomiotsitlar o'rtasidagi munosabatlar emas, miotsitlar va biriktiruvchi 
to'qima hujayralari orasidagi munosabatlar ham yurak faoliyati uchun katta ahamiyatga 
ega. Biriktiruvchi hujayralar miotsitlar uchun faqat tayanch tuzilmagina emas. Ular 
miotsitlarga nisbatan trofik funksiyani ham bajaradi. Bunga kreator munosabat deyiladi. 
Biriktiruvchi hujayralar orqali kardiomiotsitlarda energiyaga boy, yuqori molekulali 
organik moddalar zahirasi doimo to'ldirib turiladi. 
YURAK ICHIDAGI PERIFERIK REFLEKSLAR 
 
Yurakda periferik reflekslar mavjud. Faqat bu reflekslar yoyi MNT da emas, balki 
miokard ichidagi intramural tugunlarda ulanadi (37-rasm). Dendritlari miokarddagi va 
yurak tomirlaridagi cho'zilish retseptorlariga aloqador afferent neyronlar, oraliq va 
efferent neyronlar ana shu refleks yoyiga keradi. Bu reflekslarni yurak-o'pka preperetida 


142 
o'rganish oson. Agar o'ng bo'lmachaga ballon kiritib, unga havo yuborilsa, bo'lmacha 
miokardi cho'zilib, unda joylashgan retseptorlar qo'zg'aladi. Natijada chap qorincha 
miokardining qisqarish kuchi oshadi. Bu refleksning ahamiyati shundaki, biror sababga 
ko'ra yurakka oqib keladigan qon miqdori oshsa, chap qorincha kuchliroq ishlab
yurakdan chqadigan qon miqdorini oshiradi. 
Intrakardial reflekslar ko'chirib o'tqazilgan yurak ishini idora qilishda juda katta 
ahamiyatga ega. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling