Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

YURAK ZARBI VA TONLARI 
Yurakning qo‘zg‘alishi elektr potensiallarni hosil qilsa, uning qisqarishi yurak zarbi 
va tonlarini yuzaga chiqaradi. 
Chap tomondagi beshinchi qovurg‘a oralig‘iga qoini bosilsa, yurak zarbini sezish 
mumkin. Bu zarb sistola vaqtida yurak holatining o‘zgarishidan paydo bo`ladi. Yurak 
qisqarar ekan, deyarli qattiq bo`lib qoladi va chapdan o‘ngga sal buriladi. Chap qorincha 
ko‘krak qafasiga urilib, uni bosadi. Ana shu bosim zarb bo`lib seziladi. 


140 
Yurak ishlab turganda o‘ziga xos tovushlar eshitiladi. Bu tovushlar yurak tonlari, deb 
ataladi. Ularni stetoskop yordamida eshitish, fonokardiograf yordamida magnit tasmasiga 
yozib olish mumkin. 
Yurakning birinchi toni. Qorinchalar sistolasida eshitilganidan u sistolik ton, deb 
ataladi.&&&&&&&&&&&&&&&&&&& 
QONNING SISTOLIK VA DAQIQALIK HAJMLARI 
 
Odamning to‘xtovsiz ishlaydigan yuragi arteriyalarga bir kecha-kunduzda 10 tonnaga 
yaqin, bir yilda 4000 tonna, umr mobaynida o‘rtacha 300000 tonna qonni haydab 
chiqaradi. Har sistolada yurakdan chiqadigan qonning hajmi 65-70 ml ga teng. Bunga 
sistolik hajm deyiladi. 
Odamning yuragi tinch holatda daqiqada 70-75 marta uradi. Demak, 1 daqiqada yurak 
4,5-5,0 litr qonni haydaydi. Bu qonning daqiqalik hajmini tashkil qiladi. 
Daqiqalik hajmni topishning eng aniq usulini Fik (1870 yilda) taklif etgan. Bu hajmni 
aniqlash uchun quyudagilarni bilish lozim: 1) arterial va venoz qondagi kislorod 
miqdorida bo`lgan farqni; 2) odam organizmi bir daqiqada yutadigan kislorod hajmini. 
Masalan, 1 daqiqada o‘pka orqali qonga 400 ml kislorod o‘tgan va kislorodning 
miqdori venoz qonda arterial qonga nisbatan 8 hajm% kam. Demak, 100 ml qon 
o‘pkadan o‘tayotib, 8 ml kislorodni biriktirib oladi. 400 ml kislorodni biriktirish uchun 
esa 5000 ml qon kerak. 
100 x 400 = 5000 ml 

Bu usul ancha aniq bo'lsa ham ko'p qo'llanmaydi, chunki bunda venoz qonni 
yurakning o'ng tarafidan olish kerak. Ko'proq daqiqalik hajmni qonga zararsiz bo'yoqlar 
yuborish yo'li bilan aniqlaydilar. Daqiqalik hajmni yurakning qisqarishlar soniga bo'lib, 
sistolik hajm topiladi. 
Yurakning sistolik va daqiqalik hajmlari o'zgaruvchan. Ular jismoniy mehnat vaqtida, 
odam hayajonlanganda oshib ketadi. Odam yuragining daqiqalik hajmi 20-30 litrgacha 
ko'payishi mumkin. Jismoniy ish bilan shug'ullanmaydigan shaxslarda daqiqalik hajm 
yurak qisqarishlar sonining ortishi hisobiga, mashq qilgan odamlarda esa asosan sistolik 
hajm hisobiga ortadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling