Muqaddima


EKSTRAKARDIAL BOSHQARUV MEXANIZMLARI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

EKSTRAKARDIAL BOSHQARUV MEXANIZMLARI 
 
Tabiiy sharoitda yurak ishining boshqarilishida MNT dan sayyor va simpatik nervlar 
orqali keladigan impulslar yetakchi rol o'ynaydi. Bu impulslar yurak urishi chastotasi 
(xronotrop ta'sir), kuchi (inotrop ta'sir), o'tkazuvchanligi (dromotrop ta'sir) va 
qo'zg'aluvchanligini (batmotrop ta'sir) o'zgartirishi mumkin. 
Sayyor (parasimpatik) nerv yurakka atsetilxolin yordamida, simpatik nerv esa 
noradrenalin yordamida ta'sir ko'rsatadi. 
O'ng sayyor nerv tolalari asosan o'ng bo'lmachana va sino-atrial tugunni nervlaydi. 
Atrio-ventrikulyar tugunga chap sayyor nerv tolalari kelib to'xtaydi. Shuning uchun o'ng 
sayyor nerv asosan yurakning urish tezligiga, chap sayyor nerv esa ko'proq 
qo'zg'alishning atrio-ventrikulyar tugundan o'tishiga ta'sir qiladi. Qorinchalarning 
parasimpatik innervatsiyasi sust. Sayyor nervlarning qorinchalarga ta'siri to'g'risida 
yagona fikr yo'q. 
Xronotropiya.  Simpatik nerv ta'sirlansa yoki noradrenalin bilan ta'sir etilsa, musbat 
xronotrop samara kuzatiladi, yurakning qisqarishlar soni ortadi. 
Bir vaqtda ikkala nerv qo'zg'atilsa, parasimpatik nervning tonusi ustunlik qilib, yurak 
urishi siyraklashadi. 
Vegetativ nervlarning sino-atrial tugun avtomatiyasiga ta'siri shundaki, uning 
hujayralari depolyarizatsiyalanish vaqtini o'zgartiradi. Parasimpatik nerv ta'sirida 
membrananing depolyarizatsiyalanish vaqti uzayadi, simpatik nerv esa bu vaqtni 
qisqartiradi. 
Inotropiya. Yurakning qisqarish ritmi o'zgarishining o'zi yurak qisqarish kuchiga 
ta'sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, yurak nervlari yurak qisqarishining kuchiga 
bevosita ta'sir qiladi. Sayyor nervlar ta'sirida bo'lmachalarning qisqarish kuchi kamayadi. 
Bu manfiy inotrop samara harakat potensiali kaltalashgani natijasi hisoblanadi. 
Simpatik nervlarning qo'zg'alishi musbat inotrop samara ko'rsatadi. Bunda bo'lmacha 
va qorinchalarning qisqarish kuchi ortadi. 
Yurakni nervlovchi simpatik tolalar orasida faqat yurakning qisqarishlar kuchini 
oshiradigan tolalar I.P.Pavlov tajribalarida aniqlangan. Yurak faoliyatini kuchaytiruvchi 
bu nerv tolalari miokard trofikasiga ta'sir qiladi. 
Dromotropiya. Tabiiy sharoitda yurak nervlari qo'zg'alishi faqat atrio-ventrikulyar 
tugundan o'tish tezligiga ta'sir qiladi. Simpatik nervlar atrio-ventrikulyar o'tkazishni 
tezlashtiradi, bo'lmachalar va qorinchalar qisqarishi o'rtasidagi intervalni kamaytiradi. 
Bunga musbat dromotrop samara deyiladi. 
Sayyor nervlar ta'siri ostida manfiy dromotrop samara vujudga keladi. 
Batmotropiya. Vegetativ nervlarning yurak qo'zg'aluvchanligiga ta'siri uncha aniq 
emas. Yurak qo'zg'aluvchanligi qaysi sababdan pasaygan bo'lsa, simpatik nervlar uni 
oshiradi. Buni musbat batmotrop samara deb hisoblash mumkin. 


143 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling