Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

YURAK SIKLI BOSQICHLARI 
Yurak har daqiqada 75 marta qisqarganda uning bir sikli 0,8 s davom etadi. Sistola, 
diastola va umumiy pauza bitta yurak siklini hosil qiladi. Yurakning qisqarishlari 
bo`lmachalar sistolasidan boshlanib, u 0,1 s davom etadi. Shu vaqt ichida 
bo`lmachalardagi bosim simob ustunining 5-8 mm gacha ko‘tariladi. Bo`lmachalarning 
sistolasi tugagach, qorinchalar sistolasi boshlanadi. Uning davomiyligi 0,33 s. 
Qorinchalar sistolasi bir necha davr va bosqichlarga bo`linadi. Qorinchalar sistolasining 
boshlanishiga miokard tolalarining taranglashishi xosdir. 0,08 s davom etuvchi bu davr 
tarannglashish davri, deyiladi. U tolalarning asinxron qisqarishi bilan boshlanadi. 
Asinxron qisqarish bosqichi 0,05 s davom etadi. Tolalarning bir qismi qisqarib
qolganlari bo‘shashganidan, asinxron qisqarish bosqichida qorinchalar bo‘shlig‘idagi 
bosim taxminan 0 ga teng bo`ladi. Qo‘zg‘alish hamma tolalarga tarqalib, ularni ham 
qisqartirganda, qorinchalardagi bosim keskin ortadi va chap qorinchada 70-90 mm. s. u. 
gacha, o‘ng qorinchada 15-20 mm s.u. gacha ko‘tariladi. Bosimning bu o‘zgarishi 0,03 s 
davom etuvchi izometrik qisqarish bosqichida kuzatiladi. 
Bosimning qorinchalar bo‘shlig‘ida oshishi natijasida atrio-ventrikulyar qopqoqlar 
tezda yopiladi. Ayni vaqtda yarim oysimon qopqoqlar ham yopiq bo`ladi. Demak 
qorinchalar bo‘shlig‘i berk bo`lganidan undagi qonning hajmi o‘zgarmaydi. Qisqarish 
izometrik turda bo`lgani uchun tolalarning tarangligi ortadi va qon bosimo chap 
qorinchada 120 mm s.u. gacha, o‘ng qorinchada 25 mm s.u. gacha ko‘tariladi. 
Bu bosim aorta va o‘pka arteriyasidagi bosimdan yuqori bo`lgani uchun yarim 
oysimon qopqoqlar ocholadi va 0,25 s ga teng bo`lgan qonning haydalish davri 
boshlanadi. Haydalish davrining boshida qorinchalardagi bosim ortadi. Natijada aorta va 
o‘pka arteriyasiga qon juda tez oqib chiqadi, qorinchalarning hajmi tezda kichiklashadi. 
Bu qonning tez haydalish bosqichi bo`lib, 0,12 s davom etadi. Undan keyin qorinchalar 
miokardining qisqarishi sustlashadi, qon oqimi sekinlashadi. Bu qonnig sekin haydalish 
bosqichi 0,13 s davom etadi. 
Qorinchalar bo‘shlig‘ida bosimning kamayib ketishi qonning orqaga, qorinchalar 
tomon oqishiga sabab bo`ladi. Ammo bu oqim yarim oysimon qopqoqlarga uriladi va 
ularni yopadi. Shuningdek juda qisqa vaqt ichida ham atrio-ventrikulyar, ham yarim 
oysimon qopqoqlar yopiq turadi. Keyin qorinchalar bo‘shashib, hajmi ortadi. Ulardagi 
bosim qonga toigan bo`lmachalardagi bosimdan pastroq nuqtaga tushadi. Shunda atrio-
ventrikulyar qopqoqlar ochilib, qorinchalar qonga toia boshlaydi. 
Yurak qorinchalarining diastolasi boshlanadi. Qorinchalar diastolasi 0,47 s davom 
etadi. U ham bir necha davr va bosqichlarga bo`linadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling