SAYYOR VA SIMPATIK NERVLARNING
YURAKKA TONIK TA'SIRI
Ko'pchilik sut emizuvchilarda, jumladan odamda ham, qorinchalar faoliyati faqat
simpatik nerv nazoratida bo'ladi. Bo'lmachalar va sino-atrial tugunga esa simpatik va
sayyor nervlar doim antogonistik ta'sir o'tkazib turadi. Bu antogonizm nervlarni xirurgik
yoki farmakologik yo'l bilan qirqilganda namoyon bo'ladi.
Parasimpatik nervning ta'siri yo'qotilganda yurakning qisqarishlar soni 40-50% ortadi.
Simpatik nervlar ta'siri yo'qotilsa, yurakning qisqarishlari soni sezilarli darajada
siyraklashadi. Simpatik va parasimpatik nervlarning yurakka o'tkazadigan doimiy ta'siri
ularning tonusi deb ataladi. Mutlaqo denervatsiya qilingan yurakning qisqarishlar
chastotasi tinch holatdagi mo'tadil yurakning qisqarishlari chastotasidan yuqori. Demak,
parasimpatik nerv tonusi simpatik nerv tonusidan ustun.
GIPOTALAMUSNING
YURAK
FAOLIYATINI
BOSHQARISHDAGI
ISHTIROKI
Yurak faoliyatini orqa va uzunchoq miyadan tashqari (adashgan nerv markazi va
simpatik markazlardan tashqari), gipotalarnik markazlar ham nazorat qilib turadi.
Hayvonlarda o'tkazilgan tajribalar natijasi shuni ko'rsatadiki, gipotalamusning ma'lum
sohalarini rag'batlantirish yurak faoliyatini ifodalovchi ko'rsatkichlarni sezilarli darajada
o'zgartiradi. Bu o'zgarishlar yurakning urish tezligi ortishi yoki kamayishi, chap
qorinchaning qisqarishlar kuchini oshishi yoki kamayishi sifatida namoyon bo'lishi
mumkin. Paraventrikulyar, ventromedial, preoptik yadrolar va mamillyar tana yurak
faoliyatini boshqarishda bevosita ishtirok etadigan gipotalarnik yadrolarga kiradi.
Qaysi bir vegetativ faoliyatning boshqarilishi ustida gap ketmasin, gipotalamus
integrativ markaz ekanini yodda tutish kerak. U faoliyatlarni, jumladan yurak faoliyatini
ham organizmning har zumdagi ehtiyojlariga va xatti-harakatlariga moslashishini
ta'minlaydi. Ammo bu vazifani bajarishda gipotalamus mustaqil emas. Unga limbik tizim
va katta yarim sharlar po'stlog'i uzluksiz ta'sir o'tkazib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |