Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

GEMODINAMIKA ASOSLARI 
Qonning qon tomirlardagi harakatini o‘rganuvchi fan gemodinamika, deb ataladi. Bu 
fan gidrodinamikaning bir qismi. 
Gidrodinamika qonuniyatiga ko‘ra, naylarda suyuqlikning oqishi ikki kuchga: 
suyuqlikning harakatini yuzaga keltiruvchi bosim, ya‘ni nayning boshi va oxiridagi 
bosimlar farqiga va oqayotgan suyuqlikka ko‘rsatiladigan qarshilikka bog`liq. 
Bu kuchlarning birinchisi – bosimlar farqi suyuqlikni harakatga keltirsa, ikkinchisi – 
gidravlik qarshilik suyuqlikning harakatiga to‘sqinlik qiladi. Bosimlar farqining 
qarshilikka nisbati vaqt birligida naylardan oqayotgan suyuqlik hajmini, ya‘ni suyuqlik 
oqimining hajm tezligini belgilaydi. Bu bog‘lanish quyudagi tenglarna bilan ifodalanadi: 
P
1
– P
2
Q =

Qon tomirlarda qon oqishiga qarshilik tomirlarning uzunligi, diametri, qonning 
yopishqoqligiga bog'liq. 
Turli tomirlardagi qarshilikni ularning uchi va oxiridagi qon bosimi farqidan bilish 
mumkin. Qon oqimiga qarshilik qancha katta bo'lsa, tomirda qonning harakatiga shuncha 
ko'p kuch sarflanadi, binobarin, bu tomirdagi bosim shuncha ko'p pasayadi. 
Tomirlardagi qon bosimini bevosita o'lchash uning yirik va o'rta arteriyalarda atigi 
10%, arteriolalarda va kapillyarlarda esa 85% pasayishini ko'rsatadi. 
Qon oqimining ikkita tezligi o'rganiladi. Birinchisi – chiziqli tezlik. Chiziqli tezlik 
qon zarrachalarining tomirda siljish tezligini aks ettiradi. Uni mm/s yoki sm/s da 
ifodalanadi. Ikkinchisi – hajm tezlik. U qon tomirlardan vaqt birligida oqib o'tgan 
qonning hajmini ko'rsatadi va ml/s da o'lchanadi. 


146 
Aorta yoki kavak venalar orqali, o'pka arteriyasi yoki o'pka venalari orqali 1 daqiqada 
o'tadigan qon hajmi bir xil. Yurakdan ketayotgan qonning miqdori unga kelayotgan qon 
miqdoriga teng. Katta va kichik qon aylanish doirasining butun arterial tizimi yoki 
barcha arteriolalar, yoxud barcha kapillyarlar yoki butun venoz tizimi orqali o'tgan qon 
hajmi bir xil. 
Tomirlar tizimining har qanday umumiy ko'ndalang kesimidan o'tgan qonning hajmi 
doimiy bo'lgani holda qon oqimining chiziqli tezligi bir xil bo'lmasligi kerak. Chiziqli 
tezlik tomirning umumiy kengligiga (eniga) bog'liq. 
Qon tomirlar tizimining eng tor qismi – aorta. Arteriyalar shoxlanganda, har bir 
tarmoq o'zini ajratgan arteriyaga nisbatan torroq bo'lishiga qaramay, tarmoqlar 
yig'indisining kengayganligi kuzatiladi. Kapillyarlar to'ra hammadan keng, chunki 
barcha kapillyarlar diametrining yig'indisi airtaning diametridan taxminan 600-800 marta 
katta. Shunga ko'ra, aortada qon kapillyarlardagiga qaraganda juda tez harakatlanadi. 
Qon yurakdan uzluksiz chiqmay, balki otilib-otilib chiqani uchun arteriyalardagi qon 
oqimi uzlukli tabiatda bo'ladi. Arteriola, kapillyar va venalardagi qon oqimi uzluksiz
doimiydir. Buning sababi arteriyalar devorining tuzilishida. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling