Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurakning birinchi toni.
YURAK ZARBI VA TONLARI
Yurakning qo‘zg‘alishi elektr potensiallarni hosil qilsa, uning qisqarishi yurak zarbi va tonlarini yuzaga chiqaradi. Chap tomondagi beshinchi qovurg‘a oralig‘iga qoini bosilsa, yurak zarbini sezish mumkin. Bu zarb sistola vaqtida yurak holatining o‘zgarishidan paydo bo`ladi. Yurak qisqarar ekan, deyarli qattiq bo`lib qoladi va chapdan o‘ngga sal buriladi. Chap qorincha ko‘krak qafasiga urilib, uni bosadi. Ana shu bosim zarb bo`lib seziladi. 140 Yurak ishlab turganda o‘ziga xos tovushlar eshitiladi. Bu tovushlar yurak tonlari, deb ataladi. Ularni stetoskop yordamida eshitish, fonokardiograf yordamida magnit tasmasiga yozib olish mumkin. Yurakning birinchi toni. Qorinchalar sistolasida eshitilganidan u sistolik ton, deb ataladi.&&&&&&&&&&&&&&&&&&& QONNING SISTOLIK VA DAQIQALIK HAJMLARI Odamning to‘xtovsiz ishlaydigan yuragi arteriyalarga bir kecha-kunduzda 10 tonnaga yaqin, bir yilda 4000 tonna, umr mobaynida o‘rtacha 300000 tonna qonni haydab chiqaradi. Har sistolada yurakdan chiqadigan qonning hajmi 65-70 ml ga teng. Bunga sistolik hajm deyiladi. Odamning yuragi tinch holatda daqiqada 70-75 marta uradi. Demak, 1 daqiqada yurak 4,5-5,0 litr qonni haydaydi. Bu qonning daqiqalik hajmini tashkil qiladi. Daqiqalik hajmni topishning eng aniq usulini Fik (1870 yilda) taklif etgan. Bu hajmni aniqlash uchun quyudagilarni bilish lozim: 1) arterial va venoz qondagi kislorod miqdorida bo`lgan farqni; 2) odam organizmi bir daqiqada yutadigan kislorod hajmini. Masalan, 1 daqiqada o‘pka orqali qonga 400 ml kislorod o‘tgan va kislorodning miqdori venoz qonda arterial qonga nisbatan 8 hajm% kam. Demak, 100 ml qon o‘pkadan o‘tayotib, 8 ml kislorodni biriktirib oladi. 400 ml kislorodni biriktirish uchun esa 5000 ml qon kerak. 100 x 400 = 5000 ml 8 Bu usul ancha aniq bo'lsa ham ko'p qo'llanmaydi, chunki bunda venoz qonni yurakning o'ng tarafidan olish kerak. Ko'proq daqiqalik hajmni qonga zararsiz bo'yoqlar yuborish yo'li bilan aniqlaydilar. Daqiqalik hajmni yurakning qisqarishlar soniga bo'lib, sistolik hajm topiladi. Yurakning sistolik va daqiqalik hajmlari o'zgaruvchan. Ular jismoniy mehnat vaqtida, odam hayajonlanganda oshib ketadi. Odam yuragining daqiqalik hajmi 20-30 litrgacha ko'payishi mumkin. Jismoniy ish bilan shug'ullanmaydigan shaxslarda daqiqalik hajm yurak qisqarishlar sonining ortishi hisobiga, mashq qilgan odamlarda esa asosan sistolik hajm hisobiga ortadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling