Muqaddima
O’PKA VENTILYATSIYASI, HAJM VA SIG’IMLARI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
O’PKA VENTILYATSIYASI, HAJM VA SIG’IMLARI
Vaqt birligida o‘pkadan o‘tayotgan havo miqdori – o‘pka ventilyatsiyasi nafas olishning chuqurligi va tezligiga bog‘liq. Tashqi nafasning bu ikki ko‘rsatkichi ancha keng doirada o‘zgarib turadi. Tinch holatda katta yoshli odam 500 ml ga yaqin havoni nafasga oladi va chiqaradi (42-rasm). Havoning bu hajmi nafas havosi, deb ataladi. Odatdagicha nafas olingandan keyin yana qo‘shimcha ravishda anchagina havo olinishi mumkin. Bu hajm nafas olishninh qo‘shimcha hajmi, deyiladi va 2000-2500 ml ni tashkil qiladi. Tinch nafas chiqarilgandan keyin yana qariyb 1500 ml havoni nafasdan chiqarish mumkin. Bu hajm nafas chiqarishning qo‘shimcha hajmi, deyiladi. Qo‘shimcha hajmlar mavjudligi zarur bo`lganda nafasning chuqurlashishiga imkon beradi. Nafas havosi, nafas olishning qo‘shimcha hajmi va nafas chiqarishning qo‘shimcha hajmlari yig‘indisi o‘pkaning tiriklik sig‘imini (O‘TS) tashkil qiladi. Uning hajmi taxminan 4000-4500 ml. Bu sig‘imni birdan oichash mumkin. Buning uchun odam atmosferadan iloji boricha chuqur nafas olib, havoni o‘pkasidan oxirigacha spirometrga chiqarishi kerak. O‘pkaning tiriklik sig‘imi o‘pka va ko‘krak qafasining kengayish qobiliyati ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ko‘rsatkich miqdori o‘zgaruvchan bo`lib, odamning yoshi, jinsi, tananing katta-kichikligi, fazodagi holati va jismoniy ish bajarishga moslashishga bog‘liq. O‘TS odamning yoshi 40 dan oshgandan keyin sezilarli darajada kamayadi. Ayollarda O‘TS erkaklardagi ko‘rsatkichdan 25% kam. Odam tik turganda O‘TS yotgandagiga qaraganda ko‘proq. Mashq qilganlarda O‘TS jismoniy ish bilan shug‘ullanmaganlarnikidan ko‘proq bo`ladi. Oxirigacha nafas chiqarilgandan keyin ham o‘pkada 1000-1500 ml havo qoladi. U qoldiq havo deb ataladi. Funksional qoldiq sig‘im ham tafovut qilinadi. Bu sig‘im tinch nafas chiqarilgandan keyin o‘pkada qolgan havo hajmini ko‘rsatadi. Funksional qoldiq sig‘imning fiziologik ahamiyati alveolyar havoning gaz tarkibida nafas olib, nafas chiqarishga bog‘liq bo`lgan o‘zgarishlarni maromlab turishda. Atmosfera havosi alveolalarga bevosita kirib- chiqqanda, alveola havosi tarkibidagi O 2 va CO 2 miqdori nafas bosqichlariga bog‘liq holda keskin o‘zgarib turadi. Tinch holatda nafas hajmi (500 ml) funksional qoldiq sig‘imdan bir necha marta kam. Kislorodga boy, karbonat angidridi kam bo`lgan oz miqdordagi nafas havosi anchagina katta bo`lgan funksional qoldiq sig‘im bilan aralashganda, alveolyar havo tarkibi uncha o‘zgarmaydi. Alveolyar havo bilan qon o‘rtasida gazlar almashinuvi mo‘tadil bo`lishi uchun buning ahamiyati katta. Tiriklik sig‘imi va qoldiq havo yig‘indisi o‘pkaning umumiy sig‘imini tashkil qiladi va u 5500- 6000 ml. O‘pkaning tiriklik sig‘imini, uni tashkil qiluvchi nafas havosini va nafas olish hamda nafas chiqarishning qo‘shimcha hajmlarini spirometr yordamida bevosita aniqlash, spirograf yordamida qog‘ozga yozib olish mumkin. Qoldiq havoni, o‘pkaning funksional qoldiq sig‘imini bevosita oichab bo`lmaydi. Ular odatda inert gazlar yordamida vositali yoi bilan aniqlanadi. 166 Katta yoshdagi odam tinch holatda bir daqiqada 16-20 marta nafas oladi. Nafas hajmi 500 ml ga teng bo`lsa, o‘pkadan shu vaqt ichida 8-10 litr havo o‘tadi yoki o‘pka ventilyatsiyasi 8-10 litrga teng bo`ladi. Ammo o‘pka ventilyatsiyasining hajmi nafas olishning qanchalik samarali ekanligi to‘g‘risida axborot bermaydi. Buni quyidagi misol bilan ko‘rsatish mumkin. Kimdir nafas hajmi 300 ml bo`lgan holda 1 daqiqada 20 marta nafas oladi. O‘pkaning ventilyatsiyasi 6000 ml bo`ladi. Boshqa bir odam 1 daqiqada 10 marta nafas oladi, uning nafas hajmi 600 ml. Bu odamning o‘pka ventilyatsiyasi hajmi ham 6000 ml. Ammo ikkinchi shaxsning nafasi opkada gazlar almashinuvini e‘tiborga olganda samaraliroq. Gap shundaki, nafasga olingan havoning bir qismi alveolalarga yetib bormay, zararli bo‘shliqda qoladi. Zararli bo‘shliq hajmi taxminan 140 ml. Demak, birinchi shaxs nafasga olingan 300 ml havodan alveolalarga 160 ml, ikkinchisining alveolalariga 460 ml (600 ml - 140 ml = 460 ml) havo yetib boradi. Ularning alveolyar ventilyatsiyasi (bir daqiqada alveolalardan o‘tgan havoninhg hajmi) quyidagicha bo`ladi: Birinchi shaxsniki – 160 ml x 20 = 3200 ml, Ikkinchi shaxsniki – 460 ml x 10 = 4600 ml. Misoldan ko‘rinib turibdiki, siyrak, lekin chuqur nafas olish ancha samarali. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling