Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

QON HAJMI VA TARKIBI 
 
Odamning qoni suyuq plazma va undagi muallaq shaklli elementlardan tashkil 
topgan. Qonning bu ikki qismi orasida ma‘lum nisbat saqlanadi. Qon hajmining 55%i 
plazmaga to‘g‘ri keladi, qolgan 45% hajmni shaklli elementlar tashkil qiladi. Qonning 
umumiy hajmidan eritrotsitlarga to‘g‘ri keladigan qismi gematokrit son, deb ataladi. 
Erkaklarda gematokrit son 44-46%, ayollarda – 41-43% bo`ladi. 
Katta odam organizmidagi qonning umumiy miqdori gavda vaznining 6-8%, ya‘ni 4-6 
litrni tashkil qiladi. Qonning organizmdagi miqdorini bo‘yoqlar yoki radioaktiv moddalar 
yordamida aniqlash mumkin. Masalan, kongorot qonga ma‘lum miqdorda yuboriladi. Oz 
vaqt o‘tishi bilan u qonda tekis taqsimlanadi. Endi tomirdan qon olib, unda bo‘yoq 
konsentratsiyasi aniqlanadi va bo‘yoqning qonda suyulish darajasiga qarab, qon miqdori 
hisoblab topiladi. 
Qonning miqdori nisbatan doimiy bo`lgan ko‘rsatkichlardan biri. Ammo, uzoq vaqt 
davomida muntazam ravishda jismoniy ish bilan shug‘ullanish, baland tog‘ga ko‘tarilish 
va shu sharoitda uzoq vaqt bo`lish natijasida organizmning kislorodga bo`lgan ehtiyoji 
ortadi va qon miqdori ko‘payadi. 
Organizmdagi qonning hammasi oddiy sharoitda qon tomirlar bo‘ylab harakat 
qilmaydi. Uning bir qismi zahiralarda saqlanadi. Qon umumiy miqdorining 20% i 
jigarda, 16% i taloqda, 10% ga yaqini teri tomirlarida bo`ladi va ma‘lum vaqtgacha qon 
aylanishida ishtirok etmasligi mumkin. Kislorodga ehtiyoj oshganda esa qonning 
zahiradagi qismi tomirlarga o‘tib, kislorod tashishda ishtirok eta boshlaydi. 
QONNING FIZIKAVIY-KIMYOVIY XOSSALARI 
 
Qonni kolloid-polimer eritma deb hisoblash mumkin. Unda erituvchi sifatida suv 
bo`lsa, erigan moddalarni tuzlar va kichik molekulalai organik moddalar tashkil qiladi. 
Kolloid qismi esa oqsil va ularning kompleks birikmalaridan iborat. 
Qondagi kolloid eritma va shaklli elementlar muallaqligi ma‘lum darajada 
yopishqoqlikni hosil qiladi. Plazmaning yopishqoqligi 1,7-2,2, butun qonniki esa 5,0. 
Organizm ko‘p miqdorda suv yo‘qotsa (qattiq terlash yoki ich ketish natijasida), qonning 
yopishqoqligi ortib, qon aylanishi buzilishi mumkin. 
Qonning solishtirma og‘irligi 1,060-1,064, plazmaniki esa 1,025-1,034. U juda kam 
o‘zgaradi. 


118 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling