Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

ENTERIN GORMONLAR TIZIMI 
 
S e k r e t i n . Birinchi kashf etilgan gastrointestinal gormon. Sekretinni 1902-yilda 
ingliz olimlari Beyliss va Starling kashf etganlar. ―Gormon‖ atamasi ilk bor sekretinga 
nisbatan ishlatilgan. 
Sekretinni o‘n ikki barmoq ichakning shilliq pardasidagi maxsus hujayralar 
sintezlaydi. Molekulasi 27 aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan. Molekulyar massasi 
3035. Gormonning qonga o‘tishi uchun o‘n ikki barmoq ichakka me‘dadan xlorid 
kislota o‘tib, undagi pH ni 4,5 dan pastga tushirishi kerak. 
Sekretin ta‘sirida me‘da osti bezidan shira ajralishi keskin ko‘payadi, shira tarkibidagi 
bikarbonatlar miqdori ortadi. Bundan tashqari, bu gormon o‘t-safro va ingichka ichak 
shirasi bilan suv hamda tuzlar ajralishini ko‘paytiradi.
Sekretin ta‘sirida me‘da bezlarida fermentlar ajralishi ko‘paysa, ayni vaqtda xlorid 
kislota sekretsiyasi to‘xtaydi. U hazm tizimi a‘zolarining silliq muskullarini ham 
tormozlaydi. Ingichka ichakning shilliq pardasidagi enterotsitlarning bo`linishi va ularda 
invertaza va maltaza fermentlari sintezlanishi sekretin ta‘sirida tezlashadi. 


113 
Sekretin hazm tizimiga aloqador bo`lmagan a‘zolar faoliyatini ham o‘zgartiradi: 
yurakdan tomirlarga chiqadigan miqdori, siydik hajmini va undagi natriy, kaliy, 
bikarbonatlar miqdorini oshiradi. 
X o l e t s i s t o k i n i n (ikkinchi nomi pankreozimin) ham asosan hazm tizimi 
a‘zolarining sekretor va motor faoliyatlarini boshqarishda ishtirok etadigan 
gastrointestinal gormon. Birinchi galda bu gormon o‘t pufagini qisqartiradi, undagi o‘tni 
o‘n ikki barmoq ichakka chiqaradi, me‘da osti bezidan fermentlar ajralishini 
kuchaytiradi. Xoletsistokinin me‘da harakatlarini tormozlab, ichak harakatlarini 
yaxshilaydi. Uning ta‘sirida Langergans orolchalaridan insulin va glyukagon ajralishi 
tezlashadi. 
Xoletsistokinin faqat o‘n ikki barmoq ichakda emas, balki markaziy va periferik 
neyronlarda ham sintezlanadi. Xoletsistokininni sintezlovchi neyronlar katta yarim 
sharlar po‘stlog‘ida, limbik tizim va gipofizning orqa bo`lagida ko‘proq uchraydi. 
Markaziy nerv tizimidagi xoletsistokinin ishtahani boshqarishda ishtirok etsa kerak. 
Hayvonlar miyasi qorinchaliriga kiritilgan gormon to‘yish hissini yuzaga chiqaradi. 
Ba‘zi 
ma‘lumotlar 
(xoletsistokinin 
neyronlar 
ichida 
bo`lishi, 
membrana 
depolyarizatsiylangandan keyin tashqariga chiqishi, membranalarda unga moyil bo`lgan 
retseptorlarning mavjudligi va hokazo) gormonning mediator vazifasini bajarishi 
mumkinligidan dalolat beradilar. 
G a s t r i n – me‘daning pilorik qismida sintezlanib, qon orqali me‘da bezlari 
faoliyatini rag‘batlantiradigan gormon. Pilorus shilliq pardasiga ko‘rsatiladigan kimyoviy 
va mexanik ta‘sirotlar uning qonga o‘tishini ta‘minlaydi. Kimyoviy moddalardan 
oqsilning parchalanish mahsulotlari va ovqatning ekstraktiv moddalari gastrinni erkin 
holga o‘tishini ancha tezlashtiradi. Pilorik qismdagi ovqat va shira aralashmasida 
(ximusda) xlorid kislota miqdorining ko‘payib ketishi gastrin inkretsiyasini tormozlaydi. 
Odam qonodagi uch xil gormondan asosiysi bo`lib, 17 aminokislotadan tashkil topgan 
va molekulyar massasi 7000 ga teng. Me‘da bezlarini tashkil qiluvchi hujayralardan 
qoplovchi hujayralarga gastrin eng kuchli, asosiy hujayralarga o‘rtacha va qo‘shimcha 
hujayralarga kuchsiz ta‘sir ko‘rsatadi. Demak, gormon kiritilgandan so‘ng yig‘ilgan 
me‘da shirasida xlorid kislota miqdori ancha ko‘p bo`ladi, fermentlar uncha ko‘p 
bo`lmay, shilimshiq esa oz bo`ladi. Gormon me‘da harakatlarini kuchaytiradi. 
Gastrin me‘da osti bezidan fermentlar ajralishini tezlashtiradi. Uning ta‘sirida o‘t-
safro miqdori ham ko‘payadi. Gastrin ingichka ichakda glyukoza, natriy va suv 
so‘rilishini tormozlaydi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling