Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

EPIFIZ 
 
Epifiz bosh miya markazida, uchinchi qorincha tubida joylashgan. Odam epifizining 
diametri 3-4 mm. Odamzod bu bez borligini 4000 yildan beri bilsa ham, uning faoliyati 
oxirgi 20-30 yillar davomida aniqlandi. O‘rta asrlarda odamning ruhi epifizda saqlanadi, 
deb hisoblashgan. Asrimizning boshlarida ovqatiga maydalangan epifiz qo‘shib berilgan 
itbaliqlarning rangi oqargani aniqlangan edi. Shunga asoslanib, 50-yillarda amerikalik 
olim A.Lerner epifizda pigment almashinuviga ta‘sir qiladigan modda bo`lsa kerak, deb 
taxmin qildi va bir necha o‘n ming qoramol epifizidan bbir-ikki gramm modda ajratib 
oldi. Bu modda juda oz miqdorda baqa organizmiga kiritilganda, terining oqarishiga olib 
keladi. Shunday qilib, yangi gormon – melatonin kashf etildi. 
Turli mutaxassislar o‘tkazgan tajribalarda melatoninning ko‘p qirrali samaraga ega 
gormonligi aniqlandi. U boshqa bir biogen amin – serotonindan hosil bo`lib, pigment 
almashinuvini, jinsiy faoliyatni, kecha-kunduzlik va fasllik ritmlarni, hujayralar 
bo`linishi va rivojlanishini boshqarishda ishtirok etadi. Epifizdan tashqari, melatonin 
hazm tizimidagi apudotsitlarda, tomirlar endoteliyida, buyrak usti bezi po‘stloq qismida,
miyachaning Purkinye hujayralarida, simpatik tugunlarda sintezlanadi. 
Melatonin ko‘z to‘r pardasida ham topilgan. Gormonning to‘r pardadagi miqdori 
kamayib ketsa, odamning ranglarni ajratish qobiliyati buziladi. 
Melatonin uyqu keltirish qobiliyatiga ham ega. Bir necha tomchi gormon eritmasi 
mushukning burniga tomizilganda 70-100 daqiqa davom etuvchi chuqur uyqu kuzatiladi. 
Oxirgi vaqtda melatoninning yana bir juda muhim xossasi aniqlandi. U hujayralar 
bo`linishini sekinlashtirib, o‘smaga qarshi ta‘sir ko‘rsatar ekan. 
Melatonin gipofizdan gonadotrop gormonlarning qonga o‘tishini kamaytiradi. Demak, 
uning qondagi miqdori ko‘payib ketsa, balog‘atga yetish cho‘zilib ketadi. Gormonning 
yetishmovchiligida esa jinsiy rivojlanish tezlashadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling