Muqaddima


BUYRAK USTI BEZLARINING MAG’IZ QAVATI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

BUYRAK USTI BEZLARINING MAG’IZ QAVATI 


109 
 
Buyrak usti bezlarining mag‘iz qavatini tashkil qiluvchi hujayralar kaliy bixromat 
bilan yaxshi bo‘yalganidan, xromofin hujayralar deyiladi. Xromofin hujayralar ikki xil 
bo`lib, biri adrenalin, ikkinchisi noradrenalin ishlab chiqaradi. Gormon sintezlovchi 
hujayralar simpatik tizimning o‘zgarib ketgan postganglionar neyronlaridir. Ularni 
simpatik nerv tizimining preganglionar tolalari bevosita nervlaydi. Xromofin hujayralar 
gavdaning boshqa qismlarida ham uchraydi. Ular simpatik nervlar singari adrenalinga 
yaqin fiziologik faol modda ishlab chiqargani uchun simpato-adrenal tizimga kiritilgan. 
Katta yoshli odamda buyrak usti bezinning mag‘iz qavatida ishlab chiqariladigan 
katexolarninlarning 70-90%ini adrenalin tashkil qiladi. Simpatik nerv tolalarining 
oxirlarida ajraluvchi katexolarninlarning asosiy qismi nor adrenalindir. Bu gormon bosh 
miyaning turli qismlarida ham sintezlanadi va mediatro rolini bajaradi. 
Katexolarnin gormonlar, birinchidan, silliq va ko‘ndalang targ‘il muskullarning tonusi 
va qisqarishiga ta‘sir qiladi. Ikkinchidan, uglevodlar va yog‘lar almashinuvida ishtirok 
etadi. 
Adrenalin qonda glyukoza miqdorini oshiradi. Bu samara jigarda glikogen 
parchalanishining tezlashishi natijasidir. Noradrenalin qondagi glyukoza miqdoriga kam 
ta‘sir qiladi. Adrenalin eng kuchli kontrinsulyar (insulinga qarshi) gormon bbo`lib, 
qondagi glyukoza miqdorini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. 
Adrenalin va noradrenalin yog‘ to‘qimasida yog‘ning parchalanishini tezlashtirib, 
qonda erkin yog kislotalari miqdorini oshiradi. Yog‘ kislotalar energiya manbai sifatida 
sarflanadi. Adrenalin ta‘sirida katta yoshli odamning asosiy modda almashinuvi 30% 
chamasida, chaqaloqlarda esa 300%ga yaqin oshadi. Bu termogen samara noradrenalinda 
ham bor. 
Katexolarninlar yurak-qon tomir tizimiga kuchli ta‘sir qiladi. Noradrenalin bosh miya 
tomirlaridan tashqari hamma tomirlarning silliq muskul tolalarini qo‘zg‘atib, toraytiradi. 
Adrenalin ba‘zi qon tomirlarni, masalan, teri qon tomirlarini toraytirib, boshqa qon 
tomirlarni, xususan skelet muskullarining tomirlarini kengaytiradi. 
Adrenalin va noradrenalin organizmdan ajratilgan yurakka musbat xronotrop va 
inotrop ta‘sir ko‘rsatadi. Ammo yaxlit organizmda bu katexolarninlarning yurakka 
ko‘rsatadigan ta‘sirida farq bor. Organizmga kiritilgan noradrenalin yurak qisqarishlarini 
tezlashtirmay, aksincha, bradikardiya paydo qiladi. Bu adashgan nervning reflektor 
qo‘zg‘alishi natijasi bo`lsa kerak, chunki atropin yuborilganda, noradrenalin 
bradikardiyaga olib kelmaydi. 
Qonda noradrenalinning ko‘payishi sistolik va diastolik arterial qon bosimini oshiradi. 
Adrenalin ta‘sirida faqat sistolik bosim oshib, diastolik bosim o‘zgarmaydi, yoki 
aksincha, pasayadi. 
Noradrenalin va adrenalin nafas olishni chuqurlashtirib, bronxlarni kengaytiradi. 
Odatda, adrenalin va noradrenalin ovqat hazm qilish tizimi a‘zolarining silliq 
muskullarini bo‘shashtaradi, ammo boshqa a‘zolardagi silliq muskullarga (taloq qobig‘i, 
teridagi tuklarni ko‘taruvchi muskullar, qorachiqni kengaytiruvchi muskullarga) 
qo‘zg‘atuvchi ta‘sir ko‘rsatadi. 
Adrenalin MNT faoliyatini rag‘batlantiradi, uning ta‘sirida odamning diqqat-e‘tibori, 
aqliy qobiliyati oshadi. 
Tinch holatda buyrak usti bezidan adrenalin va noradrenalin ajralishi uncha ko‘p 
emas, faqat simpatik nerv tizimi qo‘zg‘alganda katexolarninlarning qondagi miqdori 
oshadi. Buni stress holatlarda yaqqol ko‘rish mumkin. 


110 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling