Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
AYOL JINSIY SIKLI
Qizlar balog‘atga yetgach, ovulyatsiya har 27-28 kunda takrorlanib turadi. To‘rt hafta davom etadigan bu jinsiy sikl 4 davrga bo`linadi: 1) ovulyatsiyadan oldingi davr: 2) ovulyatsiya; 3) ovulyatsiyadan keyingi davr; 4) tinchlik davri. Ovulyatsiyadan oldingi davrda bachadon kattalashadi va qonga toiadi, bachadon shilliq pardasi va bezlari o‘sadi, uning va Fallopiy naylari muskullarining peristaltikasi kuchayadi va tezlashadi. Qinning shilliq pardasi o‘sadi va undan ko‘chgan shilimshiqda epiteliy hujayralar soni ko‘payadi. Bu o‘zgarishlarning sababi gipofizdan follikullarni rag‘batlantiruvchi gormonning qonga ko‘proq o‘tishi va tuxumdonlarda estrogenlar ajralishining ortishidir. FSGning qonda ko‘payishi Graaf pufakchasi yetilishini ham ta‘minlaydi. Pufakchaning sirti yorilib, ichidan tuxum hujayra chiqadi, ya‘ni ovulyatsiya ro‘y beradi. Ovulyatsiya davrida tuxum hujayra Fallopiy nayiga kirib, bachadon tomon siljib boradi va naydan o‘ta turib, spermatozoid bilan uchrashsa, urug‘lanadi. Urug‘langan tuxum hujayra bachadonga yetib borgach, uning shilliq pardasiga yopishadi. Jinsiy sikl shu yerda uzilib, ayolning bo‘yida bo`ladi. Yorilgan Graaf pufakchasi o‘rnida sariq tana rivojlana boshlaydi. U progesteron gormoni ishlab chiqaradi. Tuxum hujayra urug‘lanmasa, keyingi ikki davrni kuzatish mumkin bo`ladi. Ovulyatsiyadan keyinga davrda ayollar hayz ko‘radi. Urug‘lanmagan tuxum hujayra bachadonga tushib, nobud bo`ladi. Sariq tanadan ajrala boshlagan progesteron gipofizdan gonadotrop gormonlar inkretsiyasini susaytiradi. Buning natijasida qonda estrogenlar miqdori kamayadi, bachadon, Fallopiy naylari va qinda ovulyatsiyadan oldingi davrda yuzaga chiqqan o‘zgarishlar kamayadi. Gipofizning lyuteinlashtiruvchi gormoni miqdori qonda progesteron ta‘sirida kamayadi. Bu esa sariq tananing atrofiyalanishiga sabab bo`ladi. Sariq tana o‘rni qo‘shuvchi to‘qima bilan almashinishi natijasida progesteron hosil bo`lishi to‘xtaydi. Sariq tana faollik ko‘rsatib turgan vaqtda qonda tuxumdon gormonlari miqdori kamayadi. Bu bachadonning tonik qisqarishlarini sezilarli kuchaytiradi va shilliq pardasi ko‘chishiga olib keladi. Shilliq parda parchalari qon bilan birga chiqadi. Hayz qoni ketib bo`lgach, bachadon shilliq pardasi tez orada tiklanadi. Ovulyatsiyadan keyingi davr tugagach, tinchlik davri keladi, undan so‘ng yangi siklning ovulyatsiyadan oldingi davri boshlanadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling