Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

FAOLIYATIGA 
GIPOFIZ 
GORMONLARI 
BEVOSITA 
TA’SIR 
QILMAYDIGAN ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI 
 
Ba‘zi bir endokrin bezlar faoliyatining boshqarilishida gipofiz gormonnlari bevosita 
ishtirok etmaydi. Me‘da osti bezining Langergans orolchalari, buyrak usti bezining 
mag‘iz qismi, epifiz, qalqonsimin bez yonidagi bezlar va boshqalar shular jumlasidan. 
Bunday 
bezlardan 
gormon 
ajralishi tezligi ko‘proq ular boshqaradigan 
ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga bog`liq. 
ME’DA OSTI BEZINING ENDOKRIN FAOLIYATI 
Me‘da osti bezining asosiy qismi ovqat hazmida ishtirok etuvchi shira ishlab 
chiqaradi. Bu ishni bajaruvchi ekzokrin to‘qima orasida maxsus endokrin hujayralar 
orolchalari – Langergans orolchalari joylashgan. Orolchalardagi β-hujayralar insulin, α- 
hujayralar glyukagon, delta-hujayralar somatostatin degan gormonlarni sintezlaydi. 
Gipotalarnik somatostatinning gipofizdan o‘sish gormoni ajralishini tormozlashini 
aytgan edik. Bundan tashqari, somatostatin insulin, glyukagon va gastrointestinal 
gormonlarning qonga o‘tishini tormozlaydi. MNT da u mediator rolini ham o‘ynaydi. 
Insulin va glyukagon organizmda uglevodlar almashinuvini boshqaruvchi asosiy 
gormonlardir. 


108 
Insulin molekulyar massasi 6000 ga yaqin bo`lgan oqsil. U bir-biriga parallel bo`lgan 
ikkita disulfid ko‘prikchalar yordamida bog‘langan ikki polipeptiddan iborat. 
Glyukagon molekulyar massasi 3500 bo`lgan polipeptiddir. 
Insulin qonda glyukoza miqdorini kamaytiruvchi yagona gormon. Glyukozaning 
qondagi miqdori taxminan 0,8-1,0 g/l (4,4-6,6 mmol/l) bo`ladi. Bu miqdorning muttasil 
va sezilarli darajada ko‘tarilishi qandli diabetda uchraydi va insulin yetishmovchiligining 
natijasi hisoblanadi. 
Glyukoza miqdori qonda 1,8 g/l dan oshsa, siydik bilan chiqa boshlaydi. Nefron 
kanalchalarida toiiq reabsorbsiyaga uchramagan glyukoza oxirgi siydik hajmi oshishiga 
sabab bo`ladi. 
Organizmga tashqaridan insulin kiritilsa, qondagi glyukoza miqdori kamayadi. 
Buning sababi: 1) insulin glyukozani skelet meskullari, yog‘ to‘qimasi va miokard 
hujayralariga o‘tishini yengillashtiradi va hujayralarda glyukoza almashinuvini 
tezlashtiradi; 2) insulin jigarda glikogen hosil bo`lishini stimullaydi; 3) insulin 
aminikislotalardan glyukoza sintezlanishini (glyukoneogenezni) sustlashtiradi. 
Insulin yog‘ almashinuviga ham ta‘sir qilib, qondan erkin yog‘ kislotalarini jigar va 
yog‘ to‘qimasiga o‘tishi, triglitserid shaklida jamg‘arilishini amalga oshiradi. 
Membranada joylashgan maxsus retseptor insulinning hujayra ichiga o‘tishini 
ta‘minlaydi. U oqsil tuzilma bo`lib, bir juft α va bir juft β qismlardan iborat. α –qismi 
membrananing tashqi tomonida bo`lib, insulinni taniyda va u bilan bog‘lanadi, β qismlar 
esa hujayra ichiga botgan, α –qism bikan bog‘langan insulinning hujayra ichiga o‘tishini 
ta‘minlaydi. Protoplazmada insulin-retseptor birikma parchalanadi, retseptor 
membranadan o‘z joyiga qaytadi. Insulin esa fermentlar faolligini oshirib, biologik ta‘sir 
ko‘rsatadi. Bu ta‘sir ko‘p qirrali: DNK, oqsil, yog‘ sintezini tezlashtirish, modda 
almashinuvining ko‘p jarayonlariga aralashishdan iborat. 
Insulin hujayralar bo`linishini tezlashtirish (mitogen) ta‘siriga ega. Uning bu ta‘siri 
jigarda o‘sish gormoniga bog‘liq bo`lgan somatomedin sintezi tezlashishi natijasi 
hisoblanadi. 
Glyukagon jigarda glikogenning glyukozaga parchalanishini tezlashtiradi. Shu bilan 
birga u glyukozani boshqa moddalardan (aminokislitalardan) sintezlanishini 
kuchaytiradi. Natijada qonda glyukoza miqdori oshib ketadi. Bu gormonning ham yog‘ 
almashinuviga ta‘siri bor. Glyukagon jigarda yog‘ kislotalarning oksidlanishini 
tezlashtiradi va ko‘p miqdorda ketonlar hosil bo`lishiga olib keladi. 
Insulin va glyukagonning qonga o‘tish tezligi qondagi glyukoza miqdoriga bog‘liq. 
Bu miqdorni me‘da osti bezidagi retseptorlar ―oichaydi‖ va olingan ma‘lumot asosida β-
hujayralarda insulin sintezi bevosita o‘zgartiriladi. 
Glyukagon sekretsiyasini boshqarishda ishtirok etadigan retseptorlar gipotalamusda 
bo`lib, ular qonda glyukoza miqdori kamayganini sezadi. Bu retseptorlar ta‘sirida 
gipotalamusdan trop gormon qonga ko‘plab o‘ta boshlaydi.. U o‘z navbatida glyukagon 
sekretsiyasini oshiradi. Natijada qonda glyukoza miqdori ortadi. Trop gormon rolinin 
o‘sish gormoni o‘ynaydi, degan taxmin bor. Langergans orolchalarining delta-
hujayralarida sintezlanadigan somatostatin glyukagonni qonga o'‘ishini kamaytiradi. 
Nerv tizimi me‘da osti bezi ichki sekretsiyasiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Adashgan 
nerv insulin sekretsiyasini kuchaytiradi, simpatik nerv esa uni tormozlaydi. 
Glyukagonning qondagi miqdori simpatik nerv tizimi ta]sirida ko‘payadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling