Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
XUSUSIY FIZIOLOGIYA ICHKI MUHIT SUYUQLIKLARI FIZIOLOGIYASI Yuqori darajada rivojlangan hayvonlarning hujayralari ular protoplazmasida va atrofidagi suyuqlikda harorat, bosim, vodorod ionlari miqdori, oziq moddalar, kislorod va boshqa moddalar miqdori nisbatan doimiy bo`lgandagina faollik ko‘rsatishi mumkin. Bu sharoitni yuzaga chiqishi qon, to‘qima suyuqligi, limfa va boshqa biologik suyuqliklarning doimiyligini ta‘minlovchi murakkab gomeostatik mexanizmlarga bog‘liq. Gomeostaz tushunchasi shakllanishida, gomeostatik mexanizmlarni tekshirishda Klod Bernar, Uolter Kennon, L.S.Shtern va boshqalarning xizmati katta. Ichki muhitning doimiyligini saqlab turishda juda ko‘p a‘zo va jarayonlar ishtirok etadi. Ulardan birinchi galda, teri, shilliq pardalar, buyraklar, o‘pka, jigar, taloqni aytib o‘tish mumkin. Asosiy ichki muhit suyuqliklari bo`lmish qon, to‘qima suyuqligi, limfa, endolimfa va perilimfa hamda boshqa biologik suyuqliklar (orqa miya, bo‘gin, plevra suyuqligi) tarkibida sezilarli tafovut bor. Organizmning ichki to‘siqlari ana shu tafovutni saqlab turadi. Bularga gistogematik, gematoensefalik va gematokoxlear to‘siqlar kiradi. Ichki muhit suyuqliklari ichida eng muhimi qon hisoblanadi. Boshqa suyuqliklar qondan hosil bo`ladi, qon va boshqa suyuqliklar o‘rtasida doimiy ravishda almashinuv sodir bo`lib turadi. QON TIZIMI Har qanday tizim bir nechta tarkibiy qismdan tashkil topgani kabi qon tizimiga ham quyidagilar kiradi: 1) qonning o‘zi; 2) qon yaratilishini ta‘minlaydigan tuzilmalar: 3) qonning yemirilishida ishtirok etuvchi a‘zolar: 4) qon hosil bo`lishi va yemirilishini boshqaruvchi mexanizmlar. Umurtqali hayvonlarda qon hujayralari asosan suyak ko‘migida hosil bo`ladi. Eritrotsitlarning yemirilishi, ulardagi temirdan qayta foydalanish va gemoglobin sintezi ham ko‘mikda sodir bo`ladi. Qarib qolgan eritrotsitlarning qondan ajratib olinishi va ularning qayta ishlanishi taloq faoliyatiga bog‘liq. Limfa tugunlarida oq qon tanachalari rivojlanib yetiladi. Bu jarayonda taloq va timus ham ishtirok etadi. Qon tizimi faoliyatini boshqarishda maxsus gumaral omillar – eritropoetinlar, leykopoetinlar va trombopoetinlar katta ahamiyatga ega. Nerv tizimi ham bu jarayonda ishtirok etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling