Muqaddima
BOSHQA TO’QIMALARNING GORMONLARI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
BOSHQA TO’QIMALARNING GORMONLARI
(FIZIOLOGIKFAOL AMINLAR VA PEPTIDLAR) Tanada keng tarqalgan apudotsitlar sintezlovchi peptid va aminlar orasida ko‘proq o‘rganilganlari s e r o t o n i n va g i s t a m i n d i r . S e r o t o n i n bosh miyaning ba‘zi qismlaridagi nerv oxirlarida ajraladigan modda. Uni ichakdagi enteroxromafin hujayralar ham sintezlaydi. Trombotsitlar tarkibida uchraydigan serotonin qon tomirlarni toraytirib, jarohatlangan tomirdan qon oqishi to‘xtashini tezlashtiradi. Bu moddaning xulq-atvor shakllanishiga daxli bor. Miya tuzilmalarida serotonin miqdorining kamayib ketishi depressiyaga olib keladi. G i s t a m i n . Gistidindan kelib chiqadigan gistamin allergik reaksiyalarni paydo qiladi. Uning ta‘sirida havo yo`llaridagi silliq muskullar qisqaradi, bronx va bronxiolalar 114 torayib, nafas olish qiyinlashadi. Teri qon tomirlarini kengaytiradi va kapillyarlar devorining o‘tkazuvchanligini oshiradi. Gistamin gipofiz va gipotalamusda ham uchraydi. Bu yerda u mediator vazifasini bajaradi. Uning ta‘sirida me‘da bezlari xlorid kislota ajratishni keskin tezlashtiradi. K i n i n l a r . 9-11 aminokislotalar qoldig‘idan tashkil topgan va tuzilishi bir-biriga yaqin peptidlar kininlarni tashkil qiladi. Ular umumiy o‘tmishdosh – kininogendan kelib chiqadi. Kininogenni kininga aylanishi uchun kallikrein fermenti zarur. Bu fermentni hazm bezlari, hususan so`lak bezlari ajratadi. Kallikrein qon plazmasining α 2 -globulini bo`lgan kininogenni parchalab, polipeptid kallidin hosil qiladi. Kallidin tezda bradikininga aylanish qobiliyatiga ega. Kallidin va bradikinin qon tomirlarni sezilarla darajada kengaytiradi va kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshiradi. Bu peptidlarni to‘qima kinazalari tez parchalaydi. Shu sababdan ularning ta‘siri bir necha daqiqa davom etadi xolos. Bradikinin issiq sharoitda teri tomirlarini kengaytirib, ter ajralishini ko‘paytirib, tana harorati barqarorligini saqlashda ham ishtirok etsa kerak. P r o s t a g l a n d i n l a r . Prostaglandinlar (PG) - turli jarayonlarga ta‘sir qiladigan moddalar. Ular hamma hujayralarning membranasida uchraydigan araxidon kislotadan sintezlanadi. Prostaglandinlar ilk bor urug suyuqligida topilgan, ammo ularni organizmdagi deyarli hamma hujayralar ishlab chiqarishi mumkin. Prostaglandinlarning bir nechta turlari tafovut qilinadi: PGA, PGE, PGG. Bulardan kelib chiqqan trombaksan va prostatsiklinlar ham fiziologik faollikka ega. Prostaglandinlar sog odamlarda va qon bosimi yuqori odamlarda tomirlarni kengaytirib, arterial qon bosimini pasayriradi. Bundan tashqari, ajralayotgan siydik hajmini va undagi natriy miqdorini ko‘paytiradi. Havo yo`llaridagi silliq muskullar ham prostaglandinlar ta‘sirida bo‘shashadi, bronxlar kengayadi. Ammo bachadon va me‘da-ichak tizimi a‘zolaridagi silliq muskullar bu moddalar ta‘sirida qisqaradi. Me‘da bezlari prostaglandinlar ta‘sirida shira tarkibida xlorid kislota ajratishni kamaytiradi. Buning natijasida me‘dada peptik yaralar paydo bo`lish havfi kamayadi. Prostaglandinlar ba‘zi bir endokrin bezlarda (buyrak usti bezlarining po‘stloq qavatida va qalqonsimon bezda) gormonlarning sintezlanishini tezlashtiradi. Prostaglandinlar qon ivishiga ham sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Prostatsiklin tomirlarni kengaytiradi va trombotsitlar agregatsiyasini (g‘uj bo`lib, bir-biriga yopishishini) tormozlaydi. Natijada jarohatlangan tomirlardan qon oqish vaqti ortadi. Tromboksan esa tomirlarni toraytirib, trombotsitlar agregatsiyasini tezlashtiradi, binobarin qon oqish vaqti kamayadi. Prostaglandinlar tana haroratini oshirish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ularning sintezini tormozlovchi moddalar, masalan, aspirin isitmani tushiradi. P substansiya, enkefalin va endorfinlar. Bu moddalar og'riqni sezish va hissiyotlar shakllanishida katta rol o'ynaydi. P substansiya og‘riqni kuchaytiradigan va o‘zgartiradigan modda. Tashqaridan organizmga kiritilgan P modda qon tomirlarni kengaytiradi. Qon tomirlardan boshqa barcha a‘zolardagi silliq muskullarning qisqarishiga olib keladi. Bulardan tashqari, so`lak, me‘daosti bezi shirasi va o‘t-safro ajralishini tezlashtiradi. Enkefalin va endorfinlar esa organizmning o‘zi sintezlaydigan narkotiklardir. Tashqaridan kiritilgan morfinga (ko‘knoridan olinadigan dori) o‘xshab, bu moddalar og‘riq sezgisini kamaytiradi. Bundan tashqari, bu endogen xolatlar qora dori yuzaga 115 keltiradigan hissiyot – kayf shakllanishini ta‘minlaydi. Ammo odam ularga o‘rganib qolmaydi. Sog‘lom organizmning og‘riqni sezmasligi og‘riqni paydo qiluvhi va og‘riqni yo‘qotib turuvchi tizimlarning muvozanatda bo`lishiga bog‘liq. Endorfinlar ishlab chiqarilishini ba‘zi ta‘sirlar, masalan, igna sanchish ko‘paytiradi. Buyraklarning yukstaglomerulyar apparatida sintezlanadigan eritropoetinni, timusning gumoral omillarini va boshqa moddalarni ham to‘qima gormonlariga qo‘shish mumkin. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling