Muqaddima


KALSIY VA FOSFOR MUVOZANATINA


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

KALSIY VA FOSFOR MUVOZANATINA 
TA’MINLOVCHI GORMONLAR 
Kalsiyning qondagi miqdori – gomeostatik ko‘rsatkichlar ichida doimiyligi so‘zsiz 
ta‘minlanishi zarur bo`lganlaridan biri. Kalsiy ionlari hujayra membranalarining 
o‘tkazuvchanligiga, ba‘zi fermentlar faolligiga, nerv va muskullar qo‘zg‘aluvchanligiga 
va boshqa ko‘plab jarayonlarga ta‘sir qiladi. Fosfor fosfatlar, fosfolipidlar, fermentlar, 
nuklein kislotalar tarkibiga kiradi. 
D vitamini bilan bir qatorda, kalsiy va fosfor muvozanatini saqlashda ikkita gormon – 
paratgormon va kalsitonin qatnashadi. Paratgormon qalqonsimon bez yonidagi bezlarda, 
kalsitonin esa qalqonsimin bezning maxsus C-hujayrasida sintezlanadi. 
Paratgormon molekulyar massasi 8500 ga teng oqsil. Kalsitonin ham oqsil, uning 
molekulyar massasi 3600 chamasida. 


111 
Paratgormon birinchidan, osteoklastlarning faaolligini oshirib, suyaklardan Ca
2+
va 
fosfor ajralib chiqishini tezlashtiradi. Ikkinchidan, u buyraklarda Ca
2+
reabsorbsiyasini 
kuchaytiradi. D vitaminning miqdori yetarli bo`lganda, paratgormon ichaklarda Ca
2+
so‘rilishini ham tezlashtiradi. Natijada qonda doimiy (0,1 g/l yoki 3 mmol/l) bo'‘gan 
kalsiy miqdori ko'‘ayadi (30-rasm). Fosforning qondagi miqdori paratgormon ta‘sirida 
uncha o‘zgarmaydi. 
Kalsitonin paratgormonning antagonisti bo`lib, qonda kalsiy miqdorini kamaytiradi. 
Bu suyaklardan kalsiy ajralishining susayishi natijasi hisoblanadi. 
Kalsitonin me‘daning pilorik qismida sintezlanadigan va me‘da sekretsiyasining juda 
kuchli stimulyatori bo`lmish gastrin gormonining qonga o‘tishini tormozlaydi. 
Paratgormon yetishmovchiligi qonda Ca
2+
miqdorini kamaytiradi. Bu ko‘rsatkich 0,08 
g/l ga tushsa, teteaniya ro‘y beradi. Skelet muskullarining qo‘zg‘aluvchanligi oshib, ular 
kuchsiz ta‘sirotga ham tonik qisqarish bilan javob beradi. Nafas muskullari kuchli tonik 
qisqarish holatiga o‘tadi va odam halok bo`lishi mumkin. 
Giperparatireozda kalsiyning qondagi miqdori ortadi. U 0,17 g/l dan oshsa, odamning 
yuragi to‘satdan to‘xtab qolishi mumkin. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling