Muqaddima
SUV VA TUZ ALMASHINUVINI BOSHQARISHDA
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
SUV VA TUZ ALMASHINUVINI BOSHQARISHDA
ISHTIROK ETADIGAN GORMONLAR Suv va tuz almashinuvini boshqaruvchi gormonlarni ikki guruhga bo`lish mumkin. Natriy, kaliy va vodorod ionlari miqdorini boshqaruvchi aldosteron, angiotenzin va renin bir guruhni tashkil qilsa, kalsiy va fosfatlar muvozanatini ta‘minlovchi paratgormon va kalsitonin ikkinchi guruhga kiradi. Aldosteron buyrak usti bezining po‘stloq qismida sintezlanadigan mineralokortikoid gormon. U hujayra membranalari orqali natriyning tashilishini tezlashtiradi. Aldosteron ta‘sirida buyrak kanalchalarida natriyning qayta so‘rilishi ortadi, kaliyning chiqarib tashlanishi ham ortadi. Bu gormon so`lak, ter, ichak shirasi tarkibida ajraladigan natriy miqdorini kamaytiradi. Qon va to‘qimalarda natriyning ko‘payishi osmotik bosimni ko‘taradi. Natijada organizmda suv to‘planib qoladi, qonning hajmi ko‘payadi, arterial qon bosimi ortadi. Aldosteronga qarama-qarshi ta‘sir ko‘rsatadigan gormon atrial natriyuretik peptiddir. Nomidan ko‘rinib turibdiki, bu modda yurak bo`lmachalarida sintezlanib, siydik tarkibida natriy ajralishini ko‘paytiradi. Natriyuretik peptid to‘qima gormonlarininh namoyondasidir. Mineralikortikoidlar yetishmovchiligida organizm natriyni yo‘qotishi natijasida halok bo`lishi mumkin. Buyrak usti bezi olib tashlangandan keyin hayvon organizmiga aldosteron va natriy kiritilmasa, u tez kunda halok bo`ladi. Mineralikortikoidlarning bezdan qonga o‘tishi organizmda natriy va kaliy miqdoriga bog‘liq. Natriy miqdorining oshishi mineralikortikoidlar chiqarilishini tormozlaydi, natriy oz bo`lsa, gormonning qondagi miqdori ko‘payadi. Kaliy ionlarining ta‘siri qarama-qarshi. Mineralikortikoidlar, xususn aldosteron sekretsiyasi renin-angiotenzin orqali boshqariladi. Renin nefronlarning afferent tomirlari devorida uchraydigan yukstaglomerulyar hujayralarda sintezlanadi. U qon plazmasidagi peptid angiotenzin I ga ta‘sir qilib, undan angiotenzin II hosil qiladi. Angiotenzin II aldosteron sekretsiyasini tezlashtiradigan eng kuchli moddadir. Renin-angiotenzin tizimi faolligining kuchayishi qonda aldosteron miqdorini oshiradi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling