Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

AYRISIMON BEZ (TIMUS) 
 


112 
Ayrisimon bez immun tizimning markaziy a‘zosi bo`lib, endokrin faoliyat ham 
ko‘rsatadi. Bu bez to‘qimasidan ta‘siri va ajratilishida farq bo`lgan talay peptid va oqsil 
tabiatli fiziologik faol moddalar olingan. Ular qatoriga limfotsitlarni rag‘batlantiruvchi 
gormon, timozin, timin, timotoksin va boshqalar kiradi. Bu moddalar immunitetning turli 
omillariga, limfopoezga, impulsning nerv-muskul sinapsida o‘tkazilishiga ta‘sir qiladi. 
Ammo ular chin gormon hisoblanmaydi. 
Timusning fiziologik faol moddalari va tiroksin, jinsiy gormonlar, AKTG lar o‘rtasida 
qarama-qarshi munosabatlar bor. O‘sish gormoniga esa bu moddalar ko‘makdosh. 
Mavjud ma‘lumotlar ayrisimon bbezni immun tizimi va ichki sekretsiya bezlari 
faoliyatini monandlashtirib turuvchi a‘zo, deyishga asos bo`ladi. 
TO’QIMA GORMONLARI 
 
Hozir to‘qima va a‘zolarda 50 xilga yaqin gormonni sintezlash qobiliyatiga ega 
hujayralar topilgan. Bu hujayralarning ko‘p qismi hazm tizimi a‘zolarida, o‘pka, buyrak, 
yurak va boshqa endokrin tizimga kirmaydigan a‘zolarda uchraydi. Gormon sintezlovchi 
hujayralarni maxsus immunogistokimyoviy usullar yordamida aniqlash mumkin. 
Bu hujayralarning modda almashinuvi o‘ziga xos bo`lib, biogen aminlarning 
o‘tmishdoshlarini karboksilsizlantirish va ularning qoldig‘idan peptid gormonlarni 
sintezlash qobiliyatiga ega. Bu hujayralar APUD-tizimni hosil qiladi. 
Apudotsitlar sintezlaydigan gormonlar juda ko‘p. Ular serotonin va melatonin
katexolarninlar va gistamin, gastrin, sekretin, motilin va boshqa moddalarni ishlab 
chiqaradi. 
Demak, gormonlar faqat maxsus endokrin bezlarda emas, balki organizmdagi to‘qima 
va a‘zolarda ham sintezlanishi mumkin. Bu borada hazm tizimining faolligi yuqori. 
Undagi apudotsitlar 20 turdagi gormon ishlab chiqaradi. Bu gormonlar birinchi galda 
hazm a‘zolari faoliyatini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, hazm 
tizimi gormonlari umumiy modda almashinuvini nazorat qilishda ishtirok etadi. Bu 
gormonlarning ahamiyati katta. Ularni asosan ingichka ichak shilliq pardasidagi 
hujayralar sintezlaydi. Shu tufayli ularni maxsus bir guruhga – enterin tizmi gormonlari 
guruhiga birlashtiradilar. Ularni yana gastrointestinal gormonlar, deb ham atashadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling