Muqaddima
QONNING ASOSIY VAZIFALARI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
QONNING ASOSIY VAZIFALARI
Qon suyuq to‘qima bo`lib, plazma va shaklli elementlardan tashkil topgan. U tomirlar doirasida uzluksiz harakat qilganidan organizmda asosan tashuvchi vazifasini bajaradi. Tashiladigan moddalarning tabiati va ahamiyatiga qarab, qonning quyidagi vazifalari tafovut qilinadi: 1) nafas oldirish; 2) ovqatlantirish; 3) ekskretor; 4) boshqaruv; 5) kreator boshqarishlarni ta‘minlash; 6) gomeostatik; 7) haroratni boshqarish; 8) himoya. Nafas oldirish faoliyati. Bu faoliyat o‘pkadan to‘qimalarga kislorod yetkazib berish va ularda hosil bo`lgan karbonat angidridni o‘pkaga olib borishdan iborat. Kislorod tashilishini eritrotsitlardagi gemoglobin bajaradi. Karbonat angidridning tashilishida ham eritrotsitlar katta ahamiyatga ega. Ovqatlantirish faoliyati. Qonning ovqatlantirish faoliyati oziq moddalarni hazm tizimi a‘zolaridan to‘qimalarga yetkazib berishdan iborat. Iste‘mol qilingan ovqat tarkibidagi murakkab polimer moddalar me‘da va ingichka ichakda fermentlar ta‘sirida parchalanib, so‘rilishi mumkin bo`lgan sodda monomer moddalarga aylanadi. Glyukoza, fruktoza, galaktoza, aminokislotalar, tuzlar va suvda eruvchi boshqa moddalar qonga so‘riladi. Yog‘lar esa asosan limfaga so‘rilib, uning tarkibida qonga quyiladi. Uglevodlar asosan energiya manbai bo`lib xizmat qiladi. Ularning oz qismi jigar va muskullarda glikogenga aylanib, uncha katta bo`lmagan zahira hosil qiladi. Hujayralar aminokislotalarning ko‘p qismini oqsil sinteziga sarflaydi. Yog‘ kislotalaridan glitserin ishtirokida neytral yog‘lar sintezlanib, yog‘ to‘qimasida zahira holida to‘planadi. Kerak bo`lganda glikogendan glyukoza, yog‘ to‘qimasidan neytral yog‘ qonga o‘tadi va energiya manbai sifatida sarflanadi. Ekskretor faoliyat. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan qoldiq moddalarni, tasodifan yoki ma‘lum maqsad bilan organizmga kiritilgan moddalarni chiqarib tashlashda ishtirok etish qonninh ekskretor faoliyatini tashkil qiladi. Ortiqcha ichilgan suv, iste‘mol qilingan tuz va oziq moddalarni chiqarib tashlashni ta‘minlash ham ekskretor faoliyatning bir qismi. Qon chiqarib tashlanishi zarur bo`lgan moddalarni ajratuv a‘zolariga yetkazib beradi. Boshqaruv faoliyati. Ma‘lumki, organizmdagi hamma a‘zo va to‘qimalar qonga fiziologik faol moddalar ajratadi. Qon bu moddalarno organizm bo‘ylab tashir ekan, gumoral boshqarilishni amalga oshiradi, a‘zolarni o‘zaro bog‘laydi, organizmni bir butun qilib, muhit o‘zgarishlariga moslashtiradi. Kreator faoliyat. Qonning bu faoliyatini boshqaruv faoliyatining bir qismi deyish mumkin. Bu faoliyat qon plazmasi va shaklli elementlarning axborotga ega makromolekulalarni tashishda ishtirok etishidan iborat. Bu makromolekulalar tegishli joyga yetkazilgandan keyin oqsil sintezi, hujayralarning bo`linishi va boshqa jarayonlarga ta‘sir ko‘rsatadi. Gomeostatik faoliyat. Qon suyuqliklar pH i, osmotik bosimi, elektrolit tarkibbi, organik moddalar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlarning barqarorligini saqlab turadi va hokazo. Bu masalalar keyin batafsil ko‘riladi. Haroratni boshqarishdagi ishtiroki. Hujayra, to‘qimalar faoliyati natijasida uzluksiz ravishda issiqlik hosil bo`lib turadi. Bu issiqlikning ko‘p qismi ichki yirik a‘zolarga 117 (jigar, chuqur joylashgan muskullar, yurak) to‘g‘ri keladi. U bevosita tashqi muhitga ajralmaydi. Bu a‘zolarning tomirlaridan o‘tayotgan qon ma‘lum darajada isiydi va issiqlikni organizm bo‘ylab tarqatadi. Qon harorati sezilarli darajada oshsa, gipotalamusdagi termoretseptorlar qo‘zg‘alb, haroratni boshqarib turadigan mexanizmlar faolligi oshadi. Natijada teri qon tomirlari kengayadi, ter ajralishi kuchayadi, issiqlikni yo'‘otish tezlashadi. Himoya faoliyati. Bu faoliyatning yuzaga chiqishida qonning turli tarkibiy qismlari istirok etadi. Himoya faoliyati eng avvalo yuqumli kasalliklarni paydo qiladigan mikroblarning yemirilishini ta‘minlashda (hujayra immuniteti) va ana shu mikroblarga hamda ularning zaharlariga qarshi antitelolar ishlab chiqarishdan (gumoral immunitet) iborat. Qonning ivishi ham himoya reaksiya hisoblanadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling