Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

JINSIY BEZLAR 
Jinsiy bezlarning gormonal faolligi ham adenogipofizga bog‘liq. Bu bezlarda 
gormonlardan tashqari, jinsiy hujayralar – spermatozoidlar va tuhum hujayralar hosil 
bo`ladi. Jinsiy gormonlarni uch guruhga bo`lish mumkin: 1) estrogenlar; 2) gestogenlar; 
3) androgenlar. Birinchi va ikkinchi guruh gormonlari ayollar jinsiy gormonlari, deb 
ataladi. Bular ichida eng muhimi estradiol, estron va progesteron. Uchinchi guruh 
gormonlar erkaklar jinsiy gormonlari bo`lib, ulardan eng muhimi testosteron. 
Jinsiy gormonlar homila jinsini aniqlaydi, jinsiy a‘zolar va ikkilarnchi jinsiy belgilar 
rivojlanishini ta‘minlaydi. Bu gormonlar ta‘sirida organizm va jinsiy a‘zolar rivojlanib, 
jinsiy aloqa qilish va bola ko‘rish darajasiga yetadi. 
Bundan tashqari, jinsiy gormonlarning ekstragenital samarasi (jinsiy a‘zolardan 
tashqari boshqa faoliyatlarga ta‘sir qilish qobiliyati) ham bor. 
JINSIY GORMONLARNING HOMILA JINSI
SHAKLLANISHIDAGI ROLI 
 
Odam embrioni taxminan 3 oyli bo`lganda moyaklar testosteronni sintezlay 
boshlaydi. Uning ta‘sirida jinsiy a‘zolar erkaklarga xos shaklga kiradi. Bu davrda ishlab 
chiqariladigan testosteron gipotalamusning erkakcha tipda rivojlanishi va balog‘atga 
yetgandaan keyin jinsiy xatti-harakatlarning erkaklarga xos bo`lishi uchun ham zarur. 
Erkak embrionning jinsi aniqlangandan so‘ng moyaklarda gormon ishlab chiqarilishi 
to‘xtayda. 
Ayol jinsli embrionning tuxumdonlari gormonlar ishlab chiqarmaydi. Ularning 
gormonal faoliyati qiz bolaning balog‘atga yetish davrida boshlanadi. 
BALOG’ATGA YETISHDA JINSIY GORMONLARNING ROLI 
 
O‘g‘il va qiz bolaning jinsiy bezlari ma‘lum vaqt davomida gormnolar ishlab 
chiqarmaydi. Bu davrda jinsiy hujayralarni vujudga keltiradigan tuzilmalar hali 
yetilmagan bo`lib, faoliyat ko‘rsatmaydi. Bu davrda bolalar o‘rtasidagi jinsiy tafovut 
(gavda tuzilishi, tabiati) buyrak usti bezlarining jinsiy gormonlariga bog‘liq. 
O‘smirlik boshlanishi bilan o‘g‘il bolalarning moyaklarida gormonlar sintezlanishi 
qayta tiklanadi, qiz bolaning tuxumdonlari ilk bor faolli ko‘rsata boshlaydi. Natijada 
o‘g‘il bolaning qonida testosteron miqdori, qiz bolalarda esa estrogenlar miqdori osha 
boradi. 
Testosteron moyaklarda urug‘ hosil qiluvchi naychalarning tez rivojlanishi va 
epiteliyida spermatsitlar hamda spermatozoidlar hosil bo`lishini ta‘minlaydi. 
Estrogenlar esa follikullarning o‘sib, rivojlanishi va ulardan Graaf pufakchalari hosil 
bo`lishi uchun zarur. 
O‘spirinlik davri o‘g‘il va qiz bolalarning tashqi qiyofasi o‘zgarishi, shuningdek 
ikkilarnchi jinsiy belgilarning tez rivojlanishi bilan ta‘riflanadi. Yigitlarning tanasi va 
jinsiy a‘zolarining rivojlanishi jinsiy aloqa qilish, urug‘ otish (eyakulyatsiya), 
urug‘lantira olish darajasiga yetadi. 


106 
Qizlarda estrogenlarning qondagi miqdori ayollarning jinsiy sikliga yaqin 
muddatlarda siklik ravishda o‘zgara boshlaydi. Bu gormonlar qonda va siydikda 
ko‘payar ekan, yaxshi yetilgan Graaf pufakchasidan biri yorilib, undan tuxum hujayra 
chiqadi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qiz birinchi marta hayz ko‘radi. Keyingi bir 
necha oy mobaynida jinsiy sikl muntazam takrorlanadigan va ko‘pincha tuxum hujayra 
paydo bo`lishi (ovulyatsiya) bilan o‘tadigan bo`ladi. Bu qizning balog‘atga yetganidan 
dalolat beradi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling