Muqaddima


GIPOTALARNO-GIPOFIZAR TIZIM


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

GIPOTALARNO-GIPOFIZAR TIZIM 
Gipofizning glandotrop gormonlarini va o'sish gormonini qonga o'tishini 
gipotalamusning gipofizotrop sohasi boshqaradi. 
Bu sohadagi kichik neyrosekretor hujayralar gipofizning oldingi bo'lagidan 
(adenogipofizdan) gormonlarning sintezlanishi va qonga o'tishini tezlashtiradigan 
rilizing-gormonlarni (liberinlarni) va bu jarayonlarni tormozlaydigan ingibitor omillarni 
(statinlarni) ishlab chiqaradi. Liberin va statinlarni adenogipofizga qon yetkazadi. Yuqori 
gipofizar arteriya gipotalamusning gipofizotrop sohasida mayda kapillyarlarga bo'linib, 
neyrosekretor hujayralar atrofida mayda to'r hosil qiladi (29-rasm). Bu kapillyarlar 
to'ridan qon oqib o'tayotganda gipofizotrop gormonlar unga o'tadi. Kapillyarlar yig'ilib, 
gipofizning portal tomirlarini hosil qiladi. Portal tomirlardagi qon adenogipofiz 
hujayralariga liberin va statinlarni olib keladi. 
Adenogipofiz faoliyatini boshqarishda ishtirok etadigan oltita rilizing-gormon va 
uchta statin ma'lum (5-jadval). Bu gormonlarning nomi qonga o'tishni boshqrib turadigan 
gipofizar gormonga bog'liq. Masalan, gipofizdan tireotrop gormonning qonga o'tishini 
tezlashtiradigan gormon tireotropin-rilizing-gormon yoki tireoliberin deyiladi. 
Gipofizotrop gormonlarning qonga o'tib, gipofizga yetib kelishi chetdagi endokrin 
bezlar gormonlarining qondagi miqdoriga bog'liq. Masalan, qonda kortizon miqdori 
ortsa, gipotalamusdan adrenokortikotrop gormonning rilizing omili qonga oz miqdorda 
o'ta boshlaydi. Natijada gipofizdan AKTG ning qonga o'tishi kamayadi. Bu o'z 
navbatida, kortizonning buyrak usti bezidan qonga o'tishini sekinlashtiradi. Natijada 
kortizonning qondagi miqdori me'yoriga tushadi. Boshqa gipofizotrop gormonlar 
inkretsiyasi ham shu xilda boshqariladi. 
Periferik bezlar, gipofiz va gipotalamus ishtirokida yuzaga chiqadigan qaytar aloqa 
tamoyilida boshqarilish gipotalamus miyaning yuqori qismlaridan ajratilganidan keyin 
ham sezilarli buzilmaydi. Ammo tabiiy sharoitda markaziy nerv tizimi bu boshqarilishni 
organizmning o'zgarib turuvchi ichki va tashqi ehtiyojlariga moslashtiradi. Masalan, 
stress holatlarda buyrak usti bezi qonga ko'p miqdorda kortizon cchiqara boshlaydi. Bu 
miya po'slog'i va limbik tizimdan kelgan impulslar ta'sirida medial gipotalamusdagi 
neyronlar faolligining oshishi, AKTG-rilizing-gormonning qonga ko'proq o'tib, buyrak 
usti bezini rag'batlantirishi natijasi hisoblanadi. 
Umuman gipotalamus ikki turdagi nerv va gumoral boshqarilishlarni tutashtiradigan 
soha. Uning oldingi va preoptik qismlaridagi neyronlar bir tomondan endokrin hujayra 
sifatida gormonlarni sintezlaydi. Ikkinchi tomondan, bu neyronlarning aksonlari 
miyaning ko'p qismlariga borib yetadi. O'z navbatida, gipotalamusning neyrosekretor 
hujayralarida miyaning boshqa sohalaridagi neyronlarning afferent tolalari tugaydi. 
5-jadval 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling