Muqaddima


GIPOFIZNING GLANDOTROP GORMONLARI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

GIPOFIZNING GLANDOTROP GORMONLARI 
Bu guruh gormonlarini gonadotrop gormonlar (GG) follikulni rag‘batlantiruvchi 
(FSG) va lyuteinlovchi gormonlar (LG), tireotrop gormon (TTG) va adrenokortikotrop 
gormon (AKTG) tashkil qiladi. 
GONADOTROP GORMONLAR 
Gonadotrop gormonlar ayollar va urg‘ochi hayvonlarda follikulning rivojlanishi va 
yetilishini, ovulyatsiyani (Graaf pufakchasi yorilib, undan tuxum hujayra chiqishini), 
sariq tana rivojlanishini va faoliyatini ta‘minlaydi. Erkaklarda urug‘don naychalari 
rivojlanishi va spermatotsitlar yetilishi, spermatozoidlar paydo bo`lishi uchun 
gonadotrop gormonlar zarur. Bu gormonlar jinsiy bezlarda ayollar jinsiy gormonlari 
estradiol‘ estron va progesteron va erkaklar jinsiy gormoni testosteron ishlab 
chiqarilishini boshqarib turadi. 
Voyaga etmagan hayvonlarning gipofizi olib tashlansa, jinsiy bbezlar rivojlanishdan 
to‘xtaydi. Yosh hayvonlarga gonadotrop gormonlar yuborilsa, voyaga yetish tezlashadi. 
Axtalangan (jinsiy bezlari olib tashlangan) hayvonlarda gonadotrop gormonlar samara 
bermaydi. 


99 
Voyaga yetgan hayvonlarning gipofizi olib tashlansa, jinsiy bezlar atrofiyaga 
uchraydi. Follikullarni rag‘batlantiruvchi va lyuteinlovchi gormonlarning jinsiy farqi 
yo‘q. 
TIREOTROP GORMON 
TTG gonadotrop gormonlar bilan bir qatorda glikoproteid gormonlarga kiradi. Bu 
gormon qalqonsimon bezning o‘sishini tezlashtiradi, bezda tireoid gormonlarning hosil 
bo`lishini va qonga o‘tishini boshqaradi. TTG plazmada 1-2 mkg/l miqdorida bo`lib, 
gamma-globulin bilan bog‘langan. 
ADRENOKORTIKOTROP GORMON 
AKTG buyrak usti bezi po‘stloq qismining tutamli va to‘rli zo‘nasining o‘sishi va bu 
yerda gormonlar sintezi uchun zarur. AKTG uncha katta bo`lmagan, 39 aminokislotadan 
tuzilgan polipeptid. Gormonning turga xosligi yo‘q. AKTG buyrak usti bezidan tashqari, 
boshqa a‘zolarga ham sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Qonda gormonning miqdori oshsa, 
terining pigmentlanishi kuchayadi. Bundan tashqari, AKTG yog‘ning yog‘zahiralaridan 
qonga o‘tishini tezlashtiradi, jigarda kortizolning parchalanishiga ta‘sir qiladi. 
Adenogipofizning gormonlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar 4-jadvalda mujassamlangan 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling