Muqaddima


ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI FIZIOLOGIYASI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI FIZIOLOGIYASI 
 
Endokrin bezlar nerv tizimi bilan bir qatorda organizm faoliyatini boshqarishda juda 
katta ahamiyatga ega. Endokrin tizimga o'zaro mustaqil bo'lgan uchta bo'lakdan iborat 
gipofiz, jinsiy bezlar, buyrak usti bezining po'stloq va mag'iz qismlari, me'da osti 
bezining Langergans orolchalaridagi hujayralar, qalqonsimon bez va qalqonsimon bez 
oldi bezlari, epifiz, hazm a'zolari shilliq pardasidagi inkretor hujayralar kiradi. Endokrin 
tizim maxsus moddalar – gormonlar yordamida ta'sir qiladi. Gormon ishlab chiqaruvchi 
endokrin bezlarning chiqaruv yo'llari yo'q. Sintezlangan moddalar to'g'ridan-to'g'ri qonga 
o'tadi. 
Gormonlarning o'ziga xos bir nechta xususiyatlari bor. 
1. Har bir gormon muayyan ixtisoslashgan bezda ishlab chiqariladi. 
2. Har bir gormon muayyan a'zo va faoliyatlarga ta'sir etib, ularda o'ziga xos o'zgarishlar 
paydo qiladi. 
3. Gormonlar yuqori biologik faollikka ega (1 g adrenalin 10 mln ajratib olingan baqa 
yuragining ishini tezlashtira oladi). 
4. Gormon ishlab chiqaradigan bez bilan u ta'sir qiladigan nishon a'zo orasida odatda 
ma'lum masofa bo'ladi (distant ta'sir). 
5. Gormonlar hujayra membranalaridan o'tish qobiliyatiga ega. 


95 
6. Gormonlar nisbatan tez parchalanadi. Yarim parchalanish davri bir necha sekunddan 
(peptid goormonlar) bir necha kunni (yodtironinlar) tashkil qiladi. 
7. Ko'pchilik gormonlarning turga oid spetsifik xossalari yo'q. 
8. Gormonlar faqat hujayralarda yoki ularning faol tuzilmalarida ro'y beruvchi 
jarayonlarga ta'sir etadi. 
Kimyoviy tuzilishiga ko'ra gormonlarni bir necha guruhga bo'lish mumkin. Bular: 
aminlar, yodtironinlar, kichik peptidlar, oqsillar, glikoproteinlar va steroidlar. Amin 
gormonlar guruhini dofamin, noradrenalin, adrenalin va melatonin tashkil qiladi. 
Yodtironinlar tiroksin (T
4
) va triyodtironindan (T
3
) iborat. Peptid gormonnlar guruhiga 
antidiuretik gormon (ADG), oksitotsin, melanotsitlarni rag'batlantiruvchi gormon 
(MSG), tireotropin-rilizing gormon (TRG), gonadotropin-rilizing gormon (GnRG), 
somatostatin (SRIF), kortikotropin-rilizing gormon (KRG), somatokrinin (STG-RF), 
angiotenzin kiradi. 
Gormonlar guruhlari orasida oqsil gormonlar eng kattasidir. Uni quyidagi gormonlar 
tashkil qiladi: insulin, glyukagon, o'sish gormoni, platsentar laktogen, prolaktin, 
paratgormon, enkefalin, kalsitonin, adrenokortikotrop gormon, sekretin, xoletsistokinin, 
gastrin, me'daning ingibirlovchi peptidi. Glyukoproteid gormonlarga follikullarni 
rag'batlantiruvchi, lyuteinlovchi, qalqonsimon bezni rag'batlantiruvchi gormonlar va 
xorionik gonadotropin kiradi. Glyukokortikoidlar, estrogenlar, testosteron, progesteron, 
aldosteron steroid goormonlardir.
Vazifasiga ko'ra gormonlarni uch turga bo'lish mumkin: 
I. 
Nishon-a'zolarga bevosita ta'sir qiluvchi gormonlar (effektor-gormonlar). 
II. 
Effektor gormonlarning sintezi va ajralishini boshqaradigan gormonlar 
(glandotrop gormonlar). 
III. 
Gipotalamusning nerv hujayralarida sintezlanuvchi va glandotrop gormonlarning 
ajralishini boshqaruvchi rilizing-gormonlar va ingibitor-gormonlar. Shu 
gormonlar tufayli endokrin tizim markaziy nerv tizimi bilan bog'lanadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling