Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
PROLAKTIN
98 Prolaktin ham oqsil gormon, u 198 aminokislota qoldiqlaridan iborat. Erkaklar va ayollar qonida gormon miqdori 2-15 mkg/l atrofida bo`lib, homilador ayollarda 300 mkg/l ga yetadi. Prolaktin odamda sut bezlari o‘sishini va sut ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Uning ta‘sirida sut oqsillari va boshqa tarkibiy qismlarining sintezlanishi tezlashadi. Kalamushlarda u lyuteotrop (sariq tana faolligini saqlash) ta‘sir ham ko‘rsatadi. Balog‘atga yetmagan , yosh urg‘ocha hayvonlarga prolaktin yuborilsa, ularda onalik instinkti paydo bo`ladi. Prolaktin sekretsiyasini gipotalarnik markazlar reflektor yoi bilan kuchaytiradi. Refleks bola sut emgan vaqtda sut bezi so‘rg‘ichlaridagi retseptorlar qo‘zg‘alishi natijasida ro‘yobga chiqadi. Sut sog‘ish ham qonda gormon miqdorini oshiradi. Prolaktin suv-tuz va yog‘ almashinuviga ham ta‘sir qiladi, terining yangilanishi va undagi yog‘ bezlari faoliyatini tezlashtiradi. Gormonning qonga o‘tishi reflektor yoi bilan jadallashsa, gipotalamusning ingibitorlovchi omili (dofamin bo`lsa kerak) bu jarayonni sustlashtiradi. Melanotsitlarni stimullovchi gormon. MSG ham gipofizning effektor gormonlariga kiradi. U ikki shaklda alfa-MSG va beta-MSG uchraydi.Birinchisi 13 aminokislota, ikkinchisi 22 aminokislota qoldig‘idan iborat polipeptid. Kimyoviy va funksional xossalariga ko‘ra, MSG AKTG ga yaqin. AKTG parchalanishi natijasida MSG hosil bo`lsa kerak degan taxmin bor. MSG pigment effektini vujudga keltiradi: uning ta‘sirida odam terisi va hayvonlar terisi hamda juni qorayadi. Jun rangining fasliy o‘zgarishi hayvonlar ucchun himoya ahamiyatiga ega. MSG ta‘sirida melanotsitlarda melanin miqdori oshadi, uning zarrachalari hujayra protoplazmasida keng tarqaladi. MSG teridagi yog‘ bezlarini stimullaydi. U homilada bachadon o‘sishini tezlashtiradi. MSG ajralishi reflektor yoi bilan boshqariladi. Bu ko‘z to‘r pardasiga yorug‘lik tushishiga bog‘liq. Bundan tashqari, gipotalamusning ingibitor va rilizing omillari ham MSG ajralishini boshqarishda ishtirok etadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling