Muqaddima


GORMONLARNING TA'SIR KO'RSATISH MEXANIZMLARI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

GORMONLARNING TA'SIR KO'RSATISH MEXANIZMLARI 
Gormonlarning ta'siri nishon-a'zo hujayralaridagi ba'zi fermentlarning katalitik 
faolligini kuchaytirish yoki susaytirish bilan ro'yobga chiqadi. Bu, bbirinchodan, 
hujayralardagi fermentlarni faollash (yoki ingibirlash) natijasi bo'lishi mumkin. Ushbu 
jarayonda siklik adenozinmonofosfat (sAMF), kalsiy ionlari va fosfatidilinozitol (FI) 
metabolitlari ishtirok etadi. Ikkinchidan, gormonlar hujayralarda fermentlar sintezini 
tezlashtirib, ularda fermentlar miqdorini oshirish yo'li bilan ta'sir o'tkazadi. 
Umuman, gormonlar uchta juda muhim vazifani bajaradi: 
I. 
Organizmning jismoniy, jinsiy va ruhiy rivojlanishini va ko'payishini ta'minlaydi. 
II. 
Organizm va uning faoliy tizimlarini doim o'zgarib turuvchi shroitlarga 
moslashishini ta'minlaydi. 
III. 
Ba'zi fiziologik ko'rsatkichlarning (qonda glyukoza, kalsiy, fosfor va boshqa 
moddalar miqdorinin) barqarorligini saqlaydi (gomeostatik faoliyat). 
GIPOFIZNING ICHKI SEKRETSIYASI 
Gipofiz oldingi, oraliq va orqa bo'laklardan tuzilgan murakkab ichki sekretsiya 
bezidir. Uning oldingi bo'lagi (adenogipofiz) asosiy yoki xromofob hujayralardan 


96 
(hamma hujayralarning 55-60%) va xromofil (40-45%) hujayralardan iborat. Xromofil 
hujayralarning aksariyati atsidofil, oz qismi esa bazofil bo'ladi. Gormonlar xromofil 
hujayralarda sintezlanadi. Bazofil hujayralar adrenokortikotrop, tireotrop, gonadotrop 
(follikullarni stimullovchi va lyuteinlovchi) gormonlar ishlab chiqaradi. Atsidofil 
hujayralar o'sish gormoni (somatotropin) va prolaktin ishlab chiqaradi. Gipofizning 
oldingi bo'lagi ishlb chiqaradigan gormonlar oqsil va glikoproteinlardir. Bu gormonlar 
ikki guruhga bo'linadi: 
1. Glandotrop gormonlar: follikullarni stimullovchi, lyuteinlovchi, tireotrop , 
adrenokortikotrop gormon. 
2. Effektor gormonlar: o'sish gormoni, prolaktin, melanotsitlarni stimullovchi gormon 
(MSG). Melanotsitlarni stimullovchi gormon ko'pchilik hayvonlarda gipofizning 
yaxshi rivpjlangan oraliq bo'lagidan ajraladi. Odam gipofizida bu bbo'lak geyarli 
yo'qolib ketgan. Shuning uchun MSG oldingi bo'lak gormonlari bilan qo'shib 
ko'riladi. 
O'SISH GORMONI 
Bu gormon adenogipofizning effektor gormonlariga kiradi. O'sish gormonining 
boshqa gormonlardan farqi uning turga oid spetsifikligida. Masalann, qoramol 
gipofizidan ajratib olingan gormonni o'sishdan qolgan odam bolasini davolashda qo'llab 
bo'lmaydi. Odamning o'sish gormoni 191 aminokislota qoldig'idan iborat bo'lib, 
organizmda tez parchalanadi. 
O'sish gormonining asosiy ta'siri suyaklarning bo'yiga o'sishini ta'minlashdir. Bu 
gormon ta'sirida a'zo va to'qimalarda oqsil sintezi tezlashadi, ammo buning uchun yetarli 
miqdorda insulin, oqsil va uglevodlar kerak. Iste'mol qilinadigan ovqatda oqsil va 
energiya miqdori oz bo'lsa, bolaning qonida o'sish gormoni ko'p bo'lganiga qaramasdan, 
uning o'sishi, sekinlashadi. Chunki oqsil yetishmovchiligi natijasida jigarda 
somatomedin nomli peptidning sintezlanishi kamayib ketadi. Bu peptid sulfat kislota 
angidridining tog'ay to'qimasiga o'tishini, DNK, RNK va oqsil sintezlanishini 
tezlashtirish yo'li bilan yosh organizmning o'sishini ta'minlaydi. 
O'sish gormonining modda almashinuviga bevosita ta'siri hujayralar membranasidan 
aminokislotalar tashilishini tezlashtirish va lipolizni kuchaytirishdan iborat. O'sish 
gormoni qonda glyukoza miqdorini oshiradi, glyukozaning boshqa moddalardan 
sintezlanishini tezlashtiradi (kontinsulyar ta'sir). 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling