Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

GIPOFIZNING ORQA BO`LAGI 
Bezning bu bo`lagini gliya hujayralariga o‘xshagan pituitsitlardan iborat bo`lgani va 
MNTning gipotalamus qismi bilan funksional va morfologik bog‘liqligi uchun 
neyrogipofiz deydilar. Neyrogipofizdan ikkita oktapeptid – antidiuretik gormon (ADG) 
va oksitotsin olingan. 
ADG siydik hosil bo`lishini sustlashtiradi. Gormon yetishmasa, qandsiz diabet paydo 
bo`ladi. Bu distal burama kanalchalarda va yig‘uvchi naylarda suv reabsorbsiyasi (qayta 
so‘rilishi)ning natijasidir. 
ADG qon tomirlarning silliq muskullarini qisqartirish qobiliyatiga ham ega. Uning bu 
xususiyati organizm qon yo‘qotib, tomirlarda bosim pasayib ketganda yaqqol ko‘rinadi. 
Bu sharoitda ADG ta‘sirida arterial tomirlar sezilarli darajada torayadi va bosim keskin 
pasayib ketmaydi. 
ADG jigar hujayralarida glikogenning parchalanishini va boshqa moddalardan 
glyukoza hosil bo`lishini tezlashtiradi. Demak, uning kontrinsulyar ta‘siri ham bor. 
Oksitotsin odam va hayvonlarda bachadonning ritmik qisqarishini yuzaga keltiradi. 
Quyonlarda oksitotsin yetishmovchiligi tug‘ruqning buzilishiga olib keladi. Ayollarda 
oksitotsinning qondagi miqdori kamayib ketsa ham tug‘ruq jarayoni yaxshi o‘tishi 
mumkin. Tug‘ruq vaqtida bachadonning cho‘zilishi oksitotsinni qonga o‘tishiga sabab 
bo`ladi. Bu gormonning asosiy ta‘siri sut bezlari yo`llaridagi mioepitelial hujayralarni 
qisqartirib, sut chiqishini ta‘minlashdan iborat. 
ADG 
va oksitotsinning o‘tmishdoshlari gipotalamusning supraoptik va 
paraventrikulyar yadrolarini tashkil qiluvchi nerv hujayralarida sintezlanadi. Molekulasi 
ancha katta bo`lgan polipeptid neyrofizin bilan bog‘liq bo`lgan holda ADG va 
oksitotsinning o‘tmishdoshlari neyrosekretor hujayralar aksonlari orqali 3 mm/24 soat 
tezlikda gipofizga oqib tushadi. Bu neyrosekretor donachalarda tashuvchi oqsil 
neyrofizindan gormonlarni parchalab ajratadigan fermennt ham bor. Osmoretseptorlar 


100 
qo‘zg‘alganda ADGnning qonga o‘tishi tezlashadi. Oksitotsin va ADG inkretsiyasiga 
ogriq, harorat o‘zgarishi va
4-jadval 
Adenogipofiz ajratadigan gormonlar 
Gormon 
va 
uni 
ajratadigan gipofiz 
bo`lagi 
Kimyoviy 
tuzilishi 
Ta‘siri o‘tadigan 
tuzilma 
Samarasi 
Oldingi bo`lak 
1. 
Adrenokortikotrop 
gormon (AKTG) 
Polipeptid 
Buyrak 
usti 
bezining po‘stloq 
qismi 
Kortikosteroid 
gormonlar 
sintezini 
kuchaytirish 
2. Prolaktin (PRL) 
Oddiy oqsil 
Sut 
bezlari 
va 
sariq tana 
Sut 
ajralaishini 
kuchaytirish, sariq 
tana rivojlanishini 
ta‘minlash 
3. O‘sish gormoni 
(STG) 
Oddiy oqsil 
Suyaklar, 
muskullar, 
yog‘ 
to‘qimasi 
Tananing 
o‘sishini 
ta‘minlash 
4. Tireotrop gormon 
(TTG) 
Glikoprotein 
Qalqonsimon bez 
follikullarini 
qoplovchi epiteliy 
Tireoid gormonlar 
sintezini 
kuchaytirish 
5. 
Follikullarni 
rag‘batlantiruvchi 
gormon (FSG) 
Glikoprotein 
Tuxumdon 
follikullari, urug‘ 
kanalchalari 
Jinsiy hujayralar 
rivojlanishi 
va 
yetilishini 
ta‘minlash, jinsiy 
gormonlar 
ikkretsiyasini 
boshqarish 
6. 
Lyuteinlovchi 
gormon (LG) 
Glikoprotein 
Sariq tana, jinsiy 
bezlar 
Sariq 
tana 
rivojlanishini 
va 
faoliyatini 
boshqarish 
Oraliq bo`lak 
1. 
Melanotsitlarni 
rag‘batlantiruvchi 
gormon (MSG) 
Polipeptid 
Melanotsitlar 
Terini qoraytirish 
boshqa stressor holatlar ham ta‘sir qiladi. Bu sharoitlarda neyrosekretor hujayralarning 
faoliyatini sezgi a‘zolariga bog‘liq bo`lgan miya markazlaridan kelgan efferent impulslar 
o‘zgartiradi. 
Gipotalamusda ADG va oksitotsin ishlab chiqaruvchi yirik neyrosekretor 
hujayralardan tashqari, gipofizdan gormonlar chiqishini rag‘batlantiruvchi va 
ingibirlovchi omillarni sintezlovchi mayda nerv hujayralari bor. Gipotalamusning shu 
hujayralardan iborat qismi gipofizotrop soha deb ataladi. Bu soha nerv va endokrin 
tizimlarni bog‘lab turishi tufayli juda muhim hisoblanadi. 


101 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling