Muqaddima


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
pdf

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I BOB. ASOSIY TUSHUNCHALAR 
1.1. Foydali qazilmalarni boyitishning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati 
Foydali qazilmalarni boyitish qattiq foydali qazilmalarni boyitma, ya’ni sifati 
dastlabki ruda sifatidan yuqori, xalq xo‘jaligida keyingi ishlatish uchun 
qo‘yiladigan talablarga javob beruvchi mahsulot olish maqsadida qayta ishlovchi 
sanoat tarmogi hisoblanadi. 
Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi qimmatbaho 
(foydali) 
komponent, 
qo‘shimchalar, 
yo‘ldosh 
elementlarning 
miqdori, 
shuningdek, mahsulotning yirikligi va namligi bilan aniqlanadi.
Qimmatbaxo komponent deb shu qimmatbaxo komponentni ajratib olish 
uchun foydali qazilma qazib olinayotgan element yoki tabiiy birikmaga aytiladi. 
Masalan, mis, qo‘rq’oshin, temir, asbest misli, q’o‘rq’oshinli, temirli va asbestli 
rudalarda tegishli ravishda qimmatbaxo komponentlar hisoblanadi. Qo‘shimchalar 
foydali va zararl bo‘lishi mumkin.
Foydali qo‘shimcha deb foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda 
mavjud bo‘luvchi, qimmatbaho komponentga ilashib uning sifatini yaxshilovchi va 
ajralishini osonlashtiruvchi element yoki tabiiy birikmalarga aytiladi. 
Zararli qo‘shimchalar deb foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan 
miqdorda mavjud bo‘luvchi, qimmatbaxo komponentga ilashib uning sifatiga 
salbiy ta’sir etuvchi va ajralishini qiyinlashtiruvchi elementlar yoki tabiiy 
birikmalarga aytiladi.
Yo‘ldosh elementlar deb foydali qazilma tarkibida uncha katta bo‘lmagan 
miqdorda uchraydigan, foydali qazilma tarkibidan ajratish uni er qa’ridan asosiy 
qimmatbaxo komponent bilan birga qazib olinayotganligi uchungina iqtisodiy 
jixatdan maqsadga muvofik bo‘lgan qimmatbaxo komponentlarga aytiladi. 
Masalan, polimetal rudalardagi nodir metallar, temirli rudalardagi boshqa rangli 
metallar, misli rudalardagi molibden va h.k. lar yo‘ldosh elementlarga kiradi. 
Boyitishda yo‘ldosh elementlar yo alohida mahsulotlarga, yoki asosiy qimmatbaho 
komponent bilan birga ajratilishi mumkin. 



Foydali qazilmaning va boyitish mahsulotlarining sifati ularda qimmatbaho 
komponentning miqdori qancha ko‘p va zararli qo‘shimchalarning miqdori qancha 
kam bo‘lsa shuncha yuqori bo‘ladi. Mahsulotning sifati qancha yaxshi bo‘lsa, u 
shuncha boy bo‘ladi, chunki ko‘p miqdorda qimmatbaxo komponent saqlaydi. 
Shuning uchun dastlabki rudaga nisbatan boyroq mahsulot – boyitma olish 
maqsadida foydali qazilmani qayta ishlash jarayonlari foydali qazilmalarni boyitish 
deyiladi.
Ba’zan, mahsulotda foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati 
bo‘laklarning yirikligiga boq’liq. 
Foydali qazilma tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning miqdori ularga 
qo‘yiladigan talablardagidan past bo‘lmagan hollardagina ular to‘q’ridan-to‘q’ri 
metallurgik yoki kimyoviy qayta ishlashga tushadi. Foydali qazilmalarning 
ko‘pchiligi tabiiy holda bu shartlarga javob bermaydi. Foydali qazilmalarni qayta 
ishlash tsikliga boyitish operatsiyalarining kiritish qazib olinayotgan foydali 
qazilma tarkibidan boy mahsulot – boyitmani ajratishga va xom - ashyoni yuqori 
iqtisodiy samara bilan ishlatishga imkon beradi. Bu holda quyidagi afzalliklarga
erishish mumkin:
• foydali qazilmalarning sanoat zaxiralari ortadi, chunki kambaq’al rudalarni xam 
qazib olish imkoniyati tuq’iladi; ishlab chiqarish unumdorligi ortadi va qazib olish 
sistemasi soddalashadi, ya’ni foydali qazilmani qazib olish ishlari arzonlashadi, 
chunki rudani tanlab emas yaxlit holda qazib olish, kon ishlari to‘liqroq 
mexanizatsiyalashga erishish mumkin bo‘ladi; 
• foydali qazilmani metallurgik va kimyoviy qayta ishlash arzonlashadi, ishlab 
chiqarish unumdorligi ortadi, chunki bu korxonalarga tushayotgan mahsulot 
tarkibidagi qimmatbaxo komponentning miqdori ortishi bilan yonilq’i, flyuslar, 
koks, elektrenergiya, kimyoviy reaktivlar va h.k. lar sarfi kamayadi, metallurgik 
pechlar va kimyoviy apparatlarning ishlab chiqarish unumdorligi ortadi, oxirgi 
mahsulotning sifati yaxshilanadi, qimmatbaxo komponentning chiqindi tarkibida 
yo‘qolishi kamayadi;



• foydali qazilma kompleks ravishda ishlatiladi, chunki boyitish ulardagi barcha 
qimmatbaxo komponentlarni ham ajratishga imkon beradi; 
• transport xarajatlari kamayadi, chunki ko‘pchilik boyitish fabrikalari konga yaqin 
joyga quriladi va uzoq masofalarga qazib olingan rudaning butun xajmi emas
balki faqat boyitma tashiladi. 
Konditsiyalar - bu kontsentrat sifatiga qo‘yiladigan talab (ularni berilgan 
foydali qazilmaning xususiyatlari va boyitish imkoniyatlarini hisobga olgan holda 
belgilanishidir).
Boyitish texnikasining zamonaviy xolatida erishish mumkin bo‘lmagan 
konditsiyalarni o‘rnatish mumkin emas. Qimmatbaho komponent miqdorining quyi 
chegarasiga, hamda zararli qo‘shimchalar miqdorining yuqori chegarasiga, 
shuningdek boyitmaning yirikligi va namligiga ham konditsiyalar belgilanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling