Muqimiy toshkent «MA’naviyat» 2009


Gar eshitmas bo‘lsa bog‘larda fig‘on-u nolasin


Download 361.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/52
Sana01.11.2023
Hajmi361.85 Kb.
#1738240
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Bog'liq
httpwww.ferlibrary.uzfmuqimiy saylanma.pdf

Gar eshitmas bo‘lsa bog‘larda fig‘on-u nolasin,
Gul yuzin ko‘rsatmasun, bulbul navo ham qilmasun.
Dardim ishqida kuni-kundin fuzunroq bilmasa,
Bir musulmonni o‘zig‘a mubtalo ham qilmasun.
Yig‘lamoqdin xiyra bo‘ldi ko‘z, demish faryodkim, 
Ko‘zga boskan izlarimni to‘tiyo ham qilmasun.
Quchmasam nozik belidin bir yo‘l oxir muncha ham, 
Qomatimni g‘am yuki birla duto ham qilmasun.
Gar kafi poyig‘a qo‘ymoqg‘a munosib ko‘rmasa, 
Yig‘latib ko‘z yoshimi rangi xino ham qilmasun.
Yakka bir oqshom kelib vaslini gar ko‘rsatmasa, 
Rang-u ro‘yimni bu yanglig‘ kahrabo ham qilmasun.
Kelmasa ko‘ngul so‘rab gohe, Muqim, ag‘yorsiz, 
Bo‘yla awal ishq o‘tin dillarg‘a jo ham qilmasun.
35


AYRILMASUN
Hech kim mendek ilohi yoridan ayrilmasun, 
Mehribon, munis o‘shal dildoridin ayrilmasun.
Xonumonlami berib barbod, yetmay vaslig‘a, 
Bo‘lubon ma’yus yo‘q-u boridin ayrilmasun.
Hajr osebi xazonida bo‘lib sho‘ridahol,
Andalebe men kabi gulzoridin ayrilmasun.
Qosido, ko‘nglum qushi band erdi, ayg‘il zinhor, 
Ishqilibkim zulfi anbarboridin ayrilmasun.
Do‘stlar, ko‘rsatmasun hargiz judolik dardini, 
Dushmaning ham bo‘lsa o‘z g‘amxoridin ayrilmasun.
Bandaye, yorab, Muqimiydek bo‘lib хог-u kasod, 
Sud-u savdodin qolib, bozoridin ayrilmasun.
36


0 ‘XSHAMAS
Ey munawar, orazingga mohi tobon o‘xshamas, 
Mardumiga ko‘zlaring Mirrix-u Choipon o‘xshamas.
Yuzlaring ko‘rgach safosin xoki xijlatlar bilan,
Oynag‘a sayqal berib o‘zig‘a hayron o‘xshamas.
Rost bilsang shulki, jono, to bo‘lubman oshno, 

Download 361.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling