Muqimiy toshkent «MA’naviyat» 2009


Doimo beparda so‘z xalq ichra aytur beibo


Download 361.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/52
Sana01.11.2023
Hajmi361.85 Kb.
#1738240
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
Bog'liq
httpwww.ferlibrary.uzfmuqimiy saylanma.pdf

Doimo beparda so‘z xalq ichra aytur beibo, 
Bo‘lmagay deb qo‘rqaman nogoh sangsor avliyo.
Toza ilkini yuvib, yeydur halol anglab gumon, 
Uchrasa har yerdakim makruh-u murdor avliyo.
Gar muqaUid bo‘lsa po‘stun birla toqat qilmasang, 
Muz qiziqliklar, yog‘ar taqlididin qor avliyo.
(Gavdasidin) yo‘q bo‘lak og‘irligi dunyoda hech, 
Oxirat sori safar qilsa sabukbor avliyo...
Filhaqiqat, bo‘lma g‘aflatdin badandesha, Muqim, 
Baski, shuhrat topti rasvolikda bisyor avliyo.
80


YUMORLAR
TA’RIFI PECH
Sovuq qayda ekan oromi jon pech, 
Degaykim ba’zi nodonlar: yomon pech.
Eshikdin qaltirab kelsang isitgay,
Ki mushfiq volidangdin mehribon pech.
Sovuq dushman bo‘lib ursa shaboxun, 
Qilurg‘a daf i ul sohibqiron pech.
Zimiston faslida qursang uyingga,
Huzuri dil, chu bog‘-u bo‘ston pech.
Chu tortib kelsa lashkar qor-u boron,
0 ‘zi tanho qochurg‘ay qahramon pech.
Kelur na sandali to‘g‘ri, na gulxan, 
Chiqorg‘onin, Muqim, etkay omon pech.
6 — M u q im iy
81


AROBA
Bozor chiqmay endi zinhor, aroba qursin,
То kelganingcha aylar bezor, aroba qursin.
Nogoh kayfi uchkay kelsa agar taraqlab,
Ichgan giyohi bo‘lsa ko‘knor, aroba qursin.
Keng ko‘chalami qilg‘ay o‘lguncha besaranjom, 
Qilmay o‘shal hunar deb najjor, aroba qursin.
Yuklangan ersa g‘alla, yursin omonki ma’zur, 
Eski so‘log‘i chiqqan, bekor aroba qursin.
Qishloq betamizi bir igna olsa qo‘shib,
Tang rastasiga kirgay attor, aroba qursin.

Download 361.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling