Muqimiy toshkent «MA’naviyat» 2009


Olding ko‘ngulni bir-ikki so‘zlab


Download 361.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/52
Sana01.11.2023
Hajmi361.85 Kb.
#1738240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
Bog'liq
httpwww.ferlibrary.uzfmuqimiy saylanma.pdf

Olding ko‘ngulni bir-ikki so‘zlab, 
Devona bo‘ldim, to‘ti maqolim.
Наг dam kuyarman yodimg‘a tushsang, 
Bir ko‘rmaguncha yo‘qdur majolim.
Necha zamondur, ko‘zdin nihondur, 
Oshiq Muqimiy, ey xasta jolim.
14


AQL-U HUSH
Aql-u hush uchdi boshimdin ey pari, devonaman, 
Bir iloje qil, el ichra bo‘lmayin afsona man.
Dard-u so‘z-u ashk-u ohimni qiyos et sham’din, 
Shomdin to subhidam hajringda o‘rtab yonaman.
U1 zamonekim, yiroq vaslingdin o‘ldim, to bu dam 
Наг kecha yodingda ming yo‘l uyqudin uyg‘onaman.
Lahzaye zahri g‘aming yutmoqqa toqat qolmadi, 
N o‘sh etib vasling mayidin ham qachon bir qonaman.
Xoma mujgon, ko‘z qarosidin yozib rozi dilim, 
Arzaye qildim, eshit, ma’yus-u mushtoqonaman.
Ohkim, sensiz qaror-u sabr-u oromim ketib,
Bir ilon chaqqan kishidek har taraf to‘lg‘onaman.
Navbati jomim to‘la quyg‘il karamdin, soqiyo,
Наг qadamda to qilay yuz lag‘zishi mastonaman.
Mulki Hind-u Marvdin kelsam topardim e’tibor,
Shul erur aybim, Muqimiy, mardumi Farg‘onaman.
15


0 ‘ZGANI YOR ETMAYIN
Ahd qildim emdi sandin o‘zgani yor etmayin,
Har guli ra’noga mundog‘ o‘zni ko‘p хог etmayin.
Bora-bora mayli ag‘yor aylading, ketding, netay, 
Rashk o‘tig‘a o‘rtanib, ko‘zlami xunbor etmayin.
Dardsizlar bilmas erdilar, xush erdim, ohkim, 
Bo‘lmas erkan ishq sirrin elga izhor etmayin.
Erta-kech vaslingga shod aylardin ortuq demading, 
Intizor aylab yo‘limda muncha ham zor etmayin.
Lablaringdin zohir et, jono, tabassum oshkor,

Download 361.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling