bo'lish mumkin:
Oqim gidroelektr stantsiyalari: ushbu gidroelektrostansiyalar atrof-muhit sharoitiga va turbinalarning mavjud oqimiga qarab daryolardan suv yig'adi. Suv zonalari orasidagi tengsizlik unchalik katta emas va ular doimiy oqimni talab qiladigan markazlardir.
Zaxira suv omborlari bo'lgan gidroelektrostantsiyalar: Ushbu gidroelektrostantsiyalar ma'lum darajada suv omboridan "yuqoriga" suv omboridan foydalanadilar. Daryo oqimidan qat'i nazar, suv ombori yil davomida elektr energiyasini ishlab chiqaradigan turbinalardan suv miqdorini ajratib turadi. Ushbu turdagi zavod eng ko'p energiya ishlatishi mumkin va kVt soat odatda arzonroq.
Gidroelektrik nasos stantsiyalari: Ushbu gidroelektrostansiyalarda suvning har xil sathiga ega bo'lgan ikkita suv ombori mavjud bo'lib, ular qo'shimcha energiya zarur bo'lganda foydalaniladi. Yuqori suv omboridan suv turbinadan pastki suv omboriga o'tadi va keyin energiya talab kam bo'lgan kun davomida suv quyib yuqori suv omboriga qaytadi.
Hozirgi kundagi O’zbekistondagi GESlarning rivojlanish istiqbollari.
Elektr energetika sohasi O’zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar jarayonini ushbu jabhadagi o’zgarishlar misolida ham ko’rish mumkin.
O`zbekiston energetikasining oldida turgan asosiy dolzarb masalardan biri bu- elektr uzatish liniyalarini o`tkazish qiyin bo`lgan xududlarni elektrlashtirishda mini va mikro gidroelektr stansiyalarni qurish, ularning kaskad tizimlarini yaratish natijasida kichik daryo va soylarning energetik resurslaridan unumli foydalanishdan iborat. Shuningdek, tog` daryolari va soylarining tabiiy suv oqimi tezligidan foydalangan holda elektr energiya hosil qilish uchun kichik quvvatli mini va mikro gidroelektr stansiyalar qurish ekologik vaziyatni yaxshilash bilan birga tog`li va tog` oldi xududlarni arzon elektr energiya bilan ta‟minlash imkonini beradi.
Mikro gidro elektrstansiyalar to`g`onsiz va bosimli turlarga bo`linadi. To`g`onsiz mikro GES larda daryo, anxor, soy va kanallarning tabiy suv oqimi tezliklaridan foydalaniladi. Bu mikro GES lar yilning barcha fasllarida ham elektr energiya olish imkonini beradi. Konstruktiv jihatdan generator vertikal o`rnatiladi va uning balandligi 0,25 – 2,5 m bo`lishi mumkin. To`g`onsiz mikro GES larning quvvati kurakchalari yuzasiga hamda suv oqimi tezligi kuchiga proporsionaldir.
Bosimli mikro GES lar – ishonchli, ekologik toza, ihcham va arzon elektr energiya manbaidir. Bu mikro GES lar energoblok, suv yig`uvchi qurilma va avtomatik rostlash qurilmalaridan iborat bo`ladi. Hozirda ishlab chiqarlayotgan bunday mikro GES larning quvvati bir necha kVt dan yuz kVt dan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |