Muqobil energiya manbalari texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari


Avtomatik chastotali yuk tushirish (ACHT)


Download 2 Mb.
bet12/15
Sana19.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1361897
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs Loyihasi gidroelektrstansiya

Avtomatik chastotali yuk tushirish (ACHT)


Energo tizim ish rejimining ajralib turadigan xususiyati shundan iboratki, har doim energiya manbasining quvvati RP yuklama va isrof yig’indisiga teng bo’ladi:
RP=RNG+RPOT
Bu yerda RNG – yuklama quvvati;
RPOT – quvvat isrofi.
Yuklamani o„zgarishi ishlab chiqarilayotgan quvvatning o’zgarishini talab qiladi, aks holda tizimdagi chastota o’zgaradi, chunki quvvat balansi (muvozanati) chastota fN bo’lganda ta’minlanadi. Elektr stansiyalarda generatorlar shikastlanish natijasida o’chirilganda yoki energotizim har qanday sabab bilan alohida qismlarga bo’linganda, oxirgilarda ishlab chiqarilayotgan aktiv quvvat yetishmovchiligi (tanqisligi) paydo bo’lishi mumkin, shu sababli tokning chastotasi tushib ketishi mumkin. Tokning chastotasi tushishi bilan birga kuchlanish shuning past qiymatga ega bo„lishi mumkin. Bunda ko’plab elektr motorlar sekinlasha boshlaydi va ularning yuklama toklari oshadi, buning natijasida tizimdagi kuchlanish ko’proq pasayadi. Natijada parallel ishlayotgan generatorlar sinxronizmdan chiqadi va o’chiriladi. Iste’molchilarning ta’minoti uziladi.
Quvvat tanqisligi paydo bo’lganda avval tizimda mavjud bo’lgan: turbina tezligini rostlagichi yordamida avtomatik yuklovchi zaxira ishlatiladi birinchi navbatda bug’ turboagregatlari to’la quvvatgacha yuklanadi. Agar chastota ma’lum qiymatdan tushib ketsa, unda gidroelektr stansiyalarning zaxiradagi agregatlari avtomatik ravishda ishga tushiriladi. Ularning ishga tushirish vaqti 30 . . . 50 sek.dan oshmaydi.
Chastotani ma’lum minimal qiymatgacha tezda tiklash uchun tizimdagi zaxirani ishlatishdan tashqari iste’molchilarning bir qismi o’chirish yo’li bilan tizim yuksizlantiriladi. Bunda energo tizimning yukini tushurish avtomatik chastotali yuk tushurish (ACHT) qurulmasi deb ataladigan maxsus qurulma yordamida amalga oshiriladi.
ACHT qurulmasi TN kuchlanish transformatoriga ulanadi.
ACHT ning ish ustavkasi 48-45 Gs oraliqda bo’lgan bir nechta chastota relelari RCH1 va RCH4dan tashkil topgan.
Ajratgich R orqali taqsimlovchi uskuna TU shinasiga ulangan o’chirgichlar V navbat bilan iste’molchilarni o’chiradi. Buning uchun ma’lum ustavkili chastota relesi oraliq relelar RP2 va RP3 yordamida ta’minlovchi liniyalar sonini kamaytiradi. Ularning soni energotizim dispetcherlik xizmati tomondan beriladi.

АVR (avto.vod.rez) avtomatik qayta ulash


Havo elektr uzatish liniyalarida aksariyat qisqa tutashuvlar momaqaldiroqli razryad, qushlar simlarning har xil fazalarni tutashtirishi, simlarning o’ralashib ketishi va boshqalar natijasida sodir bo’ladi. Tajribasi ko’rsatadiki, havo tarmoqlarida Shunga o’xshash tutashuvlarning aksariyat qismi qisqa vaqtli harakterga ega, chunki shikastlangan qism o’chirilgandan so’ng tutashuv joyidagi izolyatsiya ko’p holda tiklanadi va liniya yana ishga ulanishi mumkin.
Ko’p hollarda qisqa tutashuvlar transformator podstansiyalarida izolyatsiyalarni yoki yuqori kuchlanish saqlagichlarining izolyatsiyalarining tutashib qolishi natijasida sodir bo’ladi va u ham qisqa vaqtli xususiyatga ega. Qisqa tutashuvdan so’ng ular odatda ta’mirlanmay, saqlagichsiz yana ishga tushirilishi mumkin.
Liniyani qayta ulash uchun maxsus qurilma qo’llaniladi, u yordamida o’chirilgan liniya avtomatik ravishda yana ishga tushiriladi. Bu qurilma avtomatik qayta ulash qurilmasi (AQU) deb ataladi. Bir tarafdan ta’minlanadigan liniyalarda AQUni samarasi yuqori, AQU ning har bir muvaffaqiyatli harakati iste’molchilar ta’minotining uzilishini oldini oladi. Respublikamiz energetika tizimida bir karra, hamda ko’p karra harakatlanuvchi uch fazali va bir fazali AQU qurilmalari qo’llaniladi.
Bir karrali deb liniyani faqat bir marta ulaydigan AQU ga aytiladi, agar liniya yana himoya orqali o’chirilsa, unda AQU qurilmasi harakatdan to’xtaydi va ikkinchi marta ishlamaydi. Bir fazali deb, faqat bitta o’chirilgan fazani qayta ulaydigan AQU ga aytiladi.
AQU qurilmasi elektr relelar yordamida elektrli prinsipda yoki o„chirgich yuritmasiga mos ravishda mexanik prinsipda bajariladi.
Elektrli AQU elektr magnitli va pnevmatik yuritma bilan ta’minlangan o’chirgichlarda ishlatiladi. Mexanik AQU qo’l bilan yoki avtomatik boshqariladigan yuritma (yukli, prujinali) bilan ta’minlangan o’chirgichlarda ishlatiladi.



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling