Murakkab efirlar, ularning tuzilishi, eterifikasiya usulida olinishi, kimyoviy xossalari, yog’lar murakkab efirlarning vakili sifatida, ularning tabiatdagi o’rni, kimyoviy qayta ishlanishi. Efirlar, oddiy efirlar


Download 123.18 Kb.
bet1/6
Sana28.10.2023
Hajmi123.18 Kb.
#1728985
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Murakkab efirlar, ularning tuzilishi, eterifikasiya usulida olin


Aim.uz

MURAKKAB EFIRLAR, ULARNING TUZILISHI, ETERIFIKASIYA USULIDA OLINISHI, KIMYOVIY XOSSALARI, YOG’LAR MURAKKAB EFIRLARNING VAKILI SIFATIDA, ULARNING TABIATDAGI O’RNI, KIMYOVIY QAYTA ISHLANISHI.


Efirlar, oddiy efirlar
Ikki molekula spirtdan bir molekula suv ajralishi natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarga efir deyiladi.
Efirlarning umumiy formulasi R – O – R|, efirlar molekulasidagi radikal R| ning xususiyatiga qarab uch hilga bo’linadi :

  1. Agar ikkala radikal ham (R va R|) uglevodorod radikallaridan (alifatik radikallar) tuzilgan bo’lsa oddiy efirlar deyiladi.

2Agar R| - anorganik kislotalar qoldig’I : - NO2- – nitrat, NO – nitrit, SO3H – sulfat, PO3H2 – fosfat kislota qoldig’I va boshqalar bo’lsa, anorganik kislotalarning murakkab efirlari deyiladi.

  1. Agar R| - organik kislotalar qoldig’I bo’lsa, organik kislotalarning murakkab efirlari deyiladi.

Oddiy efirlar : uglevodorod radikallari o’zaro bir – biri bilan kislorod atomi orqali bog’langan organik birikmalarga oddiy efirlar deyiladi.
Odiy efirlarni H – O – H suvdagi ikkita vodorod atomlariga bir xil yoki har xil alifatik radikallarning almashinishidan hosil bo’lgan maxsulotlar deb qarash mumkin.
Agar radikallar bir xil bo’lsa , oddiy efirlarni umumiy formulasi R-O-R, agar har xil bo’lsa R –O –R| boladi.
Masalan : CH3 – O –CH3 – dimetil efir, CH3 – O – C2H5 metil etil efir deyiladi.
Oddiy efirlarni nomlashda harakterli qo’shimcha bo’lmaydi.
Oddiy efirlarning nomlari uni hosil qiladigan radikallarning nomlardan tuziladi. Bunda birinchi bo’lib oddiy radikal nomlanadi.
Masalan :

Agar oddiy efirlardan har ikkala radikal ham bir xil bo’lsa, “di” old qo’shimchasini qo’shish shart emas :

oddiy efirlar bir xil sondagi uglerod atomlari bo’lgan bir atomli spirtlar bilan izomer bo’ladi :

Olinishi : oddiy efirlar tabiatda uchramaydi. Ular faqat sun’iy usulda olinadi. Oddiy efirlarni olishni eng qulay usullaridan spirtlarni konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida digidratatsiyalab olinadi :

Galogen alkillarga alkogolyatlarni ta’sir ettirib olinadi :

Galogen alkillarga kumush oksidi ta’sir ettirib ham oddiy efir olinadi :
2C2H5Cl +Ag2O →C2H5 –O –C2H5 + 2AgCl↓


Download 123.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling