Murakkab efirlarni tabiatda uchrashi va olinishi :
Murakkab efirlar tabiatda keng tarqalgan va hayot uchun muhim ro’l o’ynaydilar.
Murakkab efirlar o’simlik va hayvonlar organizmida, ayniqsa yog’lar, mumlar tarkibida uchraydi.
Kislotalarga suvni tortib oluvchi moddalar ishtirokida spirtlarni ta’sir ettirib olinadi :
Bu usul bilan murakkab efrilar olish muhim usul hisoblanadi va bu reaksiyaga eterifikasiya reaksiyasi geyiladi.
Eterifikasiya reaksiyasi qaytar reaksiya bo’lib, uning tezligi kislota va spirtning tuzilishiga bog’liq.
Bir xil kislotani birlamchi spirtlar bilan eterifikasiya reaksiyasi tezligi, ikkilamchi spirtlar bilan boradigan reaksiya tezligidan bir necha marta yuqoridir.
Bir xil spirt va kislotalarning eterifikasiya reaksiyasi tezligi quydagichadir :
R – CH2 – COOH >R2CH – COOH >R3C -COOH
Spirtlar mineral kislota (HNO3, H2SO4…) bilan ham eterifikasiya reaksiyasiga kirishib murakkab efirlar hosil qiladi :
Ikki atomli spirt etilenglikol va uchlamchi spirt gliserinlarning nitrat kislota bilan hosil qilgan murakkab efirlari
dinitroetilenglikol hamda trinitrogliserinlar
katta amaliy ahamiyatga ega.
Trinitrogliserin moysimon og’ir suyuqlik bo’lib, zichligi 1,596 g/sm3, suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. nitrogliserin kuchli portlovchi, portlaganda parchalanadi va katta hajmli gazlar hosil bo’ladi.
8C3H5(ONO2)3 12N2 + 24CO2 +2O2 + 20H2O
Tenglamadan ko’rinib turibdiki 8 mol nitrogleserin parchalanganda (portlaganda) ≈1075 l gazlar hosil bo’ladi. Shuning uchun undan dinamit va portlovchi jelatina va tutunsiz poroxlar tayyorlashda ishlatiladi.
Tibbiyotda qon tomirlarni kengaytiruvchi dori. Stenokardiya xurujlarida eritma holida ishlatiladi yoki tabletkasi til ostiga qo’yiladi.
Organik kislotalarning eng muhim murakkab efirlari yog’lar va moylardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |