Murakkab qo'shma gap


Download 31.48 Kb.
bet3/3
Sana29.03.2023
Hajmi31.48 Kb.
#1307445
1   2   3
Bog'liq
ergashish yo li bilan tuzilgan murakkab qo shma gaplar

Amaliy mashqlar

1. Ifoda maqsadiga ko'ra gap turini aniqlash. 2. Qo'shma gap qismlari (komponent)ning miqdoriga ko'ra turlarini aniqlash. 3. Grammatik asosini belgilash. 4. Murakkab qo'shma gapning turini aytish. 5. Murakkab qo'shma gap qismlarining bog'lanish turini ayting. Masalan: Shahar uylaridagi hamma chiroqlar o'chdi, lekin uzun boloxonali bu uydagi chiqorlar o'chmagan, chunki bu ehiroqlar o'chishi mumkin emas. (H.G'.)

Ifoda maqsadiga ko'ra qo'shma gap, komponentlarining miqdoriga ko'ra murakkab qo'shma gap birinchi komponentning grammatik asosi—chiroqlar o'chdi, ikkinchi komponentning grammatik asosi—chiroqlar, uchinchi grammatik asos—chiroqlar o'chishi mumkin emas, aralash yo'l bilan tuzilgan murakkab qo'shma gap.

59-mashq. Murakkab qo'shma gap laming turini aniqlang va bog'lanish vositalarini ayting. 1. Qizlar chayladay buzilib, munchog'i uzulib, oyog'i qaltirab, sipohiga bir so'z dedi. (E.J.) 2. Agar ketar bo'lsang uzoq yurtlarga, agar gaping rost bo'lsa, men seni kutgayman, albat. 3. Bahor kelgach gullar ochilsa yana avvalgiday tabiat gullar. 4. Bir tomonda qo'ylar so'yildi. qozonlar osildi, tandirlar qizidi, sermoy sho'rva issiq zog'ora tayor qilindi. (S.A.) 5. Shunday bir kun bo'larki, lochinlar havoga uchib chiqajaklar, ozod bo'lur xalq. 6. Arava keng ko'chaga qayrildi, odam qalin, ammo chiroq unda-bunda, Ahmad Nusayin jiddiy, asabiy, o'ychan edi.(O.)

Shahar boqiydir umr o'tkinchi,

Daryolar sobitdir, suvlar ko'chkinchi. (M.Sh.)

Meni kutgil va men qaytarman.

Faqat kutgil juda intizor. (K.S.)

Lekin sen yig'lama aylagil bardosh,

Mozorlar yo'qolgay gulga to'lur bog'

G'alaba yaqindir, barg urar quyosh

Bulbul yana sayrar, bo'lib vaqti chog'



Kul ketar, gul kelar, ishon navjuvon. (U.)

Bu hayot mangu emas. Oqqani ortga qaytmas.O'z umringdan shoshqinroq Daryoni topolmassan. (Qo'shiq.)
Download 31.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling