Murod mansurov ijodida hikoya janrining o'ziga xosligi mundarija: kirish I bob. Hikoya janrining o'ziga xosligi
II BOB. MUROD MANSUR. JUDOLIK DIYORI (1-KITOB)
Download 126 Kb.
|
MUROD MANSUROV IJODIDA HIKOYA JANRINING O\'ZIGA XOSLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- SULTONMURODNING YOLG‘IZ O‘TINCHI
II BOB. MUROD MANSUR. JUDOLIK DIYORI (1-KITOB)
2.1. "JUDOLIK DIYORI " Birinchi bo‘lim Chop etilgan19.04.2012MuallifZiyouz.uz Allohning bo‘yog‘ini (lozim tuting). Allohning bo‘yog‘idan chiroyliroq bo‘yoq berguvchi kim bor?! Va biz unga ibodat qiluvchilarmiz. Qur’oni karim, 2/138 SULTONMURODNING YOLG‘IZ O‘TINCHI Ey inson… o‘z asling nimarsadur va ne yerdin kelibsan va ne yerga borgungdur? Bu olam manzilgohiga nima ishga kelibsan va seni nima uchun ofarida qilibdur? Saodating ne ishdadur?.. Muhammad G‘azzoliy Birinchi bo‘lim YoDGOR NA’MATAK (MUQADDIMA) Hech kim ko‘zi ochiq turib, bolaligi kechgan joylardan ayrilmasun ekan. Ayrilsayam, yodga soladigan biron narsa qolsin ekan u atroflarda. Yodimda: jimjiloqday keladigan pichoqcham bo‘lardi. Yo‘q-yo‘q, pakkicha emas, qalamtarosh ham emas, sadaf bandli mitti pichoqcha. Tog‘am hadya qilgan edi. Kattalarnikidan farqi — qini yo‘q, xolos. Kschalari yostig‘im tagiga qo‘yib yotardim. Ko‘z ochishim bilan joyini paypaslab qolardim. Xuddi uyqudaligimda birov o‘marib qo‘yganday(!). Goho bolalarga ko‘z-ko‘z qilgani maktabga olib borib, qaytishda tushirib qo‘ymayin, deb tarix kitobimning muqovasi orasiga yashirib yurardim. Bir kuni o‘sha pichoqcham… osmonga uchdimi, yerga kirdmmi, hech yerda yo‘q-da. Bir alam qiladi, bir alam qiladi. Zir yugurib, hammayoqning titi-pitisini chiqarvordim. Tokchadagi kirtaxning taglariyam qolmadi, kitoblarimning ichiyam. Yurgan yo‘llarimni necha qaytalab aylanib chiqdim, qani topilsa! Shunday alam qiladi, shunday alam qiladi! Go‘yo ichim yonib ketyapti. Axiyri chidayolmadim: o‘zimni sandal chekkasiga otib, ho‘ngrab yubordim. Avval ho‘ngrab-ho‘ngrab, keyin kuyib-kuyib, so‘ngida o‘ksib-o‘ksib, toza yig‘ladim. Hech alami tarqamasdi, unutolmasdim pichoqchamni. Axiyri yig‘lay-yig‘lay, oyimlarning kelishlarini kutib, namozshomga yaqin uxlab qolibman. O‘sha yotishimda tush ko‘ribman. Jondan aziz pichoqcham tushimga kiribdi. Chiroyli mo‘ylov qo‘ygan, qora qosh, qora ko‘zli, uloqchilarday xushqad bir yigit: — Yo tavba, shunaqayam aniq-taniq ko‘rinadimi?! — tepamda jilmayi-ib turibdi. Qo‘lida o‘sha sadaf bandli mitti pichoqcham…. — Shumi, bolakay? Yigit kishi do‘ppisi bilan pichog‘ini oldirmaydi. Ma, mahkam bo‘l endi. Pichog‘imni olayotib uyg‘onib ketdim. Yigitning suvrati shunday ko‘z oldimda turibdi. Qarindoshlarimizdan kimgadir juda-juda o‘xshab ketadi, quyib qo‘ygandek-u, lekin kimligini hech eslay olmayman. Yo Xizr buva yigit suvratida ko‘rindilarmikan? Shundan keyin chindanam pichoqchamni topib oldim. Ertalab qarasam, sandal ustidagi katta gardin patnisimiz tagida turibdi. Birov atay shu yerga qo‘yib ketganday. O‘zim juda yaxshi eslayman: pichoqchamni sadaf bandi qirilib qoladi, deb hech patnis tagiga yashirmas edim… Oyim uzun kechalar qora chiroq yorug‘ida mashina tikib o‘tirib, ba’zan Xudoning qahriga uchrab, yurtini yer yutgan, to‘fon turib suv bosgan, vulqon otilib kunpayakun bo‘lib ketgan joylar, qavmlar haqida hikoya qilib qolsalar, men dahshatga tushib, mana-hozir o‘sha falokatlar yopirilib kelayotgandek sandal ko‘rpasini boshimga tortardim-da, tancha ichiga kiriblar ketardim. Oyim esa, iliq jilmaygancha, yupatishga tushar edilar: — Sen qo‘rqma, hali qiyomat qo‘pmaydi. Namoz o‘qiydigan bitta odam qolsayam, olamni yer yutmaydi. O‘shaning sharofatidan Xudo o‘zi asraydi, — derdilar. Va ertalablari tanlarga va ruhlarga huzurbaxsh etuvchi yoqimli ovozdan — oyim qur’on tilovat qilayotgan bo‘lsalar — uyg‘onib ketib, qiroatning xush ohangidan erib yotarkanman, o‘zimga-o‘zim taskin berardim: 9 — Yaxshiyam oyim borlar, qiyomat qo‘pmaydi… Ammo oradan ko‘-o‘p yillar o‘tib, bir kuni — o‘rigimiz shoxlari rosa yashillikka burkalib, dovuchchalari tishga tegay degan kezda yer ostidan bir ofat guldirab keldiyu hammaning tinchini o‘g‘irladi-qo‘ydi: ming yildan beri o‘tirib kelgan yerimizdan ayrildik-qoldik. Uylarimiz silkindi, u yer-bu yerining suvog‘i ko‘chdi, sinchlari ochilib qoldi, hech kimni tom bosmadi. Taxmonlar o‘rnida, tokcha ham tashlab yubormadi. Ammo shu ofat bahona bo‘ldiyu hamma ko‘chirmaga tushdi. Bog‘larimizu soylarimizni shahar yutdi, o‘rnida do‘mlar qo‘ziqorinday potrab chiqa boshladi. Kindik qonimiz to‘kilgan, necha pusht otalarimiz o‘tgan u diyordan hech vaqo qolmadi. Tuproq o‘sha-o‘sha, makon o‘sha edi-yu, lekin endi u diyor yo‘q edi. Uni yodga soladigan bir o‘r yo qir, bir soy yo jilg‘a, bir qo‘rg‘on yo hovli qolmagandi… Yillar keyin shu do‘mlardan biriga ko‘chib kelgan oshnam nevarasiga aqiqa qilib beradigan bo‘ldiyu kechqurun savzi to‘g‘rarga bordik. Bir-biriga qalashtirib qurib tashlangan bu toshqo‘rg‘onlar orasidagi «hovli»da, pala-partish o‘ris daraxtlar ostida joy hozirlarkanmiz, qay biridandir taralayotgan tanish bo‘ydan biir huzurlandik. Shunda oshnam: — Bay-bay-bay, jiyda gulining hididanam o‘tkir-a! Qarang, bir chaqirimdan gurkirab kelib turibdi,— dedi. Meni xo‘rsiniq bosdi. — Ho-ov,.. jiyda gulining hidi qayoqdayu bu qayoq-da!.. Bu do‘mlarning ostida qolib ketgan bog‘larni ko‘rmagansiz-da… — Shoshmang-shoshmang, chindanam shu yerda hovuz bo‘lguchi edi, gir atrofidan har bahor bir chiroyli safsar gullar o‘sib chiqadigan. Keyin axlat bilan to‘lib ketib edi. Hozir pastak o‘rni qolgan, qarang. — Rostdanam… — Men o‘ziyu gir aylanasi sal cho‘kib, bir paytlar hovuz bo‘lganidan darak berib turgan joyga yutoqib tikildim. Va, kimning hovuzi ekan, deb eslashga urindim. Shu alfoz… bu «cho‘kma» hovuz chetida cho‘kirtak to‘nkasidan gurkirab o‘sib chiqib, yakkam-dukkam gullashga ulgurgan na’matakka ko‘zim tushdi. Gulkosalari yirik-yirik, gulbarglari bo‘liq-bo‘liq, tiniq-tiniq, nafarmon edi u. Hayratda qoldim. Shu na’matak xotiramni jonlantirib yuborganday edi. Ha, ha, hovuzning bir tomonida supacha bo‘lardi. Supa chetida esa bir tup na’matak o‘saru gullagan kezlari Izzadan esgan sal shabadadan ham hovuz yuzini na’matak gulbarglari tutib ketar edi. O‘sha manzara xayolimda qayta jonlanib, ular hovuz suvining yengil mavjlarida xuddi nimpushti yelkanli qayiqchalarday, u tomondan bu tomonga suzib borib-suzib kela boshladilar… Xuddi o‘sha vaqtdagiday… Esladim! Topdim! Bu o‘sha xolamgilarning bog‘i-mizga tutash tashlandiq hovuzlari edi. Gir atrofini baland-baland safsar gullar tutib yotguvchi, ko‘klam kelishi-la bir yonini egallagan yolg‘iz na’matak nafarmon-nafarmon gullab, tinmagur qurbaqalar allamahalga dovur vaqir-vuqur bazmlar qurguvchi hovuz. Undan u yog‘i eski anhor o‘tgan chakalakzoru xaroba qo‘rg‘on — tomlari valangor, devorlari qor-yomg‘irlarda nurab yotgan — biz peshinlarda berkinmachoq o‘ynab charchamaguvchi bir joy edi. Endi bilsam, bu diyorning tanazzuli xuddi o‘sha kezdan, yolg‘iz na’matakli bu hovuzning egasiz qolishi, bog‘larida binafshalar ochilib, maymunjonlar g‘arq pishib yotadigan bu qo‘rg‘onning xarobaga aylanishidan, xolavachchalarimning har yoqqa tirqirab ketib, bevatan qolishlaridan boshlangan ekan! Bu yetim na’matak endi o‘sha biz ko‘z ochib ko‘rgan diyordan bir ma’yus xotiraday, tirik ertak guli misoli, u safoli va baloli kunlardan bir yodgor bo‘lib, do‘mlar o‘rtasida o‘z holicha o‘sib, o‘z holicha gullab yotar edi… Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling