Murod mansurov ijodida qissa janr


M.Mansurovning “Judolik diyori” asari yaratilishi


Download 40.98 Kb.
bet4/7
Sana13.03.2023
Hajmi40.98 Kb.
#1266090
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
26.01.2023 murod

1.2. M.Mansurovning “Judolik diyori” asari yaratilishi.
Uning uch jildlik «Judolik diyori» romanining I-II-III kitoblari nashr etilib, kitobxonga taqdim etilgan. Asar ma’lum ma’noda sarguzasht xarakterida bo‘lib, unda o‘z diyoridan adashib, hamon to‘zib yurgan qavm hayoti va kechinmalari islomiy bir ma’rifat, ma’naviyat yog‘dulariga omuxta tarzda ifoda etiladi. Murodjon Mansurov yaratgan qissalar va ayniqsa, «Mangu jang» romani o‘zining hayotiyligi va samimiyligi, tilining sodda va shiraliligi bilan ajralib turadi. «Judolik diyori» (2001-2003) esa hali ko‘p bahslarga yo‘l ochsa ajab emas. Yozuvchi 2014 yili Toshkent shahrida vafot etgan.
Yaxshilikka payvasta ijod (2011)
Hayot insonga berilgan imkoniyatmi yoki ne’mat? Bu yorug‘ olamda hammaning yashagisi keladi. Ammo yashashdan maqsad nima? Qanday yashash lozim? Bu kabi savollarga javob izlamagan odam topilmasa kerak. Zero, inson qisqa umri mobaynida muttasil bilishga, o‘zini anglashga intiladi.
Taniqli adib Murodjon Mansurovning ijodiy faoliyatini o‘rganarkanman, beixtiyor ko‘nglimdan shunday o‘ylar kechdi.
Adabiyotga, badiiy ijodga havas bo‘lajak yozuvchida juda erta uyg‘ongan. “Maktabdagi adabiyot o‘qituvchimiz shoir Miskinning o‘g‘li edi, – deb xotirlaydi u. — Yuqori saviyaga ega bo‘lgan ustozimiz dars jarayonida faqat o‘quv rejasidagi mavzular bilan cheklanib qolmasdilar. Ular bizni mohirlik bilan adabiyotning sehrli olamiga olib kirardilar. Yozuvchi, shoirlar bilan uchrashuvlarga, adabiy kechalarga olib borishdan sira erinmasdilar... Odil Yoqubovning “Muqaddas”, O‘lmas Umarbekovning ”Sevgim, sevgilim” asarlari muhokamasiga ham borganmiz. Bunday adabiy uchrashuvlardagi bahs-munozaralar, qizg‘in ijodiy muhit menda adabiyotga havas uyg‘otgandir”.
Tinimsiz o‘qish, izlanishlar bois yozuvchining mahorati yildan- yilga, asardan-asarga o‘sib bordi. Kitobxonlarning e’tiboriga tushgan “Hammaning yashagisi keladi”(“Ustyurt voqeasi”) qissasi, “Mangu jang” romani nafaqat o‘zbek tilida, balki rus tilida ham nashr etilgani fikrimizning dalilidir.
Adib asarlarini varaqlaganda beixtiyor muallifga xos fazilatlar — halol, ezgulikka yo‘g‘rilgan tuyg‘ular go‘yo qahramonlariga ko‘chgandek tuyuladi. Otamurod, Akbar polvon, Sultonmurod singari qahramonlarining adolatparvarligi, samimiyligi, oddiy va ko‘ngilga yaqinligi shundan dalolat beradi. Bu asarlarni o‘qigan kitobxon insonning insoniyligini e’tiqod, sadoqat, halollik, to‘g‘rilik kabi fazilatlar belgilab berishini anglab yetadi.2
Yozuvchining “Mangu jang” romani asosida badiiy nutq muammosi mavzuida tadqiqot olib borgan adabiyotshunos olim Yo‘ldosh Solijonov adibga maktubida yozadi: ”Romanlaringiz orasida menga, ayniqsa “Mangu jang” juda yoqadi. Undagi voqealar silsilasi, bayon talqini, konfliktlar shiddati nihoyatda o‘ziga xos. Siz romanda Burhonning odam sifatida o‘zini va o‘zligini anglash jarayonini aks ettirish uchun juda qiziqarli, qulay va ajoyib usul tanlagansiz. Keksayib, og‘ir dardga chalingan Burhon chol o‘zining kechagi hayotini — Burhon to‘kisning qilmishlarini taftish qiladi, ruhiy azoblardan qutila olmaydi. Odam, baribir, bir kunmas bir kuni o‘zini ko‘zguga solib, savobu gunoh ishlarini adolat tarozusida tortib ko‘radi, shekilli. Bu ruhiy jarayon asaringizda nihoyatda ishonarli tasvirlangan.
Bugun romanlaringizni qayta o‘qib, shunga amin bo‘ldimki, Siz dinimiz kamsitilgan, qatag‘on qilingan 80-yillarda ham odam bolasi Olloh tomonidan peshonasiga yozilgan qismatni ko‘radi, degan g‘oyani asarga singdirishga uringan ekansiz”.
Chinakam badiiy asar inson ruhiyati, hissiyoti, ko‘nglini tasvirlaydi. Uning asosiy vazifasi inson ma’naviyatini boyitishga yo‘naltirilgan. M.Mansurov asarlardagi qahramonlarning kechinmalari, o‘ylari, ularning taqdiri kitobxonni hayotning mazmuni, mohiyati haqida mulohaza yuritishga undaydi. O‘qish jarayonida u qahramonlarning tuyg‘ulari bilan tanishadi. Albatta, boshqalar dardiga sherik bo‘la oladigan, shodligidan chin ko‘ngildan quvona oladigan kishininggina ko‘ngli ezgulikka moyil bo‘ladi.
O‘zini va o‘zgalarni hurmat qiladigan, hayotda yashashdan maqsadi nimadan iboratligini aniq biladigan odam har qanday sharoitda ham insoniy qiyofasini saqlab qoladi. Adibning “Qirg‘oqlar” nomli qissasida bu tamoyilning badiiy ifodasini ko‘ramiz. Unda inson ko‘nglining, tuyg‘ularining qarama-qarshiliklari, ziddiyati tasvirlangan. Dolg‘ali bir davrdagi besamar kurashlar oqibatida o‘zligini yo‘qotgan va aksincha, o‘zligini topa olgan taqdirlar — sobiq sho‘ro davridagi yolg‘on siyosatning qaltis o‘yinlari bois daryoning ikki qirg‘og‘i kabi ajralib ketgan aka-ukalar qismati haqida bu qissa.
Hayot hamisha bir maromda davom etmaydi. Ijodkorlar o‘z qahramonlarini sinovlarning mashaqqatli yo‘llaridan olib o‘tishlari boisi shundan. Sinovlardan o‘tgan, mashaqqatlarga dosh bergan qahramonlar metin irodasi bilan kitobxonga ibrat bo‘ladi. M.Mansurov “Hammaning yashagisi keladi” asari qahramoni Otamurod tilidan shunday deydi: ”Muhimi, tushkunlikka tushmay ruhingni ushlay olsang bo‘lgani ekan. Iroda deb shuni aytsalar kerak”. Asarda muallif qahramonlarini hayot sinovlaridan olib o‘tishning o‘ziga xos usuli qo‘llangan. “Oltinning aslini mahak tosh, odamning aslini qiyin kun ajratadi”, deydi qissa qahramonlaridan yana biri olim Salohiddinov.
Kitobxon mutolaa jarayonida o‘zini qahramonlar orasida yurgandek his qiladi, ularning tuyg‘ulari, o‘y-fikrlari, kechinmalariga befarq qarolmaydi. Zotan, asar voqealarining ta’sirchan tasviri, tilining sodda, samimiyligi kitobxonni bo‘layotgan voqea-hodisalarning hayotiyligiga ishontiradi. Kitobxon qahramonlar xatti-harakatini tahlil qilarkan, beixtiyor ularning o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘radi. Turli fe’l-atvorga ega personajlar qiyofalari tiniq chizilgani, ularning o‘y-xayollariga o‘quvchini sherik qila olgani yozuvchining katta yutug‘idir. Inson tabiatan hayotsevar, har qanday sharoitda ham yashashga intiladi. Lekin tiriklikning mohiyatini hamma ham teran anglab yetavermaydi. Asarda inson tuyg‘ulari tasvirlanar ekan, ularning xohish-istaklari, intilishlari, haq va nohaqlikka, ezgulik va yovuzlikka munosabatlari ham mahorat bilan yoritilgan. Turli xil xarakter yarata olgan yozuvchi ularning hayotga bo‘lgan intilishlaridan xulosa chiqarib olishni kitobxonga qoldiradi. Voqea, hodisalar tasviri davomida o‘quvchi ko‘zi o‘ngida inson xarakteri butun murakkabligi bilan namoyon bo‘ladi.U hayotning mazmuni nimada ekanligini anglab yetadi.
O‘zgalarni o‘zi kabi seva olish, ularning dardini, qayg‘usini his qilish, boshqalarning hayotini saqlab qolish uchun mashaqqat chekish umr mazmunini tashkil etishini his qiladi. Bu yorug‘ olamda faqat tirikchilik dardida yashash, moddiy manfaatdorlikni maqsad deb bilish insonni tanazzulga yetaklashini tushunib yetadi. “Bu dunyoda hammaning yashagisi keladi. Lekin Ortiq bilan Sultonovday emas. Ularday sharm-hayosizlarcha yashagandan ko‘ra o‘lgan yaxshi, bu dunyoga kelmagan yaxshi. 3
Odam odam bilan tirik, bir-biriga mehri, muruvvati bilan odam. Qiyin kunda bir-biriga yaramagan odam odammi!”, deya fikrlaydi asar qahramoni Otamurod. Kitobxon uning bu fikriga qo‘shiladi. Matonat va insoniylik sinovidan o‘tgan bu insonning ma’naviy-ruhiy dunyosi naqadar go‘zalligini his qiladi. Odamdek murakkab xilqatning hayot sinovlari bois ochilgan imkoniyatlari, fazilatlariga guvoh bo‘lgan kitobxon tiriklik mohiyati haqida o‘yga toladi. Darhaqiqat, odam sinovlarda toblanadi.
Sabr, matonat bilan sinovlarga bardosh bergan odamgina insoniyatning kelajagi, dunyoning taqdiri haqida qayg‘urib, olam qo‘riqchisiga aylanadi va inson naslining yashab qolishida o‘zini mas’ul, deb biladi.Hayotni, insonlarni sevgan ijodkorning yuragidagi alanga aslo so‘nmaydi. U hamisha insonni ezgulik sari yetaklaydi. Shu sababli bu yorug‘ olamda o‘z aytar so‘ziga ega bo‘ladi.
Ayni ma’noda ardoqli adibimiz Murodjon Mansurovning uch kitobdan tarkib topgan “Judolik diyori” romani uning ezgulikka yo‘g‘rilgan ijodida yangi ko‘tarilish bosqichi bo‘ldi. Vatanimiz o‘z Mustaqilligiga erishganidan so‘ng ijod erkinligi ta’minlandi. Sobiq sho‘ro davrining taqiqlari barham topdi, qadriyatlarimiz, qutlug‘ an’analarimiz, milliy urf-odatlarimiz tiklandi. Istiqlol sharofati bilan adabiyotning mavzular doirasi kengaydi, badiiy tafakkurning imkoniyatlariga keng yo‘l ochildi. Bunday shart-sharoit ijodkorlarga ilhom va ulkan ma’naviy rag‘bat bag‘ishladi.
Adabiy jamoatchilikda, keng kitobxonlar orasida katta qiziqish uyg‘otgan M.Mansurovning “Judolik diyori” asari yaratilishi va muvaffaqiyat qozonishining tub asoslari ayni shu imkoniyatlar va, albatta, yozuvchining bu davrgacha erishgan tajribasi hamda mahorati bilan izohlanadi. Kitobxonlar “Judolik diyori”da Sultonmurod, Marg‘uba, Mahfuza, Yodgormurod, Hoziq to‘ra, Eshon pochcha singari qahramonlarning taqdirlari, achchiq kechmishlari bilan tanisharkanlar, bugungi dorilomon kunlar qadri, qimmatini, Vatan istiqlolining naqadar muqaddasligini chin dildan his etadilar. Mana shunday teran tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ezgu g‘oyaning badiiy talqiniga erishishda yozuvchi har bir personajni, voqeani ishonarli tasvirlash uchun obrazlarni, qahramonlarni muayyan mazmun singdirilgan timsollar darajasida tasvirlaydi. Shu ma’noda “Judolik diyori” romani hayotiy voqealarning umumlashtirilgan badiiy talqini, deyish mumkin.
Asarning “Najot farishtasi” nomli ikkinchi kitobiga yozgan so‘zboshida taniqli adib Tohir Malik ta’kidlaganidek, “Yozuvchining kechinmalari faqat o‘ziga xos emas, bu xalqning tilga ko‘chmagan iztiroblaridir. Sultonmurod va Mahfuzaning taqdiri — ayriliqlarning siyoh bilan emas, ko‘z yoshlari bilan bitilgan bayoni. Yodgor — ularning farzandlari — kelajakka bo‘lgan umid...”. Darhaqiqat, bu asar garchi kechagi kunimiz — yaqin o‘tmish voqealaridan hikoya qilsa-da, u bugungi kunimiz uchun xizmat qiladi.
Ijodni yaxshilikka xizmat qilishda, baxt-saodatni barkamollikda, deb bilgan taniqli adib Murodjon Mansurov hamon ijodiy izlanishda. Mashhur yozuvchi E.Xeminguey “Tajribali yozuvchi bo‘lish uchun uzoq yashash kerak”, degan edi. Biz ham suyukli adibimizga uzoq umr tilab, undan yangi asarlar kutib qolamiz.
Ҳамманинг яшагиси келади»
Ёзувчи Мурод Мансурнинг қиссалари инсон юрагидаги эзгулик чашмаларининг умрбоқийлиги ва поёнсизлиги ҳақида баҳс этади.
Муаллифнинг археологлар ҳаётидан ёзган «Ёмби» ва «Ҳамманинг яшагиси келади» қиссаларида каҳрамонлар юрагига чуқурроқ назар ташлайди ва бизни уларнинг маънавий оламига етаклайди.
Hayot insonga berilgan imkoniyatmi yoki ne’mat? Bu yorug‘ olamda hammaning yashagisi keladi. Ammo yashashdan maqsad nima? Qanday yashash lozim? Bu kabi savollarga javob izlamagan odam topilmasa kerak. Zero, inson qisqa uri mobaynida muttasil bilishga, o‘zini anglashga intiladi.
Taniqli adib Murodjon Mansurovning ijodiy faoliyatini o‘rganarkanman, beixtiyor ko‘nglimdan shunday o‘ylar kechdi.
Adabiyotga, badiiy ijodga havas bo‘lajak yozuvchida juda erta uyg‘ongan. “Maktabdagi adabiyot o‘qituvchimiz shoir Miskinning o‘g‘li edi, – deb xotirlaydi u. — Yuqori saviyaga ega bo‘lgan ustozimiz dars jarayonida faqat o‘quv rejasidagi mavzular bilan cheklanib qolmasdilar. Ular bizni mohirlik bilan adabiyotning sehrli olamiga olib kirardilar. Yozuvchi, shoirlar bilan uchrashuvlarga, adabiy kechalarga olib borishdan sira erinmasdilar... Odil Yoqubovning “Muqaddas”, O‘lmas Umarbekovning ”Sevgim, sevgilim” asarlari muhokamasiga ham borganmiz. Bunday adabiy uchrashuvlardagi bahs-munozaralar, qizg‘in ijodiy muhit menda adabiyotga havas uyg‘otgandir”.
Tinimsiz o‘qish, izlanishlar bois yozuvchining mahorati yildan- yilga, asardan-asarga o‘sib bordi. Kitobxonlarning e’tiboriga tushgan “Hammaning yashagisi keladi”(“Ustyurt voqeasi”) qissasi, “Mangu jang” romani nafaqat o‘zbek tilida, balki rus tilida ham nashr etilgani fikrimizning dalilidir.4
Adib asarlarini varaqlaganda beixtiyor muallifga xos fazilatlar — halol, ezgulikka yo‘g‘rilgan tuyg‘ular go‘yo qahramonlariga ko‘chgandek tuyuladi. Otamurod, Akbar polvon, Sultonmurod singari qahramonlarining adolatparvarligi, samimiyligi, oddiy va ko‘ngilga yaqinligi shundan dalolat beradi. Bu asarlarni o‘qigan kitobxon insonning insoniyligini e’tiqod, sadoqat, halollik, to‘g‘rilik kabi fazilatlar belgilab berishini anglab yetadi.
Yozuvchining “Mangu jang” romani asosida badiiy nutq muammosi mavzuida tadqiqot olib borgan adabiyotshunos olim Yo‘ldosh Solijonov adibga maktubida yozadi: ”Romanlaringiz orasida menga, ayniqsa “Mangu jang” juda yoqadi. Undagi voqealar silsilasi, bayon talqini, konfliktlar shiddati nihoyatda o‘ziga xos. Siz romanda Burhonning odam sifatida o‘zini va o‘zligini anglash jarayonini aks ettirish uchun juda qiziqarli, qulay va ajoyib usul tanlagansiz. Keksayib, og‘ir dardga chalingan Burhon chol o‘zining kechagi hayotini — Burhon to‘kisning qilmishlarini taftish qiladi, ruhiy azoblardan qutila olmaydi. Odam, baribir, bir kunmas bir kuni o‘zini ko‘zguga solib, savobu gunoh ishlarini adolat tarozusida tortib ko‘radi, shekilli. Bu ruhiy jarayon asaringizda nihoyatda ishonarli tasvirlangan.
Bugun romanlaringizni qayta o‘qib, shunga amin bo‘ldimki, Siz dinimiz kamsitilgan, qatag‘on qilingan 80-yillarda ham odam bolasi Olloh tomonidan peshonasiga yozilgan qismatni ko‘radi, degan g‘oyani asarga singdirishga uringan ekansiz”Chinakam badiiy asar inson ruhiyati, hissiyoti, ko‘nglini tasvirlaydi. Uning asosiy vazifasi inson ma’naviyatini boyitishga yo‘naltirilgan.

Download 40.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling