Murodullayeva Kumush Zoxidjon qizi


Xulosa O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning asosiy yo‘nalishlari


Download 31.3 Kb.
bet2/2
Sana22.04.2023
Hajmi31.3 Kb.
#1381466
1   2
Bog'liq
Murodullayeva Kumush Zoxidjon qizi 1

Xulosa

O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning asosiy yo‘nalishlari
bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi hamda nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqildi.
1. O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligi barqarorligini ta‘minlash uchun, birinchi navbatda, agrar sohada samarali va oqilona islohotlar davomiyligi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va doimiy uning nazorati ostida bo‘lishi lozim. Bu sohadagi islohotlar oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan g‘allachilikda olib borilishi undan yuqori hosil olinishini ta‘minlaydi va aholida iste‘mol uchun qolayotgan don hajmini yildan -yilga ko‘payishiga olib keladi.

2. Kam ta‘minlangan va past daromadli aholi qatlamlarini oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta‘minlashning quyidagi mexanizmlarini joriy etish maqsadga muvofiqdir:
- qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va dotasiyalar ajratish (mavjud
daromadlariga qo‘shimcha sifatida); Kichik biznesning rivojlanishini qo‘llabquvvatlashni kuchaytirish, aholi bandligiga va yangi ish o‘rinlarini tashkil
etishga ko‘maklashish; iste‘mol talabini oshirishni rag‘batlantirish;
- imtiyozli narxlarda oziq-ovqat mahsulotlarini markazlashgan holda taqsimlash;
- qishloqlarda mustahkam baza, infratuzilma va kommunikasiyalarni yaratish. Yurtimizda aholi iste’moli uchun yaroqli oziq-ovqat bilan taminlash maqsadida ken ko’lamda oziq ovqat sonoatin rivojlantirish yo’lida katta sarmoyalar kiritildi. Yurtboshimiz tamonidan oziq-ovqat mahsulotlarini import va ekspot qilish va aholi uchun yaroqlimahsulotlar keltirish haqida so’z yurtdi. ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqaror saqlash maqsadida import asosida keltiriladigan mahsulotlarning prognoz hajmlari kenagaymoqda.
Yurtimizda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, ularni ichki bozorga tizimli yetkazib berish hamda narxlarni doimiy monitoring qilish va tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tarkibi tomonidan nazorat qilib turiladi
Belgilab qo‘yilganki , oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, ularni ichki bozorga tizimli yetkazib berish hamda narxlarni doimiy monitoring qilish va tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi rahbari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.
Quyidagilar Respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilangan:
hududlar kesimida asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini tahlil qilish;
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aholi ehtiyojiga nisbatan kam yetishtiriladigan hududlar zaxirasi uchun yetishmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi ehtiyojdan ortiqcha bo‘lgan hududlar hisobiga qoplash choralarini ko‘rish;
oziq-ovqat mahsulotlari ichki bozorga tizimli yetkazib berilishi hamda ularning narxlari oshib ketmasligi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish;
Narxlar keskin oshishi bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelganda ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha dunyo bozorlaridagi talab va taklif muvozanati, kutilayotgan ijobiy va salbiy konyunktura o‘zgarishlari, ichki bozor uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni baholab borish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



1.O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining ―2015-2019 yillarda shlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta‘minlash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi to‗g‗risida‖gi 04.03.2015 yildagi PF-4707-sonli Farmoni.
2. http://diplomacyindia.com/development-of-agriculture-in-uzbekistan-during-the-years-of-independence-4671.
3.O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidentining ―Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2016 yil 18 fevraldagi PQ-2492-son Qarori.
4. Muslimbekova D. ”Oziq-ovqat xavfsizligi – muhim masala”.”Mening mulkim-Chastnaya sobstvennost”. –Toshkent, 2014. 08 avgust
Download 31.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling